Guruh (sirtqi)talabasi xudoyberdiyeva diloromning
Download 171.25 Kb.
|
Psixik taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari
aniqBolaning psixik taraqqiyoti ijtimoiy hayot bilan bog‗liq bo‗lgan
keyin vafot etgan, ikkinchisi Kamola 7-8 yosh 17 yoshgacha yashagan, 45ta so‗zni o‗rgangan. Organizmning o‗sishi, nerv sistemasining shakllanishi psixik hayotning shakl va mazmuni uchun imkoniyatlar yaratib beradi. Bu imkoniyatlarning ruyobga chiqishi kishining ijtimoiy muhitda yashashi va taraqqiy etib borishiga bog‗liqdir. Demak, inson biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida taraqqiy qiladi. Demak, insonni inson qiladigan uning butun fazilatlarini yuzaga keltiradigan omil tashqi ijtimoiy muhitning ta‘siridir. Bolalar psixologiyasi bolani har tomonlama rivojlanishida ta‘lim-tarbiyani asosiy harakatlantiruvchi kuch deb ta‘kidlaydi, chunki jamiyatning bolalar ongiga ongli ta‘sir etishi ta‘lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Yosh psixologiyasida psixik taraqqiyot bilan ta‘lim-tarbiya o‗rtasidagi munosabat masalasi muhim masaladir. Bu masalani olimlar turli nazariyalar bo‗yicha talqin qiladilar: 1) Birinchi nazariya tarafdorlari ijtimoiy ta‘lim-tarbiya bilan bola psixik taraqqiyoti o‗rtasida hech qanday munosabat yo‗q, psixik taraqqiyot o‗z yo‗liga, ijtimoiy ta‘lim-tarbiya o‗z yo‗liga bo‗ladi degan fikrni olg‗a suradi. 2) Ikkinchi xil nazariya namoyondalari psixik taraqqiyot bilan ijtimoiy ta‘lim-tarbiya orasida hech qanday farq yo‗q degan fikrni bildiradilar. 3) Uchinchi xil nazariya namoyondalari ta‘lim-tarbiya va psixik taraqqiyot boshqa-boshqa jarayonlar bo‗lsa ham, bir-biriga mos keladigan, ya‘ni bir-biriga ta‘sir o‗tkazadigan jarayonlardir degan fikrni ilgari suradilar. Psixologlar jumladan L.S.Vigotskiyning fikricha ta‘lim jarayoni taraqqiyot jarayoniga mos kelmaydi, ta‘lim jarayoni taraqqiyotdan ilgarilab ketadi va bolalar psixikasining taraqqiy etishini o‗z orqasidan ergashtirib boradi. Unga eng yaqin istiqbol ochib beradi, deb ko‗rsatadi. Vigotskiyning fikricha taraqqiyotning 2 bosqichi bo‗lib, ya‘ni birinchisi, faol taraqqiyot bosqichi ( katta yoshli kishilar yordamisiz mustaqil harakat qila olish;). Ikkinchisi, eng yaqin taraqqiyot zonasi bosqichi (bolalarning katta yoshli kishilar yordami bilan qiladigan xatti- harakatlari) bor. Vigotskiy bolalarning psixik rivojlanishi, ayniqsa shu taraqqiyot jarayonida tezroq rivojlanadi deb ko‗rsatadi. Taraqqiyotning bu ikki bosqichi bolaning hozirgi vaqtda qanday ekanligini, ya‘ni qanday bilim, malaka va ko‗nikmalarga, xarakter - sifatlarga ega ekanligini va kelajakda bolaning qanday bilim, ko‗nikmalarga, xarakter sifatlarga ega bo‗la olishini hisobga olish imkonini beradi. Download 171.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling