Guruh: i-108 Bajardi: Abduvayitova Z. Qabul qildi


Til va tafakkur. Til va ma’naviyat


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana20.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1631516
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat tili tushunchasi

Til va tafakkur. Til va ma’naviyat: Tabiat va jamiyat mahsuli bo‘lgan inson, ayni paytda, ularning 
oliy namunasi ham sanalib, olamni narsa va predmet shaklida, voqea va hodisa tarzida ongida aks 
ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jarayonda muhim vosita hisoblangan tilning ahamiyati g‘oyatda 
muhimdir. Shuning uchun ham til va tafakkurni bir-biridan alohida tarzda tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
«Til bilan tafakkur bir- birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo‘lmaganidek, til 
ham tafakkursiz bo‘lmaydi» 

Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo‘lishi, moddiy asos sifatida xizmat qilishi uning amalda 
bo‘lishidagi birinchi bosqich hisoblanib, ikkinchi bosqichda fikr, tafakkur mahsuli reallashadi, ya’ni u 
miyadan tashqariga chiqadi. Shunday qilib, ikkinchi bosqichda til kommunikativ - aloqa vazifasini 
bajarishga kirishadi. 

Til insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida xabar 
berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum ta’sir o‘tkazish, hissiyotini qo‘zg‘atish 
kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bo‘lsak, 
ta’kidlaganimizdek, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammalashib va imkoniyatlari ham 
asta- sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz. 

Mana shu o‘rinda tilning hyech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga 
kelmasligiga ham amin bo‘lamiz. «Til va tafakkurning birligi nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq og‘zaki 
va yozma holda mavjud bo‘lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga 
kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo‘lib qoladi». 

Ma’lum bo‘ladiki, til nutqning o‘ta muhim unsuri sifatida aloqa, xabar, ta’sir etishdek, shu bilan birga, 
imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi natijasi o‘laroq kishilik jamiyati to‘plagan tajriba va 
bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazishdek ulug‘vor ijtimoiy vazifani bajaradi. 

O‘z shakllanishi va rivojlanib borishi davomida uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tadigan til asta-sekinlik 
bilan bo‘lsa-da, takomillashib ham boradi. Bu holni uning ichki qurilishida, amalda bo‘lish 
qoidalarining ma’lum bir tizimga kela borishida kuzatamiz. «Ichki qurilish nuqtai nazardan til ma’lum 
miqdordagi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan til birliklarining yig‘indisi va ana shu 
birliklardan foydalanish qoidalaridan tashkil topgan murakkab sistemadir» 

Nutq tilning namoyon bo‘lishi, ro‘yobga chiqish, voqyelanish shakli bo‘lib, u bevosita kuzatishda 
berilgan, moddiy (tabiiy, fizik) shaklga egadir. 


 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling