Guruh: mt-03 talaba: abdullayeva dilnoza


Download 1.15 Mb.
bet3/3
Sana29.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1307543
1   2   3
Bog'liq
Davlat ta’lim standarti,

 Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas edi. О‘zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yо‘qligi XX asrning 80-yillarida kо‘pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim darajalari juda past bо‘lishiga olib keldi.

Davlat ta’lim standartlarini yaratish bо‘yicha ishlar О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni (1992 yil) qabul qilingandan keyin boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta’limi amaliyoti meyorlariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish zarurligi ta’kidlab о‘tiladi.

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil) О‘zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingandan sо‘ng ta’lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim standartlari har bir fan bо‘yicha о‘zlashtirilishi zarur bо‘lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi.

Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga kо‘ra quyidagilardan iboratdir:

 1.Ta’limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning о‘rganish obyektlari va asosiy mazmunli yо‘nalishlari kо‘zda tutiladigan о‘quv fanining umumiy ta’rifi. 2.О‘quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini tasvirlash.

3.Ta’limning majburiy natijalarini ifodalash, ya’ni о‘quvchilarning Bilim, kо‘nikma va malakalarga qо‘yiluvchi talablar, bu ularning majburiy tayyorgarliklari darajasining “о‘lchamidir”, ya’ni, tekshirish ishlari, testlar va alohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab о‘quvchilar tomonidan talablarning majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bо‘ladi.

DTSni, uning talablarini bajarish О‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat kо‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bо‘ysunishdan qat’i nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

Foydalanilgan adabiyotlar: https://fayllar.org

E’tiboringiz uchun tashakkur


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling