LABORATORIYA ISHI – 2
Arduino IDE platformasini o’rnatish va uning interfeysi bilan tanishish.
Amaliy qism:
1. Ilovani yuklab olish uchun www.Arduino.cc saytiga kiramiz. Bosh sahifadan “Software” bo’limiga o’tamiz:
2. Bu yerdan biz dasturning o’zimizga kerak bo’lgan versiyani tanlaymiz:
3. Microsoft Store orqali dasturni yuklab olishimiz mumkin bo’ladi:
4. Dastur bizga arxivlangan holatda taqdim etiladi. Dastlab uni arxivdan chiqarib olamiz. Dasturni arxivdan chiqarib olgach birinchi o’rinda uning drayverlarini o’rnatib olamiz. Buning uchun “drivers” papkasida joylashgan “dpinst-amd64.exe”ni bosamiz va kompyuterimizga dasturning drayverlari o’rnatiladi:
5. Keyin biz “arduino.exe”ni ishlatishimiz mumkin:
6. Dasturning ishchi oynasi shunday ko’rinishda bo’ladi. Oynaning yuqori qismida menyular satri joylashgan:
7. Menyular satridagi “Fayl” menyusi orqali yangi proyekt yaratish, mavjud proyektni ochish, proyektni yopish, saqlash va yana bir nechta muhim amallarni bajarishimiz mumkin bo’ladi:
8. Menyular satridagi yana bir muhim bo’lim bu Instrumentlardir. Biz avvalo bu bo’limdan Arduinoning qanday turidan foydalanayotganimizni belgilab qo’yishimiz kerak bo’ladi:
9. Va yana asosiy ishlardan biri bu Arduino platasi ishlashi uchun kompyuterimizdan port ajratishdir. Platani kompyuterimizga ulaganimizda “Порт” menyusi faollashadi va biz istalgan portni tanlab qo’yishimiz kerak bo’ladi va plata faqat shu portda ishlaydi xolos. Boshqa portlarda umuman ishlamaydi:
10. Ardunio uchun dasturning bazaviy strukturasi:
Ardunio uchun dasturning bazaviy strukturasi juda sodda va xech bo‘lmaganda ikki qismdan tashkil topgan bo‘ladi. Mazkur majburiy ikkita qism yoki funksiyada bajariladigan kod yozilgan bo‘ladi.
Void setup ()
{
Operatorlar;
}
Void loop ()
{
Operatorlar;
}
bu yerda setup () – bu tayyorlash bo‘lsa, loop () – bajarish. Ikkala funksiya dastur ishlashi uchun talab etiladi.
Setup funksiyasidan oldin – dasturning eng boshida odatda barcha
o‘zgaruvchilar e‘lon qilinadi. Setup – dastur bajaradigan birinchi funksiyasidir va u
bir marta bajariladi, chunki u portlarning ishlash rejimini o‘rnatish (pin Model)
yoki ketma ket ulanishi initsializatsiya qilish uchun ishlatiladi.
Keyingi loop funksiya doimo bajariladigan koddan iborat bo‘ladi, kirishlar
o‘qiladi, chiqishlar uzib ulanadi va x.k.z. Bu funksiya Arduino barcha dastur
yadroli bo‘ladi va asosiy ishni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |