Guruh talabasi G`ofurjonov Sarvarbek
Download 197.44 Kb.
|
9 10 laboratoriya ishlar elektr — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10 – laboratoriya ishi
v) past va yuqori chastotalarda chastotaviy xususiyatlari korreksiyalangan kuchaytirgich uchun L, R1, R2, C1, C6, C7, R6 lar ishlagan holda.
Kuchaytirgichning kirishiga tashqi generatordan kirishga berilishi mumkin bo‘lgan sinusoidal kuchlanish amplitudasining maksimal qiymati (UKIR.MAX) ning yarmidan katta bo‘lmagan sinusoidal kuchlanish bering. ACHX larni o‘lchashda o‘lchovlarni (1,2,5) EM (kGs) (n=-2,-1, 0,1,2,3…) chastotalarda o‘lchash tavsiya etiladi.
Impulsli signallarni chastotaviy o‘zgarish oralig‘i keng kuchaytirgichdan o‘tishini o‘rganing. Buning uchun kuchaytirgichning xar xil variantlari (3a, 3b, 3v bandlar) kirishiga to‘g‘ri burchakli impuls beruvchi generatordan amplitudasi 0,5 UKIR.MAX , davomiyligi 10 mks, chastotasi 10 kGs bo‘lgan signal kiritib ossillograf ekranida tashqi sinxronizatsiya rejimida chiqish signalini kuzatish va kuchaytirgichning xar bir varianti uchun chiqish signali parametrlari front davomiyligi tf, uzilish davomiyligi tC, impuls uchining nisbiy tushishini baholang. Kuchaytirgichning chiqishida kuzatilgan signallarni bitta chizmaga chizing. Olingan natijalarni kuchaytirgichni chastotaviy o‘tkazish oralig‘i pastki fP va yuqori fYU chegaraviy qiymatlarini topish uchun foydalaning. Kuchaytirgich kirituvchi to‘g‘ri burchakli impuls buzilishlari va kuchaytirgich detallari parametrlari orasidagi bog‘liqlikni aniqlang.
Hisobot mazmuni: ishning nomi. ishni bajarishdan ko‘zlangan maqsad. laboratoriya ishi bajariladigan maketning prinsipial sxemasi. bajarilgan ishning xar bir bosqichi uchun – bosqich nomi va natijalar (jadvali, grafiklari va ossillogrammasi). olingan natijalar bo‘yicha xulosa. 10 – laboratoriya ishiMavzu: BTda yasalgan barqaror tok generatorini parametrlarini tadqiq etish. Ishning maqsadi: BTda yasalgan barqaror tok generatorini parametrlarini tadqiq etish, statik rejimlarni va o‘tish jarayonlarini tajriba yo‘li bilan o‘rganish. Tarnzistorli kalit sxemasi ikkita turg‘un statik xolatga ega bo‘lishi shart, bularda tranzistor to‘yinish rejimida (ochiq xolatda) yoki berk rejimda (yopiq xolatda) bo‘ladi. Kremniyli tranzistor kalit sxemalarida tranzistorning yopiq xolatiga aktiv rejimning boshlang‘ich sohasi mos keladi. Bir turg‘un holatdan boshqasiga o‘tishda tranzistor aktiv yoki invers rejimlarda ishlaydi. Tranzistorli kalit statik xolatlarning parametrlari qo‘yidagilardan iborat: ty– ulanish vaqti tf– ulanishda old front davomiyligi, o‘chirilishda (uzilishda) esa tso‘r Uto‘y–to‘yinish kuchlanishi Ik0b– teskari tok. Tranzistorning berk rejimi chiqish kuchlanishi qiymati (Uto‘y=-Ek+Ik0b R) ning yuqoriligi bilan xarakterlanadi. To‘yininsh rejimida kollektor toki Ikto‘y =( Ek– Uto‘y) / Rk chiqish kuchlanishi esa Uchiq=Uto‘y. Tranzistorli kalitning ulanishda o‘tish jarayonining parametrlari: ty– ulanish vaqti tf– ulanishda old front davomiyligi, tso‘r– bazada to‘plangan zaryadning so‘rilish vaqti, tkes– orqa front kesimining davomiyligi. Tranzistorli kalitda o‘tish jarayonlarining vaqt diagrammalari 5.1-rasmda keltirilgan. Zaryadlarni so‘rilish jarayoni tranzistorga berkituvchi kirish kuchlanish Eb berilgan vaqtdan boshlab bazada to‘plangan zaryadlar uni to‘yinish holatidan aktiv rejimga o‘tkazadigan chegaraviy Qcheg–Ibm qiymatga erishguncha bo‘lgan vaqt bilan xarakterlanadi. Agar tranzistorning kollektor o‘tishi emitter o‘tishidan avvalroq (Tk Tranzistorning o‘chirilishidagi (uzilishidagi) o‘tish jarayoni chiqish kuchlanishi kesimi (orqa front) bilan tugallanadi. Ushbu jarayon davomiyligida bazada to‘plangan noasosiy zaryad so‘ruvchilar to‘liq so‘rilganda (QYU=0) orqa front xosil bo‘lishi tugaydi deb baholash mumkin. Real sxemalarda chiqish kuchlanishi kesimining katta qismi tranzistorning berk rejimida hosil bo‘ladi. Tranzistorli katitning baza zanjiridagi kondensatorni jadallashtiruvchi kondensator deb ataladi. U baza toklarinig qisqa vaqt davomida yuqori qiymatga ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Tranzistorli kalit tezligini shuningdek, kollektor va baza orasiga ularning potensiallarini bir-biriga nisbatan belgilovchi va tranzistorni chuqur to‘yinishda saqlovchi diod ulash bilan oshirish mumkin. Bunday tranzistorli kalitlar to‘yinmagan deb ataladi. Tranzistor ochilganda kollektor-baza potensiallar farqi diodni etarli bo‘lgunga qadar diod yopiq holda bo‘ladi. Diod ochilishi bilan Rx orqali oqayotgan tok ortirmasi diod orqali baza zanjiriga o‘tadi va signal manbai orqali tutashadi. Bu baza tokini kamaytiradi. Bazada to‘plangan zaryad miqdori anchagina kamayadi, natijada zaryadning so‘rilish vaqti ko‘pgina axamiyatli darajada qisqaradi. Download 197.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling