Guruh (sirtqi)talabasi ishbayeva nafisaning
Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar
Download 171.23 Kb.
|
Psixik taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari
Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar
Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatning mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aqli-hushining rivojlanishi uchun imkoniyat tug‗diradi, qo‗llarining shakl-shamoyili mehnat qurollaridan foydalanish istiqbolining mavjudligini ko‗rsatadi va hokazo. Bular bilan chaqaloq o‗z imkoniyatlari yig‗indisiga binoan odam har qanday holatda ham bu xildagi fazilatlar yig‗indisining sohibiga aylana olmaydigan hayvon bolasidan farq qiladi. Shunday qilib, yuqorida aytilganlar orqali chaqaloqning inson zotiga mansubligi tasdiqlanadi va bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi (bundan farqli o‗laroq, hayvon bolasi dunyoga kelishi bilanoq va hayotining oxiriga qadar jonzot deb yuritiladi). «Individ» tushunchasida kishining nasl - nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug‗ilgan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilat kashf etadi, ya‘ni shaxs bo‗lib yetishadi. Individ hali bolaligidayoq tarixan tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar tizimiga jalb etiladi. U bu tizimni allaqachon tayyor holda uchratadi. Kishining jamiyatdagi bundan keyingi rivojlanishi munosabatlarning shu qadar chigalliklarini vujudga keltiradiki, bu hol uni shaxs sifatida shakllantiradi. Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta‘sir o‗tkazish darajasi va sifatini belgilaydigan tizimli tarzdagi ijtimoiy fazilat shaxs tushunchasi bilan ifodalanadi. Shaxs bu - ma‘lum bir insonning psixobiologik va ijtimoiy-psixologik qobiliyatlarning uyg‗unligi hisoblanadi. Biz jamiyat, tarbiya, ta‘lim, muomala, o‗zaro ta‘sirlanish ta‘sirida shaxsga aylanamiz. Shaxs bo‗lmoq - bu har doim o‗z xulq - atvori ustida ishlash deganidir. Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof muhitni, o‗zini bilishiga imkon beruvchi ongni o‗rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo‗lib o‗rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar – sezgi, idrok, xotira, diqqat, tafakkur nutq va boshqalar. Bu jarayonlar bir-biri bilan bog‗liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o‗zi qiyin. Shaxsning individual – tipologik xususiyatlari tasnifi. Dunyoda aynan bir- biriga o‗xshash bo‗lgan ikki kishini topish juda mushkul. Odam tashqi qiyofasi, bo‗y-basti bilan boshqa biror kimsaga o‗xshashi mumkin, lekin fe‘li, mijozi va shaxs sifatidagi xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil insonlar bo‗lmaydi. Hattoki, olimlar bitta tuxumdan rivojlangan egizaklarda ham juda ko‗p jihatdan aynan o‗xshashlikni qayd qilishgan, shaxsiy sifatlaridagi korrelyatsion tahlilda esa ba‘zi tafovutlar aniqlangan. Shaxs - qaytarilmas, u o‗z sifatlari va borlig‗i bilan noyob. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblik asosida uning individual psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu o‗rinda biz yuqorida ta‘rif bergan shaxs tushunchasi bilan yonma-yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izoh berishni o‗rinli deb hisoblaymiz. Bu ―individ‖ va ―individuallik‖ tushunchalari. ―Individ ― tushunchasi umuman ―odam‖ degan tushunchani to‗ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi va uni, bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o‗z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, o‗ziga va o‗ziga o‗xshashlarga xos bo‗lgan umumiy va xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy toifadir. ―Individuallik‖— yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo‗lib, u aniq odamni boshqa bir odamdan farqlovchi barcha o‗ziga xos xususiyatlar majmuini o‗z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil qiladigan bo‗lsak, shaxs individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, emotsiyalari, xulqiga xos motivatsiya va ijtimoiy ko‗rsatmalari kiradi. Download 171.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling