Guruh: oel004 Bajardi: G‘aniyev Baxtiyor Tekshirdi: Babaxanova Dildora Toshkent 2022


Download 0.66 Mb.
Sana03.02.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1154848
Bog'liq
2MUSTAQIL ISH




O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Кommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti.





MUSTAQIL ISH



Guruh: OEL004
Bajardi: G‘aniyev Baxtiyor
Tekshirdi: Babaxanova Dildora

Toshkent 2022





YAHM


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-martida Jizzax viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda– YAHM) hajmi joriy narxlarda 4 166,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 4,7 % ga o‘sdi. YAHM deflyator indeksi 2021- yilning yanvar-martidagi narxlarga nisbatan 113,9 % ni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Jizzax viloyatining qo‘shgan hissasi 2,6 % ga yetdi.

Ta’lim sohasi


Umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning hududlar kesimida taqsimlanishi

2021/2022 o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning umumiy soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich
Jizzax shahar - (39,6 ming nafar),
Sharof Rashidov tuman - (39,4 ming nafar)
G`allaorol tuman - (32,6 ming nafar)
Baxmal tuman - (31,7 ming nafar) hamda
Zomin tuman - (32,4 ming nafar) qayd etilgan bo‘lsa, boshqa hududlarga nisbatan eng kam ko‘rsatkich
Arnasoy tuman - (7,3 ming nafar) va Yangiobod t (5,0 ming nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Jizzax viloyatida umumiy o‘rta taʼlim muassasalari faoliyatining asosiy
statistik ko‘rsatkichlari
Umumta’lim muassasalari soni, birlikda (o‘quv yili boshiga)

Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 2021/2022 o‘quv yili boshiga 563 tani tashkil etib, 2018- yilga nisbatan 19 taga ko‘paygan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari



2021– yilning yanvar– dekabr oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 20 326,7 mlrd. so‘mni yoki 2020– yilning mos davriga nisbatan
103,9 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 7 716,1 mlrd. so‘mni (101,6 %),
chorvachilik mahsulotlari – 12 610,7 mlrd. so‘mni (105,3 %) tashkil qildi.
Jizzax viloyati jahonning 60 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo

aloqalarini amalga oshirib kelmoqda



TSA ning nisbatan salmoqli hissasi
Koreyada (21,3 %),
Xitoy Xalq Respublikasida (20,3 %),
Turkiyada (19,3 %),
Rossiya Federatsiyasida (12,5 %),
Qozog‘istonda (8,9 %),
Italiyada (2,8 %),
Ukrainada (2,4 %),
Qirg‘izistonda (1,9 %),
Afg‘onistonda (1,9 %),
Germaniyada (1,8 %) va Pokistonda (1,4 %) qayd etilgan.
Jizzax viloyatida korxona va tashkilotlar mablag‘lari hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Jizzax viloyati bo`yicha korxona mablag`lari hisobidan 6279,7 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2020- yilga nisbatan 3,2 martaga ko`paydi.Respublika bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalardagi korxona mablag`lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 47,5 % ni tashkil etdi.

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 2022- yil yanvar-fevral oylarida Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, mln. so‘m

Transport xizmatlari


Transport xizmatlarining eng katta ulushi avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri kelmoqda.

Transportning ushbu turi boshqa transport turlari bilan taqqoslanganda uning moslashuvchanligi va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning nisbatan arzonligi sababli yuqori talabga ega hisoblanadi.
Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling