Guruh: hba-53 Bajardi: Mirzaaxmedova Durdona
Download 1.61 Mb.
|
YALPI TALABNING BAHO VA BAHODAN BOSHQA OMILLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholar darajasi va yalpi talab o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni , shuningdek quyidagi baho omillari bilan izohlanadi
YALPI TALABNING BAHO VA BAHODAN BOSHQA OMILLARI. Guruh: HBA-53Bajardi: Mirzaaxmedova Durdona
Baholar darajasi va yalpi talab o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni , shuningdek quyidagi baho omillari bilan izohlanadi:
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpi ichki mahsulot (YAIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va bYalpi ichki mahsulot (YAIM) — mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan ko’rsatkich. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi bo’lib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil etishda foydalaniladi.
Yalpi milliy maxsulot (YaMM)- millliy xoʻjaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita isteʼmolchilarga borib tushishi mumkin boʻlgan tayyor prirovard maxsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat boʻladi. YaMM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmatlar) ing bozor baxolaridagi summasi. Yaʼni YAMM xajmini xisoblab topishda zaxiralarning xar qanday oʻsishi hisobga olinishi zarur, chunki YaMM yordamida joriy yildagi barcha maxsulotlar (sotilgan yoki sotilmagan) hisobga olinadi. Joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni toʻldiradi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi xajmini toʻgri hisoblab chiqarish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta xisobga olinishi zarur. YaMM xajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan maxsulotlarni koʻp marta xisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xoʻjaligining barcha barcha tarmoqlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisini olinadi. Yalpi milliy mahsulot (DAROMAD) — (YAMM yoki YAMD) mamlakatning maʼlum muddat (odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy koʻrsatkichlaridan biri. YaMM iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmat)larning bozor narxidagi summasi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zahiralarini to’ldiradi. YaMM hisoblab topishda zahiralarning har qanday o’sish hisobga olinishi zarur, chunku YaMM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar hisobga olinadi. YaMM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor narxidagi summasi bo’lganligi uchun tovarning o’zi, uning nafliligi ko’paymagan holda baholar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling