Guruh talabasi Aktamov Ilhombek Nazorat savollari

 2.Assimetrik shifrlash algoritmlari yaratish usullari

Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana04.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1078365
1   2   3   4
Bog'liq
Aktamov20Ilhombek20kiber

6. 2.Assimetrik shifrlash algoritmlari yaratish usullari 
 
Muammo turi 
bo‘yicha assimmetrik kriptotizimlar tasnifi 
 
Simmetrik kalitli krpitoalgoritmlar asosida yaratilgan kriptotizim 
axborot-kommunikatsiya tarmoqlarida 
ma’lumotlar almashinuvining 
muhofazasinita’minlash masalalarini yechishda qanchalik ishonchli bo‘lmasin, 
bari bir undan amalda foydalanish jarayonida ayrim qo‘shimcha xavfsizlikni 
ta’minlash masalalari kelib chiqib, ularning yechilishi talab etiladi. Shunday 
masalalardan biri kalitlarni tizim foydalanuvchilariga tarqatish masalasidir. 
Ishlab chiqilgan bardoshli kalitlarni tizim foydalanuvchilariga yetkazish 
xavfsizligi kafo
latli ta’minlangan bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun esa 
qo‘shimcha holda yana biror boshqa kriptotizimdan foydalanishga to‘g‘ri 
keladi. Bu masala yechimining qo‘shimcha kriptotizimdan foydalanmay hal 
etilishi klassik va zamonaviy algebrada olingan ilmiy natijalar asosida 
yaratilgan ochiq kalitli (oshkora kalitli, nosimmetrik) kriptotizimlarning vujudga 
kelishi bilan amalga oshirildi. 
Nosimmetrik kriptotizimlar bundan 32 yil muqaddam AQSh olimlari U. Diffi va 
M. Xellman tomonidan kashf etilgan 
bo‘lib, ular katta sonli chekli to‘plamlarda 
bir tomonlama funksiyalardan foydalanishga asoslangan. U. Diffi va M. 
Xellmanning 1976 yilda bosilib chiqqan “Kriptologiyada yangi yo‘nalishlar” 
maqolasida ilgari surilgan “maxfiy kalitni uzatishni talab etmaydigan amaliy 
bardoshli maxfiy tizimlarni tuzish 
mumkin” degan fikri kriptologiyada 

nosimmetrik kriptotizimlarning yuzaga kelishi hamda ularningrivojlanish 
davrining boshlanishiga sabab 
bo‘ldi. 
Nosimmetrik kriptotizimlar nazariyasi va amaliyoti rivojiga U. Diffi va M. 
Xellman bilan bir qatorda R. Rayvest, A. Shamir, L. Adleman, T. Jamol, K. 
Shnorr, 
V. Miller, N. Koblis, A. Menezes, B. Shnayer katta hissa qo‘shgan. 
Hozirgi kunda kriptografiyaning rivojlanishiga rossiyalik V. Matyuxin, M. 
Moldovyan, N. Moldovyan, B. Izotov, A. Rostovsev hamda o‘zbekistonlik bir 
guruh olimlar ham munosib hissa 
qo‘shmoqdalar. 
Nosimmetrik kriptotizimlarning yuzaga kelishi simmetrik tizimlarda yechilmay 
qolgan maxfiy shifrlash kalitlarini tarqatish va elektron raqamli imzo tizimlarini 
yaratish hamda qator zamonaviy masalalarni yechish imkoniyatini berdi. 
Nosimmetrik kriptotizimlar simmetrik kriptotizimlarga nisbatan o‘nlab marta 
katta uzunlikdagi (512102420484096 bitli) kalitlardan foydalanadi va shu 
sabab yuzlab marta sekinroq ishlaydi. Nosimmetrik kriptotizimlarning 
matematik asosida bir tomonlama oson hisoblanadigan funksiyalar (modul 
bo‘yicha diskret darajaga oshirish funksiyasi, egri chiziqli elliptik funksiya va 
sh.k.) yotadi. Nosimmetrik kriptotizimlar axborot xavfsizligining barcha 
muammolarini yechib berishga qodir hisoblanadi. 
Ochiq kalitli kriptotizim mohiyati har bir foydalanuvchi uchun birini bilgan holda 
ikkinchisini topish, yechilishi murakkab bo‘lgan masala bilan bog‘liq kalitlar 
juftligini yaratishdan iborat. Bu juftlikni tashkil etuvchi kalitlardan biri ochiq 
(oshkora), ikkinchisi maxfiy (shaxsiy) deb e’lon qilinadi. Ochiq kalit oshkora 
e’lon qilinadi, maxfiy kalit faqat uning egasigagina ma’lum bo‘ladi. Biror 
foydalanuvchining ochiq kalitini bilgan holda uning maxfiy kalitini topishning 
amaliy jihatdan mumkin emasligi, yechilishi murakkab bo‘lgan masalaning hal 
etilishini talab qilishi bilan kafolatlanadi. Ochiq 
ma’lumot, shu ma’lumotni olishi 
kerak 
bo‘lgan foydalanuvchining ochiq kaliti bilan shifrlanib unga uzatiladi. 
Shifrlangan 
ma’lumotni olgan foydalanuvchi faqat uning o‘ziga ma’lum bo‘lgan 
maxfiy kalit bilan uni deshifrlab, ochiq 
ma’umotga ega bo‘ladi. 
Ochiq kalitli kriptotizimlar algoritmlari ularning asosini tashkil etuvchi bir 
tomonli funksiyalar bilan farqlanadi. Ammo har qanday bir tomonli funksiya 
ham ochiq kalitli kriptotizimlar yaratish uchun va ulardan amaldagi ahborotlar 
tizimida mahfiy aloqa xizmatini o‘rnatish algoritmini qurish uchun qulaylik 
tug‘dirmaydi. 

Bir tomonli funksiyalarni aniqlanish ta’rifida nazariy jihatdan teskarisi mavjud 
bo‘lmagan funksiyalar emas balki, berilgan funksiyaga teskari bo‘lgan 
funksiyaning qiymatlarini hisoblash amaliy jihatdan maqsadga muvofiq 
bo‘lmagan funksiyalar tushiniladi. Shuning uchun ma’lumotning ishonchli 
muhofazasini 
ta’minlovchi ochiq kalitli kriptotizimlarga muhim bo‘lgan quyidagi 
talablar 
qo‘yiladi [5]: 
1. 
Dastlabki ochiq ma’lumotni shifrma’lumot ko‘rinishiga o‘tkazish birtomonli 
jarayon va shifrlash kalit
i bilan shifrma’lumotni ochish-deshifrlash mumkin 
emas, 
ya’ni shifrlash kalitini bilish shifrma’lumotnideshifrlash uchun yetarli 
emas. 
2. 
Ochiq kalitning ma’lumligiga asoslanib, mahfiy kalitni zamonaviy fan va 
texnika yutuqlari yordamida aniqlash uchun 
bo‘ladigan sarf-harajatlar hamda 
vaqt maqsadga muvofiq emas. Bunda, shifrni ochish uchun bajarilishi kerak 
bo‘ladigan eng kam miqdordagi amallar sonini aniqlash muhimdir. 
Mavjud nosimmetrik kriptotizimlar bardoshliligini 
ta’minlashga asos bo‘lgan 
murakkab muammo (masala) turi 
bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi 
(1.1-jadval) [10]: 
- faktorlash muammosining murakkabligiga asoslangan kriptotizimlar; 
- diskret logarifm muammosining murakkabligiga asoslangan kriptotizimlar; 
- elliptik egri chiziqda diskret logarifm muammosining murakkabligiga 
asoslangan kriptotizimlar; 
boshqa muammolarga asoslangan kriptotizimlar. 

jarayon va shifrlash 
kaliti bilan shifrma’lumotni ochish-deshifrlash mumkin 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling