Guruh Eshdavlatova m topshiriq 2 vazifa 1


Download 29.01 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi29.01 Kb.
#1613008
  1   2   3   4
Bog'liq
Eshdavlatova M 2-topshiriq pedagogika


061-19 guruh Eshdavlatova M

TOPSHIRIQ 2
vazifa 1
Berilgan vazifa bo`yicha BBB pedagogik texnologiyasi bo`yicha javob yozishingiz kerak.
Psixologiya fanini boshqa fanlar bilan bog’liqligi bo`yicha (nimani bilaman, Bilishni xohlayman, va Bilib oldim) degan savollarga javoblarni yozing

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim

1.Pedagogika atamasi qadimiy bo’lib, "bola yetaklovchi" degan ma’noni bildiruvchi grekcha "paydogogos" so’zidan kelib chiqqan.
2.Har birimizda mavjud bo‘lgan sezgilar, idrok, diqqat, xotira, xayol, nutq, tafakkur, hissiyot, iroda kabilar psixik jarayondir.

1. Pedagogika fan sifatida shakllanib, takomillashib borib, ta’lim - tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqidagi ma’lumot.
2.Psixik jarayonlarning umumiy yig‘indisini xaqida ma’lumot.



  1. Keyinchalik esa bu tushuncha keng ma’noda ishlatilib, maxsus bilimlarni egallagan mutaxassislarga nisbatan qo’llanila boshlandi. Shu bilan birga ta’lim - tarbiya ishlari bilan shug’ullanuvchilar kasb - hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlaydilar. Ularning ta’lim - tarbiya borasidagi faoliyatlari va to’plagan tajribalaridan o’rinli foydalanishlari PEDAGOGIKA fanini vujudga kelishiga olib keldi.

  2. Bulardan tashqari har bir shaxsning o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlar: qiziqish, havas, qobiliyat va iste’dod, temperament va xarakter kabilar ham psixik jarayonlar jumlasiga kiradi.

vazifa 2
Berilgan tushunchalar mazmunini izohlab bering.

tushunchalar mazmunini




faoliyat

Kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biri. Faqat F.zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, F.
shakllari, asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi:moddiy F. (insonning oʻz xavfsizligi taʼminlanishi, oziqovqat, kiyimkechakka boʻlgan dastlabki ehtiyojlarining qondirilishi va mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning oʻzgartirilishi); ijtimoiysiyosiy F. (ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir koʻrsatish); maʼnaviy F. (ilmfan, sanʼat, din, badiiy ijod
va boshqa sohalardagi F.).


qobilyat

Shaxsning ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan yakka psixologik xususiyatlaridir. Qobiliyat —insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobilyat bilimdan keskin farklanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Qobilyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobilyat koʻnikma, malakadan farq qiladi.


temperament

shaxs faoliyatining individual xususiyatlari, yaʼni alohida psixik jarayon va holatidagi tempi, ritmi, intensivligi tavsifi, fiziologik jihatdan nerv sistemasi faoliyatining tiplariga bogʻliq. Bu kishidagi hissi-yotning qoʻzgʻalishi va uning umumiy harakatchanligida namoyon boʻladi. Har qaysi kishidagi hissiyotning qoʻzgʻalish tezligi, kuchi va barqarorligi har xil. Bu organizmning atrof muhit taʼsiriga javoban koʻrsatadigan ixtiyorsiz reaksiyalarida ayniqsa yaqqol koʻrinadi. Bu xususiyatlar tashqi tomondan kishining imo-ishoralari (mimikasi)da ifodalanadi.


Bilish jarayoni

Kundalik hayotda «bilish», «bilim» kabi atamalar ko‘plab uchrab turadi.Umuman bilish deganda jarayonning harakatdagi ba’zi holatini, muayyan predmetlardagi qandaydir voqealarni amalga oshirishni, ba’zi jarayonlarning kechishi va boshqa holatlarini tavsiflovchi inson faoliyati mahsuli tushuniladi.
«Bilish – ta’lim oluvchi ongida tashqi dunyo aks etishining ma’lum shakliga tegishli ta’lim-tarbiya oluvchining xotirasida saqlanib qoladigan va uning amaliy faoliyatini tartibga solish va tashkil etishga yo‘naltirilgan tasavvur va tushunchalar ko‘rinishidagi ifodasidir».Bilish tadqiqot usuli va uning yordamida tabiat va jamiyat qonuniyatlari o‘rgatiladi. Bu qonuniyatlar bilimning ob’ektiv reallikka bo‘lgan munosabatlari asosida yaratiladi.
Bilish jarayonining bosqichlari, shakllari, usullari, vositalari, ishonchliligi, haqqoniyligi shartlari va mezonlarini bilish nazariyasi tadqiq qiladi. Ular hozirgi zamon ilm-fanida qo‘llaniladigan tadqiqot usullari (suhbat, analiz (tahlil), sintez, modellashtirish, algoritmlash, tajriba, dasturlash, induksiya va deduksiya, xulosalash va h.k.) dan foydalanib bilish jarayoni kechishini umumlashtiriladi.




sezgi

Olamdagi narsa va hodisalar ayrim xossalarining miyadagi taxlili. Materiyaning sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatib, bosh miya poʻstlogʻi nerv markazini qoʻzgʻatishi asosida paydo boʻladi. Sezgi dunyoni bilishning birinchi bosqichi va tarkibiy qismidir. Sezgilar asosida hissiy bilishning idrok, tasavvur kabi shakllari yuzaga keladi. Tashqi qoʻzgʻovchilarning oʻziga xos xususiyatlariga qarab, barcha Sezgilar tana Sezgisi (tuyish), koʻrish Sezgisi, eshitish Sezgisi, hid bilish Sezgisi, taʼm bilish Sezgisi va boshqa turlarga boʻlinadi. Sezgi fizik, fiziologik, psixologik jarayonlarda paydo boʻladi. Fizik jarayonda har qanday narsa va hodisalar Sezgi aʼzolariga taʼsir etib, tegishli sezuvchi nervning chekka uchlarini qoʻzgʻaydi.


ijtimoillashuv

 Individning ijtimoiy muhitga doimiy faol moslashish jarayoni va bu jarayonning natijasi. I.m. uzluksiz xususiyatga ega ekanligiga qaramasdan, uni, odatda, individning oʻz faoliyatini va oʻzini oʻrab turgan ijtimoiy davrasini tubdan oʻzgartirish davrlari bilan bogʻlaydilar. Moslashish jarayonining ijtimoiy muxitga faol taʼsir etish koʻrinishi va muhitdagi maqsad va qadriyatlarni kelishuvchanlik b-n, passiv qabul qilish koʻrinishi boʻladi. I.m. shaxs ijtimoiylashuvining asosiy ijtimoiy-psixologik omillaridan biridir.


xarakter

 Shaxsning atrof muhitga va oʻzoʻziga munosabatida namoyon boʻladigan individual xususiyati. Har bir kishining feʼl-atvorida uning bosib oʻtgan hayot yoʻli aks etadi. Kishining Feʼl-atvorini bilib, maʼlum vaziyatda oʻzini qanday tutishini oldindan koʻrish va uning xattiharakatini toʻgʻri yoʻnaltirish mumkin.


istedod

Nihoyatda zoʻr qobiliyat hisoblanadi. Biror sohada yuksak darajadagi layoqat. U idrok, tasavvur, tafakkur, xotira, kuzatuvchanlik benihoya oʻsganligida, voqeahodisalarning yangi qirralarini, ularning zamiridagi murakkab aloqadorlikni kashf etishda koʻrinadi. I. haqida turli nazariyalar mavjud. Ularga koʻra, I. xudo tomonidan beriladi; irsiyat orqali oʻtadi; tarbiya orqali paydo qilinadi; insondagi tabiiy, tugma anatomik-fiziologik layoqat muayyan faoliyatda shakllanadi va rivojlanadi.


motiv

Inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil, vaj. M. shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqa M.lar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida M. atamasi subʼyektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Xatti-harakat va faoliyat M.larining majmuasi motivatsiya deyiladi. 


idrok

Tirik organizmning maʼlumotlarni qabul qilib, qayta ishlash jarayoni; organizmga obyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangi vaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi.
Idrok ongning ,miyaning ijodiy jarayonidir. Idrokning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining analiz va sintez faoliyatidan iborat.






Download 29.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling