Guruh Foziljonov Nasriddin
Download 18.07 Kb.
|
mening fikrim.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi
- Uchinchi
- Toʻrtinchi
- Beshinchi
913-20 guruh Foziljonov Nasriddin Mening fikrim.uz portali Meningfikrim.uz (MFU) — fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, inson va fuqaro huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini taʼminlash maqsadida Oliy Majlisi huzuridagi qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan ochilgan jamoaviy murojaatlar portali. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 22 yanvar PF–5308-son qarori bilan tasdiklangan davlat dasturining 34-bandida “Mening fikrim” mahsus web portali shahar kengashlariga elektron jamonaviy murojaat qilish tartibini joriy etish belgilangan. Bu portalini ishlash tartibi quydagicha bo’ladi. Birinchi: MFU murojaat yoʻllash uchun 18 yoshdan toʻlgan har qanday fuqaro, www.id.gov.uz saytidan roʻyxatdan oʻtgan bo’lishi kerak. Ikkinchi: Koʻpi bilan 3000 ta harfdan iborat boʻlgan Murojaat matni yuborilgach, “Mening fikrim” veb-portali moderatori murojaatni kamida 5 nafar shaxs qoʻllab-quvvatlashi uchun murojaat tashabbuskoriga maxsus havolani joʻnatadi. Uchinchi: Murojaat zarur miqdordagi shaxslar tomonidan qoʻllab-quvvatlangach, moderator tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish yuzasidan 15 kun ichida ekspertizaga qabul qilinadi. Murojaat moderatorning ijobiy xulosasi olinmaguniga qadar “Mening fikrim” veb-portalida eʼlon qilinmaydi. Toʻrtinchi: Ijobiy xulosa olingan murojaatlar 90 kun davomida jamoaviy ovoz yigʻish jarayoniga qoʻyiladi. Aks holda moderator tomonidan murojaat egasiga bekor qilinganligi yuzasida kichik izoh berib oʻtadi. Beshinchi: Shundan soʻng murojaatlarga ijtimoiy tarmoqlar yoki elektron pochta orqali ovoz berish jarayoni boshlanadi. Murojaatlar belgilangan muddatda kamida 10 mingta ovoz olgan holatda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, kamida 5 mingta ovoz olgan holatda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, kamida mingta ovoz olgan holatda — Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari tomonidan 60 kundan kechikmagan holda koʻrib chiqiladi. Download 18.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling