Guruh: bt-108 mustaqil ish mavzu


Download 42 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi42 Kb.
#1352197
Bog'liq
Kasbiy muloqot odobitayyor




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI
ANGREN UNIVERSITETI
FANNOMI: Amaliy o’zbek tili va davlat tilida ish yuritish
GURUH:BT-108
MUSTAQIL ISH

MAVZU: KASBIY MULOQOT ODOBI


Bajardi: Masalimova S
Tekshirdi: Boboxonov L

Angren- 2023


KASBIY MULOQOT ODOBI
NUTQ ODOBI НИМА?
Nutq – tildagi ifoda vositalardan foydalangan holda voqelikka aylangan fikrdir.
Nutq, nutq odobi insonning manaviyatini - marifatini belgilovchi asosiy mezondir. Demak kishining odobi, eng avvalo, uning nutqida korinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi deganda aytilishi zarur bolgan xabarlarni tinglovchini hurmat qilgan holda, uning kongliga mos holda adabiy meyordagi ifodalar bilan yetkazishdir. Xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning uchun sozlovchi tilni mukammal bilishi kerak.Muloyim, yoqimli, odobli sozlash ham oz-ozidan paydo bolmaydi. Unga yoshlikdan ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan organish orqali erishiladi.Oquvchi uchun eng yaxshi namuna oqituvchidir. Buni oqituvchi har doim his qilib turishi kerak.
Nutq odobi salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik undan keyingi yaxshi suhbatga deb ocha bo‘ladi, tinglovchida yaxshi kayfiyat paydo qiladi. Salomlashishning ahamiyati boshlanadi. Salomlashishning ahamiyati haqida hindlarda shunday naql bor: “Bitta salom bilan beshta narsaga - o‘zini yengil sezish, shon-shuhrat topish, qut-barakali, ilmli bo‘lish va nihoyat uzoq umr ko'rishga erishiladi”. Ha, salomda gap ko‘p, salomlashish, salom berishning ham o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor.
Madaniyatli kishi o‘z aybini bo‘yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim so‘rashni ham bilishi lozim. O‘z aybi uchun uzr so‘rash o‘z g‘ururini yerga urish emas, balki odoblilik va xushmuomalalik alomatidir.
Yetuk kishiga yana xos fazilatlardan biri xayrlashuv odobidir. Tilimizda xayrlashganda ishlatiladigan “xayr”, “sog‘ bo‘ling”, “xayr, ko‘rishguncha”, “xayr, omonlikda ko‘rishaylik” kabi ta’sirchan iboralar mavjud. O‘qituvchi xonadan chiqayotganda “xayr, “sog‘ bo‘linglar”, ^“xayr, yaxshi qolinglar” kabi iboralarni ishlatsa o‘rinli bo‘ladi.
Og‘zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.
Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash.
Matnga munosabat bildirib so‘zlash. Kasbiy faoliyatda nutq madaniyatining ahamiyati haqida gapirib berish.
Yozma nutq:
Yuqoridagi matnni lotin alifbosiga o‘girib ko‘chiring.

“Mutaxassisning nutq madaniyati” mavzusida matn tuzish. Ish jarayonidagi muomala madaniyati haqida kasbiy o‘yin senariysini tuzish va uni insenirovka qilish.
GRAMMATIKA. Me’yor tusunchasi.
Me’yor – jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan ,ma’qullangan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir.
Til va nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan. Me’yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, ming yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo’ladi . Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o’tishi bilan o’zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir.
Anglashiladiki, til me’yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi.Shuning uchun ham me’yor masalalarining nutq madaniyati doirasida o’rganilishi bejiz emas.
Qo'llangan til birligi to'gri yoki noto'g’ri deyilganda, albatta ma'lum bir o'lchov (mezon)ga asoslanganligi tayin. Mana shu o'lchov (mezon) tilshunoslikda adabiy til me’yori deb yuritiladi .Ma'lum bir hududda tarqalgan uzus imkoniyatlari o'sha hududda yashovchi aholi uchun istisno siz tushunarli bo'ladi, ya'ni aloqani yengil amalga oshuviga imkon beradi .Bu tilning o'zi me'yordan iboratligini ko'rsatadi.Me’yor – tilning yashash shaklidir. Adabiy me’yorada biy til bilan birga tug’iladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyati taraqqiyoti bilan rivojlanib o'z qonun- qoidalarini mustahkamlab boradi.
O'zbek adabiy tili me’yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi:

  1. Leksik-semantik me’yor

  2. Talaffuz - (orfoepik) me’yori

  3. Yozuv (grafika) me’yori

  4. Fonetik me’yor

  5. Aktsentologik (urguni togri qoyish) meyor

  6. Grammatik (morfologik va sintaktik) me’yor

  7. So’z yasash me’yorlari

  8. Imloviy (orfografik) me’yor

  9. Uslubiy me’yor

  10. Punktuatsion me’yor

Xulosa



Me’yor – jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan ,ma’qullangan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir.
Til va nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan. Me’yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, ming yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo’ladi . Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o’tishi bilan o’zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayonligini o’rgandik. .

Foydalanilgan adabiyotlar
Fayllar.org
Hozir.org
Ziyonet.com
Google.com
Yandex.ru
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling