Guruh talabasi Abdumansurova Gulchiroyning Biologik kimyo va molekulyar biologiya fanidan
Me’daosti bezining organizmdgi ahamiyati
Download 0.5 Mb.
|
Organizmda glikokortikoidning garmonal o\'zgarishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3.Me’daosti bezining organizmdagi faoliyati 2.3.1 Me’daosti bezining funksiyalari
2.2.2. Me’daosti bezining organizmdgi ahamiyati.
Meʼda osti bezi — odam va hayvonlardagi yirik bez. Anatomikfiziologik xususiyatlariga koʻra, tashqi (ekzokrin) va ichki (endokrin) sekretsiya bezi; pankreatik shira hamda insulin va glyukagon gormonlarini ajratadi; ular bevosita qonga oʻtib, uglevod hamda yogʻlar almashinishini boshqaradi; ovqat hazm qilishda ishtirok etadi. Meʼda osti bezi b. murakkab tuzilgan aralash bezlar turkumiga kiradi. U kattaligi jihatdan jigardan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Qorin boʻshligʻida, meʼda orqasida, oʻn ikki barmoq ichakka yaqin (qarang Ichak), bel umurtqalarining qarshisida koʻndalang joylashgan. Uz. 12—18 sm, vazni 70—80 g atrofida, Bezning biriktiruvchi toʻqimadan iborat kapsulasi juda nozik. Bez hujayralari meʼda shirasiyai ajratadi. Meʼda osti bezi b.ning chiqaruv yoʻllari yiriklashib va bir-biriga qoʻshilib borib, bosh chiqaruv yoʻliga quyiladi, bu yoʻl bez boʻylab borib, umumiy oʻt yoʻli bilan birga oʻn ikki barmoq ichakka ochiladi. Meʼda osti bezi b. kasalliklaridan pankreatit, oʻsma hosil boʻlishi, insulin ishlab chiqarilishi buzilganda qandli diabet kuzatiladi. 2.3.Me’daosti bezining organizmdagi faoliyati 2.3.1 Me’daosti bezining funksiyalari Me'da osti bezi (g. pancreas) xazm yo‘lining eng muxim bezlaridan biri bo‘lib, juda katta fizilogik vazifani bajaradi. Ichki va tashqi sekret ishlab chiqarish funksiyasini bir vaqtning o‘zida bajaradigan bu aralash bez faqat xazm jarayoniga emas, balki metabolizmning boshqa ko‘pgina tomonlariga xam jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Uning anatomik joylashuvi, jigar, me'da, taloq, arteriya va qopqa vena sistemasining yirik arteriyalari quyosh chigalining postganglionar tarmoqlari bilan chambarchas aloqasi unda operatsiya o‘tqazishni birmuncha qiyinlashtiradi va xirurglardan bu xayotiy muxim organga kirish yo‘llarini puxta o‘rganish va operatsiyaning ta'sirchan va extiyotlaydigan usullarini izlab topishni talab etadi. Me'da osti bezi qorin pardasi orqasidagi bo‘shlikda I-II bel umurtqalari satxida joylashib, umurtqa pog‘onasini ko‘ndalang yo‘nalishda kesib o‘tadi, shu tufayli boshchasi va tanasining boshlanishi o‘rta chiziqdan o‘ng tomonda, tana va dumining ko‘proq qismi esa chap tomonda bo‘ladi. Bez o‘lchamlari ± 16x4x2,5 sm, og‘irligi taxminan 60-70 g (1 rasm). Me'da osti bezining boshchasi o‘n ikki barmoq ichak taqasiga kiradi, dumi esa taloq darvozasiga yetib boradi. Meda osti bezi uning oldingi-yuqori satxi bo‘ylab o‘tadigan, katta charvi xaltasining orqa devoridagi (bursa omentalis) tomirlar, nervlar, yo‘llar va parietal qorin pardasi varag‘i bilan maxkamlangan. Arterial va venoz qon-tomir sistemasi. Me'da osti bezi truncus coeliacus tarmoqlaridan, boshchasi - a. pancreaticoduodenalis dan, tana va dumi a. lienalis dan oziqlanadi, bu arteriya me'da osti bezining yuqori chekkasi bo‘ylab o‘tib, aksariyat xatto uning parenximasiga kiradi va o‘z yo‘lida qator tarmoqlar (a. a. pancreaticus brevis) beradi. Bir nomdagi venalar qopqa vena sistemasiga qon olib boradi. Innervatsiyasi. Meda osti bezi quyosh chigalining xam simpatik, xam parasimpatik tolalaridan innervatsiya qilinadi. Bezning butun tanasi orqali asosiy yo‘l o‘tib, u ko‘p sonli bo‘lakchalar - ductus Wirsungi dan sekret yig‘adi va umumiy o‘t yo‘lining distal kesigi bilan o‘n ikki barmoq ichakning katta so‘rg‘ichiga papilla Fateri quyiladi. Asosiy yo‘ldan tashqari, 75-80% hollarda qo‘shimcha yo‘l - ductus Santorini uchraydi, u yo asosiy yo‘l bilan qo‘shiladi, yo bez boshchasidan kesib o‘tib, o‘n ikki barmoq, ichakda mustaqil, qo‘shimcha surg‘ich holida ochiladi. Virsung yo‘lining umumiy o‘t yo‘li bilan kushilishining bir necha variantlari bor: boshqa-boshqa bo‘lib ochilish, to‘lik bo‘lmagan, fater so‘rg‘ichidan markazroq, joyda ikkita yo‘lning qo‘shilishi ana shular qatoriga kiradi. Ko‘rsatib o‘tilgan anatomik xususiyat me'da osti bezi yo‘liga o‘t suyuqligi reflyuksi yoki o‘t yo‘llariga pankreatik shira tushishida ma'lum o‘rin tutadi. Me'da osti to‘qimasi tashqi va ichki zonalari bo‘lgan epitelial xujayralardan tashkil topgan. Oxirgisi sekret ishlab chiqaradigan va xazm fazasida bo‘rtib turadigan granulalardan iborat. Bezsimon to‘qima orasida ichki sekretor funksiyani bajaradigan, kapsulaga o‘ralgan langergans orolchalari joylashadi. Orolchalar ko‘p sonli tomirlar va quyosh chigali sistemasidagi ozroq simpatik nerv tarmoqlari bilan o‘ralgan. Langergans orolchalari soni 2 milliongacha yetadi (1 g bezga 5 dan 25 minggacha). Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling