Guruh rahbarining sinfdan tashqarida o'tkaziladigan ish shakllari


Download 423.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana10.02.2023
Hajmi423.98 Kb.
#1183494
1   2   3   4
Bog'liq
guruh-rahbarining-sinfdan-tashqarida-otkaziladigan-ish-shakllari

www.scientificprogress.uz
 
Page 268
iloji boricha har bir talabaning kunlik faoliyatini kuzatishga, hech birini chetdan 
qoldirmaslikka intilishadi. Misol uchun : kunlik davomat olishlar, darsga kechikib 
kelish sabablari, sog'ligi , hayotida ro'y berayotgan muammo-qiyinchilikka , har bir fan 
o'qituvchiis bilan talabaning ishtirokini so'rashga befarq bo'lmaydilar. Ular doimo 
harakatda, ijodda turadilar va shu bilan talabalar qalbining muhandisiga aylanadilar. 
Aks holda esa oddiy bir hunarmand misol bo'lib qolishlari mumkin. 
Guruh rahbari o'z ishini rivojlantirishda, talabalarning ehtiyojlarini, rivojlanish 
darajasini, jamoa taraqqiyot bosqichlarini, faolligini va imkoniyotlarini hisobga olishi 
kerak. 
Eng ilg'or, yaxshi guruh rahbarining quyidagilar rejasining asosini egallagan 
bo'ladi: Guruh rahbarining guruh bilan olib boradigan ishlarining asosiy yo'nalishlari 
bo'limi. Bu bo'lim "Guruhni tashkil etish", "G'oyaviy axloqiy tarbiya", "Mehnat 
tarbiyasi va kasb tanlashga yo'llash", "Oila va jamoatchilik bilan hamkorlik" kabi asosiy 
moslamalarni 
o'z 
ichiga 
oladi. 
Agar 
biz 
bu 
bo'limlarning 
har 
biriga 
to'xtalib,oydinlashtiramiz. Guruhni tashkil etishda talabalarning o'z-o'zini boshqarish 
organlari ishiga pedagogik rahbarlikni taminlashdir. Bunda sinf yoki guruh majlislarini 
tashkillab o'tkazish, faollar bilan ishlash ko'zda tutiladi. Mehnat tarbiyasi va kasb 
tanlashga yo'naltirish talabalar uchun o'qish o'quv ishini oqilona tashkil etish, o'z-o'ziga 
xizmat, ijtimoiy foydali mehnat,texnik ixtirochilar, kasb tanlash ishlarini tashkil etish 
bilan bog'liq tadbirlar yoritiladi. Kechalar, estafetalar, kitob anjumani, suhbat o'tkazish, 
ko'rilgan kino yoki spektakl bo'yicha muhokama qilish,havaskorlar to'garagiga qo'shiq, 
badiiy o'qish tanlovi, rasmlar ko'rigi, muzey ko'rgazmalarga borish, "Talabalar va 
yoshlar musiqasi haftaligini, kino teatrlarga borish bulaning hammasini estetik tarbiya 
masalasining mazmunini tashkil etadi. Guruh rahbar shularni bilgan holda, o'z talabalari 
bilan ishtirok etadi. 
Oila va jamoatchilik bilan ishlash bo'limida esa oila va o'quv yurtining talabalariga 
qo'yadigan axloqiy talablarni ishlab chiiqshga qaratiladi, ota-ona va jamoatchilikning 
guruh hayotini va faoliyatini tashkil etiladigan suhbat, maruza,anjumanlarnkng 
mavzulari kimning oilasiga borish, boshqa bir qator ishlar aniqlashtiriladi. 
Qolaversa,guruh rahbarlari shu guruhda dars berayotgan fan o'qituvchilari 
o'rtasida, o'quvchilari o'rtasida ,o'quv yurti bilan oila o'rtasida talabakarga nisbatan 
yagona talablar o'rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila 
bilan o'quv yurti o'rtasidagi aloqani mustahkamlanadi. 
Bundan ko'rinib turibdiki ,Guruh rahbarining muhim vazifalaridan biri talabaning 
o'qishga bo'lgan havasini,e'tiqodini, qobilyatini rivojlantirish, kasb-hunarga bo'lgan 
layoqatini, yosh va ruhiy xususiyatlarini rivojlantirish, har bir o'quvchining bo'lgusi 
hayoti rejalarini amalga oshirish, talabalarning salomatligini muhofaza qilishdan 
iboratdir. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 423.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling