Guruh Rahimberganov Bobur


Download 336.35 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi336.35 Kb.
#1047788
Bog'liq
1 mavzu

21.01-guruh

Rahimberganov Bobur

Mavzu: Jismoniy tarbiya nazariyasiga kirish. Fanning tarixi va rivojlanish bosqichlari.

Reja

  • 1. Kirish
  • 2. Jismoniy tarbiya va sport tarixi faninining maqsadi
  • 3. Fanning asosiy vazifalari
  • 4. Qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya
  • Jismoniy tarbiya tarixi jahon xalqlari madaniy tarixining qismidir. Jismoniy tarbiya tarixi fani qadimgi zamondan to hozirgi kungacha bo’lgan davrlarda jismoniy tarbiya va sportni kelib chiqishi, rivojlanishi va tarraqiy etishining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Jismoniy tarbiya tarixi tarixiy fanning mustaqil sohasi, jismoniy tarbiya va sportga doir ilmiy bilimlarning muhim qismidir. Jismoniy tarbiya tarixi jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi sifatida vujudga kelishi va tarkib topishi haqida ma’lumotlar beradi. Jismoniy tarbiya va sport tarixi fani qadim zamonlardan boshlab, shu kungacha turli xalqlarda jismoniy tarbiya taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini aniqlash va o’rganish bilan shug’ullanadi.
  • Uning vazifasi turlicha tarixiy davrlarda jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti, jismoniy tarbiya shakllari, usullari, vositalari va kishilarning sport sohasidagi faolikyatining tahlilini berishdan iborat. Jismoniy tarbiya va sport tarixi to’rtta asosiy davrlarga bo’linadi:
  • I. Qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya (mill.av. VIII ming.- mil. IV asr).
  • II. O’rta asrlar davrida jismoniy tarbiya va sport (V- XVII asrlar).
  • III. Yangai davrda jismoniy tarbiya va sport (XVIII – XIX asr oxiri).
  • IV. Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport (XX asrning boshlari – hozirgi kungacha)
  • Jismoniy tarbiya va sport tarixi faninining maqsadi – jismoniy tarbiya va sportning turli tarixiy davrlarda rivojlnish qonuniyatlari, g’oyalari, tizimlari, asosiy shakllari, usullari va vositalari to'g'risidagi ilmiy-nazariy bilimlarni shakllantirishdir.
  • Fanning asosiy vazifalari – talabalarga jismoniy tarbiya va sport tarixini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish, jismoniy tarbiya usullari, shakllari, vositalari, sport sohasida erishilgan yutuqlar va eng ilg’or tajribalardan foydalanishni hamda O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixini o’rgatishdan iborat. Jismoniy tarbiya tarixining muhim vazifasi jahon xalqlari jismoniy tarbiyasining xususiyatlarini o’rganish va uning rivojlanish yo’llarini aniqlashdir. Ijtimoiy fanlardan biri hisoblangan jismoniy tarbiya tarixi fanining eng muhim vazifasi – bo’lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini yuksak g’oyaviylik, vatanga sadoqat, milliy iftixor va insonparvarlik ruhida tarbiyalashdir.
  • Jismoniy tarbiya tarixi o’quv fanining o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
  •  nazariy va amaliy mashg'ulotlarda jismoniy harakat, jismoniy tarbiyani paydo bo'lish davrlarini rivojlanish tarixi,
  •  O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport harakatining rivojlantirish tarixi to'g'risidagi bilimlarni,
  •  jismoniy tarbiya va sport tarixining asosiy davrlarini, rivojlantirish qonuniyatlarini bilishi kerak;
  •  fanni o'rganishning tamoillarini, xalqaro sport va olimpiya harakati tarixini, uning rivojlanish bosqichlari va asosiy xususiyatlarini to’g’ri aniqlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
  •  ilmiy nazariy jihatdan olingan bilimlarni tahlil qila olish kerak;
  •  amaliy mashg'ulotlarda mustaqil fikr yuritishi, mavzularga ijodiy yondoshish malakalariga ega bo’lishi kerak;
  •  fan bo'yicha o'zining fikr mulohazalarini to'liq bayon etishi kerak.
  • Shimoliy va Janubiy Amerikada yevropaliklarning istilosiga qadar katta rezina koptok, chavgon va raketkalardan foydalanib o’ynaladigan yozgi va qishki o’yinlar rasm bo’lganligi aniq manbalarda o’z ifodasini topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida suvda suzish, kanoe va baydarka xilidagi yengil uzunchoq qayiqlarda eshkak eshish ham keng qo’llanilgan. Sharqiy Braziliya xalqlari orasida qiz va yigitlar hayotida kerak bo’lgan epchillik, chaqqonlik chidamlilik, jasurlik va qat'iyatlilik kabi qobiliyatlar hamda sifatlarga ega bo’lishi lozim edi. Qabilalarda yigitlar ma’lum sinovlardan o’tmagunlaricha uylanishga ruxsat berilmagan.Sharqiy Afrikadagi ibtidoiy qabilalarda langarcho'p bilan sakrash va yugurib kelib balandlikka sakrash musobaqalari ham o’tkazilgan. Ularni turli bayramlarda namoyish etishgan.

JT Vujudga kelishining asosiy omillari
Ob’ektiv omillar-ibtidoiy odamning mehnat faolyati(ov), atrof muhit, tabiat
Sub’ektiv omillar-inson ongi va fikrlashing rivojlanishi
Biologik omillar-insonning harakatga bo’lgan tabiiy ehtiyoji
  • Qadimgi Olimpiya o’yinlari Alfey daryosi vodiysining Peloponiyes yarim orolida joylashgan Elida shahrining Olimpiya qishlog’ida o’tkazilgan. Odatga ko’ra, hozirgi davrda Olimpiya mash’alasi Kronos tog’i etagidagi Olimpiya shahrida yoqiladi va Olimpiya o’yinlari o’tkaziladigan shaharlarga yetkaziladi.
  • Birinchi qadimgi Olimpiya o’yinlari miloddan avvalgi 776 yilda Olimpiya shaharchasida o’tkazilgan. Bu davrda Olimpiya o’yinlarida faqat ozod fuqaro bo’lib tug’ilgan greklargina qatnashgan. Qullar, ayollar va chet elliklar o'yinlarda qatnashish huquqiga ega bo'lmagan. O'yinlar har 4 yilda bir marotaba tashkil etilgan. Dastlabki o'yinlarda faqat yugurish musobaqalari asosiy dastur hisoblangan. Keyingi o'yinlarning dasturlariga pentatlon, pankration, otda yurish, aravalarda poyga kabi turlari bo'yicha ham musobaqalar tashkil etilgan. Miloddan avvalgi 632 yilda 37-Olimpiya o'yinlaridan boshlab o’yinlarda bolalar ham ishtirok etgan.
  • Olimpiya o’yinlar avvallari bir kun davomida, keiynchalik besh kunda o’tkazilgan. O’yinlar tantanali ravishda qiziqarli tarzda ochilgan. Qadimgi greklarning Olimpiya o’yinlari uzluksiz 1160 yil davom etgan va 290 marta bo’lib o’tgan. Eng oxirgi o’yin 393 yilga o‘tkazilgan.

Download 336.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling