perforatsiyali. To’pgullari
poya uchida, barg qo’ltig’ida, ba’zi turlarida
zigomorf. Gul qismlari spiral, spirotsiklik yoki siklik (halqa) joylashgan,
gulqo’rg’oni murakkab, oddiy yoki ba’zan butunlay yo’q. Changchilari
ko’p, ba’zan 6 yoki 3 (l) ta, changchi ipi va changdoni differensiallashgan.
Ginetsey apokarp. Mevalari – bargak, yong’oqcha, rezavor yoki danakli.
Morfologik tuzilishiga ko’ra qabila 8 oilaga bo’linadi. Ayiqtovonnamolar
qabilasining
markaziy, turlarga boy va muhim oilalaridan biri
Ayiqtovondoshlardir.
Pufanak - Anemone turkumining gullari yirik, aktinomorf, bittadan yoki
yarimsoyabon to’pgulda o’rnashgan. Gulqo’rg’oni oddiy, gultojsimon, 5-6
bargchali, turlari silindrsimon yoki tuganaksimon ildizpoyali,
poyasi
bargsiz. Gulining ostida 3-4 bargchali, halqa bo’lib joylashgan
„qoplag’ich barglari’’ bor. O’zbekistonda 6 turi tarqalgan.
Shulardan
cho’ziq pufanak (
A. protracta), bandchali pufanak, qarg’atuyoq (
A.
petiolulosa), Chernyaev pufanagi (
A. tschernjaevii) kabi turlari adir, tog’,
yaylovlarda o’sadi. Bargchasi erta bahorgi chiroyli manzarali o’tlar.
Tog’ning qoya toshli va shag’al-toshli yonbag’irlarida
pufanakka ancha
o’xshash qo’ng’iroqsimon qoraburma (
Pulsatilla campanella) uchraydi, u
pufanaklardan qoplag’ich bargining 3 ta va asosi bilan tutashganligi,
yopirma barglari 2 marta murakkab patsimon qirqilganligi,
gulining
siyohrang-ko’k bo’lishi bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: