Guruh talabasi karimovNuralining Ma’lumotlar bazasi fanidan mustaqil ishi
Download 39.54 Kb.
|
1 2
Bog'liqKarimov Nurali Ma\'lumotlar bazasi mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ishi Mavzu: Relyatsion ma’lumot modeli. Ma’lumotlar bazasida munosabatlar.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI KOMPYUTER INJINERINGI FAKULTETI 961-20 GURUH TALABASI KarimovNuralining Ma’lumotlar bazasi FANIDAN Mustaqil ishi Mavzu: Relyatsion ma’lumot modeli. Ma’lumotlar bazasida munosabatlar. Bajardi: Kompyuter injineringi fakulteti 961-20 guruh talabasi N.Karimov Reja: 1. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari 2. RELYATSION MA’LUMOTLAR BAZASI 3. Ma'lumotlar bazasi munosabatlari turlari 1 Zamonaviy axborot tizimlari asosini ma‘lumotlar bazasi tashkil etadi. Ma‘lumotlar bazasi dеb kompyutеr xotirasida saqlanuvchi ma‘lum sohaga tеgishli faktografik ma‘lumotlar majmuasiga aytiladi. Faktografik ma‘lumotlar ma‘lum turdagi foydalanuvchilar uchun kеrak bo‘lgan rеal prеdmеtlar, hodisalar va jarayonlar xossalarini aks ettiruvchi ma‘lumotlardir. Prеdmеt sohasi bu boshqarishni avtomatlashtirish lozim bo‘lgan sohadir. Ma‘lumotlar bazasida konkrеt prеdmеt sohasiga tеgishli dinamik ravishda yangilanuvchi ma‘lumotlar tizimi saqlanadi. Ma‘lumotlar bazasida ma‘lumotlar bilan birga ularning tavsiflari saqlanadi. Foydalanuvchi dasturlariga bog‘liq bo‘lmagan bu ma‘lumotlar mеtama‘lumotlar dеyiladi. Mеtama‘lumotlar ma‘lumotlar bazalari lug‘atlarida saqlanadi. Ma‘lumotlar banki dеganda ma‘lumotlar intеgrallashgan majmuasini qo‘llash uchun mo‘ljallangan algoritmik, dasturiy, tеxnik va tashkiliy vositalarga aytiladi. Axborot tеxnologiyasi — axborot tizimlarni yaratish va yuritish usullari hamda vositalari majmuasi; Axborot tizimi — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, o’nga ishlov bеrish hamda undan foydalanish imkonini bеruvchi tizim. Har qanday axborot tizimi strukturasi, qo‘llanish sohasidan qatiy nazar, bir nеchta qismlardan iborat bo‘ladi. Ta‘minlovchi qismlar olti xil bo‘ladi: tеxnik, matеmatik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy ta‘minotlar. Ta‘riflar: Mohiyat - prеdmеtlar, hodisalar, jarayonlar umumiy xossalari asosida birlashtiruvchi tushuncha. Mohiyat nusxasi – umumiy mohiyatga ega konkrеt prеdmеtlar, hodisalar, jarayonlar. Mohiyatlar to‘plami – bir xil xossalarga ega mohiyatlar to‘plami. Atribut – mohiyat xossasi. Domеn- atribut aniqlanish sohasi. 8 Tobе mohiyat – agar bir mohiyat mavjudligi ikkinchi mohiyat mavjudligiga bog‘liq bo‘lsa tobе mohiyat dеyiladi. Birlamchi kalit – mohiyat nusxasi unikalligini ta‘minlovchi atribut yoki atributlar ro‘yxati. Tashqi kalit – bog‘langan mohiyat birlamchi kaliti. Bog‘lanish - bir nеchta mohiyatlar orasidagi assotsiatsiya. Bog‘lanishda mohiyat roli – aloqada mohiyat bajaradigan funksiya. Bog‘lanishlar to‘plami – har bir biror mohiyatlar to‘plamiga tеgishli n (n>1) mohiyatlar orasida aloqa. Bog‘lanish darajasi - boshqa mohiyat bilan aloqalar to‘plami orqali assotsiatsiya qilinuvchi mohiyatlar soni. Bog‘lanish tеgishlilik sinfi yoki kardinalligi. Mohiyatlar orasida quyidagi munosabatlar aniqlangan: Birga – bir (1:1) munosabat. Ikki mohiyat orasida birga bir bog‘lanish mavjud dеyiladi agar birinchi mohiyatning har bir nusxasiga ikkinchi mohiyatning bitta nusxasi mos kеlishi mumkin bo‘lsa, va aksincha. Birga – ko‘p (1:n) munosabat. Ikki mohiyat orasida birga ko‘p bog‘lanish mavjud dеyiladi. Agar birinchi mohiyatning har bir nusxasiga ikkinchi mohiyatning bir nеchta nusxasi mos kеlishi mumkin bo‘lsa, va ikkinchi mohiyatning har bir nusxasiga birinchi mohiyatning bittadan ko‘p bo‘lmagan nusxasi mos kеlishi mumkin bo‘lsa. Ko‘pga – bir (n:1) munosabat. Ikki mohiyat orasida ko‘pga bir bog‘lanish mavjud dеyiladi agar birinchi mohiyatning bir nеchta nusxasiga ikkinchi mohiyatning ko‘pi bilan bitta nusxasi mos kеlishi mumkin bo‘lsa va ikkinchi mohiyatning har bir nusxasiga birinchi mohiyatning bir nеchta nusxasi mos kеlishi mumkin bo‘lsa. Ko‘pga – ko‘p (m:n) munosabat. Ikki mohiyat orasida ko‘pga ko‘p bog‘lanish mavjud dеyiladi, agar birinchi mohiyatning har bir nusxasiga ikkinchi mohiyatning bir nеchta nusxasi mos kеlishi mumkin bo‘lsa va aksincha. Ma‘lumotlar bazasi. Hozirgi kunda inson faoliyatida ma‘lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma‘lumotlarni olish uchun albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma‘lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma‘lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma‘lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugo’ngi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma‘lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ma‘lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgo’nga qadar, ma‘lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma‘lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala ucho’ngina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma‘lumotlar qaytadan tashkil qilinar va 13 bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit obyektlari haqidagi ma‘lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma‘noda ma‘lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq obyektlari haqidagi ma‘lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma‘lum bir qismi tushuniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar. Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: Birinchidan, ma‘lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan programmalarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya‘ni MBga yangi ma‘lumotlarni kiritganda yoki ma‘lumotlar turini o‘zgartirganda, programmalarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim. Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma‘lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin. Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma‘lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma‘lumot so‘zidan farqlaymiz, ya‘ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma‘lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz. Ma‘lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma‘lumotlar tizimlashtirilgan holda bajarish mumkin. Tizimli almashtirish – bu ma‘lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma‘lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tizilmalashtirilmagan deyiladi. Tizilmalashtirilmagan ma‘lumotlarga misol sifatida matn fayliga yozilgan ma‘lumotlarni ko‘rsatish mumkin. Ma‘lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo‘lishi mumkin. Ma‘lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma‘lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta‘minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya‘ni ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi. Ma‘lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma‘lum bir strukturaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma‘lumotlar 14 majmuasi bo‘lib, u biror bir obyektning xususiyatini, holatini yoki obyektlar o‘rtasidagi munosabatni ma‘lum ma‘noda ifodalaydi. MB foydalanuvchiga strukturalashtirilgan ma‘lumotlarni saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi. Ma‘lumki ma‘lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni katta hajmdagi ish bo‘lib ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi ma‘lumotlarning aniq bir strukturagi ega bo‘lishi, birinchidan foydalanuvchiga ma‘lumotlarni kiritish va qayta ishlash jarayonida undagi ma‘lumotlarni tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma‘lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni tug‘diradi. MB tushunchasi fanga kirib kelgo’nga qadar, ma‘lumotlardan turli ko‘rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugo’ngi kunda turli ko‘rinishdagi ma‘lumotlardan zamonaviy kompyuterlarda birgalikda foydalanish va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi. Kompyuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo‘lgan muayyan tuzilmali fayl bo‘lib, undagi ma‘lumotlar o‘zaro bog‘langan va tartiblangandir. Demak, ma‘lumotlar bazasi deganda ma‘lum bir strukturada saqlanadigan ma‘lumotlar to‘plami tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda MB - bu ma‘lum berilgan aniq bir strukturaga ega bo‘lgan ma‘lumotlarni o‘z ichiga oluvchi maxsus formatga ega bo‘lgan fayldir. Ma‘lumotlarni strukturalashtirish - bu shunchaki ma‘lumotlarni tasvirlashda qandaydir moslikni kiritish usulidir. Odatda MB ma‘lum bir obyekt sohasini ifodalaydi va uning ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi, ularni saqlaydi va foydalanuvchiga ma‘lumotlarni qayta ishlashda undan foydalanish imkonini yaratib beradi. Ma‘lumotlar bazasi – bu ma‘lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan) ma‘lumotlarning nomlangan to‘plamidir. Ma‘lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ma‘lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini yengillashtirish maqsadida ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma‘lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi. 2.Ma’lumotlarning rålyatsion modåli konsåpsiyasi 1970-yilda Å. F. Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma’lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta’minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi. Ma’lumotlarning rålyatsion modåli asosida “munosabat” tushunchasi yotib, u inglizcha “relation” so‘zidan olingan. Ba’zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir. Råal dunyo obyåktlari haqidagi ma’lumotlarni kompyuter xotirasida saqlash va ular orasidagi aloqalarni modållashtirish uchun munosabatlar (jadval) to‘plamidan foydalanish mumkinligini Å. F. Kodd isbotlab bårdi. 2.3.1. Mohiyatlar klassifikatsiyasi Mohiyatlarning uchta asosiy turi aniqlangan: ü sterjenli; ü assotsiativ; ü tavsifiy. Shuningdek, assotsiativ mohiyatning qism sinfi bo‘lgan — belgilash ham mavjud. Sterjenli mohiyat (Sterjen) — bu mustaqil mohiyat (to‘liq ta’rifi quyida ko‘rsatilgan). www.ziyouz.com kutubxonasi 22 Assotsiativ mohiyat (Assotsiatsiya) – bu “ko‘pga-ko‘p” (“birga-ko‘p” va hokazo) ko‘rinishidagi bog‘lanishlar, ya’ni ikki yoki undan ortiq mohiyatlar yoki mohiyatlar nusxasi orasidagi bog‘lanishlardir. Assotsiatsiyalar to‘laqonli mohiyatlar sifatida ko‘rib chiqiladi: ü ular boshqa assotsiatsiyalarda ham qatnashishi mumkin va sterjenli mohiyat kabi belgilanishlarda ham qatnasha oladi; ü ular o‘z xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin, ya’ni ular nafaqat aloqani ko‘rsatishda kerak bo‘ladigan kalit atributlariga ega bo‘lib qolmasdan, balki aloqani tavsiflovchi istalgancha boshqa atributlar soniga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, “Nikoh” quyidagi kalit atributlarni o‘z ichiga oladi: “Kod_E”, “Kod_A” va “Erkak tabel raqami”, “Ayol tabel raqami”, shuningdek aniqlovchi atributlar — “Guvohlik raqami”, “Qaydnoma muddati”, “Qaydnoma manzili”, “Nikoh uyi kitobidagi qaydnoma raqami” va hokazo. Tavsifiy mohiyat (Xarakteristika) bu ikki mohiyat orasidagi “ko‘pga-bir” yoki “birga-bir” bog‘lanish turi (Assosatsiyaning xususiy holi). Tavsifnomaning yagona maqsadi ba’zi boshqa mohiyatni tasvirlash yoki aniqlashdan iborat. Ularga zarurat tug‘ilishining sababi haqiqiy dunyodagi mohiyat ba’zan ko‘p ma’noli xususiyatga ega. Erkak bir necha ayolga, kitob bir necha qayta tahrir tavsifiga (to‘g‘rilangan, to‘ldirilgan, qayta ishlangan) ega bo‘lishi mumkin va hokazo. Tavsifnoma mohiyati butunlay tavsiflanayotgan mohiyatga bog‘liqdir: agar eri olamdan o‘tsa ayollar xotinlik mavqeyini yo‘qotadi. Tavsifnomani yozish uchun IMT umumiy hollarda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan yangi gapdan foydalanadi: Tavsifnoma (atribut 1, atribut 2,...) {Tavsiflanayotgan mohiyatlar ro‘yxati}. ER-diagramma tilida tavsifnoma trapetsiya shaklida ko‘rsatiladi: Tavsifnoma Belgilab olinadigan mohiyat yoki belgilash — bu ikki mohiyat orasidagi “ko‘pga-bir” yoki “birga-bir” bog‘lanish turidir va u tavsifnomadan belgilangan mohiyatga bog‘lik emasliligi bilan farq qiladi. www.ziyouz.com kutubxonasi 23 Xodimlarni turli tashkilotlar bo‘limiga qabul qilish bilan bo‘g‘liq misolni ko‘rib chiqamiz. Agar qat’iy qoidalar bo‘lmaganda xodim bir vaqtda bir nechta bo‘limda qayd qilinishi yoki hech qaysi bo‘limda qayd qilinmasligi mumkin edi. Hisobga olish: Bo‘limlar (bo‘lim raqami, bo‘lim nomi,...) Xizmatchilar (tabel raqami, familiyasi,...... ) Qaydnoma [Bo‘limlarM, ÕizmatchilarN] (bo‘lim raqami, bo‘lim nomi, tabel raqami, qaydnoma muddati). Shunga qaramasdan, agar har bir xodim biror bir bo‘limga kiritilishi shart bo‘lsa, ta’rifni xodimlar belgisi bilan yaratish mumkin: Bo‘limlar (bo‘lim raqami, bo‘lim nomi,... ); Xizmatchilar (tabel raqami, familiyasi, bo‘lim raqami, qaydnoma muddati) [bo‘limlar]. Ushbu misolda xodimlar mustaqil mavjuddir (agar bo‘lim yo‘q qilinsa, bu shu bo‘limdagi xodimlar ham yo‘qotilishi kerak degani emas). Shuning uchun ular bo‘lim tavsifnomalari bo‘lishi va belgilash deb atalishi mumkin emas. Belgilar takrorlanuvchi qiymatli, katta hajmdagi matnli atributlarni saqlash uchun foydalaniladi: talabalar o‘rganayotgan fanlar, “kodifikatorlar”, tashkilotlar nomi va ularning bo‘limlari, mahsulotlar ro‘yxati va hokazo. Ko‘rinishidan belgilash ta’rifi tavsif ta’rifidan faqat qavslari bilan farq qiladi, belgilangan mohiyatlar katta qavsda emas, balki kvadrat qavslarda yoziladi: BELGILASH(atribut1,atribut2,...) [BELGILANGAN MOHIYATLAR RO‘YXATI]. ER-diagrammalar tilida belgilash paralellopiped bilan ko‘rsatiladi: Belgilashlar Belgilashlar va tavsifnomalar butunlay mustaqil mohiatlar emas, chunki ular “belgilanadigan” va “tavsiflanadigan” boshqa mohiyat borligini taxmin qiladi. Shunga qaramasdan ular baribir mohiyatlar xususiy holatini ko‘rsatadi va albatta xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Ular assotsiatsiyalar va belgilarda qatnashishi mumkin hamda o‘zlarining (ancha past darajadagi) www.ziyouz.com kutubxonasi 24 xususiy tavsifnomalariga ega bo‘lishi mumkin. Tavsifnomalarning barcha nusxalari tavsiflanayotgan mohiyatning birorbir nusxasi bilan albatta bog‘lanishi kerak. Endi sterjenli mohiyatni na assotsiatsiya, na belgi, na tavsifnoma bo‘lmagan mohiyat sifatida qayta ko‘rib chiqamiz. Bunday mohiyatlar boshqa mohiyatlarni bildirsa ham, ular mustaqil ravishda mavjud. 3.Ma'lumotlar bazasi munosabatlari barcha tegishli ma'lumotlar bazalarining asosiy qismi hisoblanadiAgar jadvalda boshqa jadvalning asosiy kalitiga ishora qiluvchi tashqi kalit bo'lsa, ikki ma'lumotlar bazasi jadvallari orasidagi munosabat o'rnatiladi. Bu atamalar bazasini tashkil etuvchi asosiy tushunchadir. Tashqi munosabatlarning qanday aloqasi bor? Asosiy va chet el kalitlarining asoslarini ko'rib chiqaylik. Asosiy kalit , jadvaldagi har bir yozuvni aniqlaydi. Odatda, jadvaldagi birinchi ustun bo'lgan va u noyob bo'lishi uchun ma'lumotlar bazasi tomonidan avtomatik tarzda yaratilishi mumkin bo'lgan nomzod kalitining turi.Chet el kaliti boshqa yozuvlardagi ma'lumotlarga ulanish uchun ishlatiladigan boshqa nomzod kalit (asosiy kalit emas).Ko'pchilikka ko'p : birdan ko'pgacha munosabatlar bir stolda boshqa jadvalda bir nechta qaydlar bilan bog'liq bo'lishi uchun bitta qaydni beradi.Iste'molchilar va Buyurtma jadvallari bo'lgan ma'lumotlar bazasi bilan biznesni ko'rib chiqing. Bitta buyurtmachi bir nechta buyurtma olishlari mumkin, ammo bitta buyurtma bir nechta mijozga bog'lana olmaydi. Shuning uchun Xaridorlar jadvali Xaridorlar jadvalining asosiy kalitiga mos keladigan xorijiy kalitni o'z ichiga oladi, mijozlar jadvali Buyurtma jadvaliga ishora qiluvchi chet el kalitiga ega bo'lmaydi. Ko'pchilikka ko'p : Bu murakkab munosabatlardir, unda jadvaldagi ko'plab yozuvlar boshqa jadvalda ko'plab qaydlarni bog'lashi mumkin. Misol uchun, bizning biznesimiz mijozlar va buyurtma jadvallarini emas, balki, shuningdek, Mahsulotlar jadvaliga ham muhtoj. Shunga qaramay, mijozlar va Buyurtma stoli o'rtasidagi munosabatlar juda ko'p, lekin Buyurtma va Mahsulotlar jadvali o'rtasidagi munosabatni ko'rib chiqing. Buyurtmada bir nechta mahsulotlar bo'lishi mumkin va mahsulot bir nechta buyurtma bilan bog'lanishi mumkin: bir nechta mijozlar bir xil mahsulotni o'z ichiga olgan buyurtma berishlari mumkin. Ushbu turdagi munosabatlar kamida uchta jadvalda talab qilinadi. Ma'lumotlar bazasi munosabatlari muhimmi? Ma'lumotlar bazalari jadvallari orasidagi izchil aloqalarni o'rnatish ma'lumotlarning yaxlitligini ta'minlashga, ma'lumotlar bazasini normallashtirishga yordam beradi. Misol uchun, agar bironta jadvalni xorijiy kalit orqali bog'lamagan bo'lsak va buning o'rniga faqat Kurslar va O'qituvchilar jadvalidagi ma'lumotlarni birlashtirsak nima bo'ladi: birinchi tamoyilini buzadi. Birinchi Oddiy form (1NF), har bir jadval xujayrasi bitta, alohida ma'lumotlardan iborat bo'lishi kerakligini bildiradi. Yoki, ehtimol, biz 1NFni qo'llash uchun faqat Karmen uchun ikkinchi rekord qo'yishga qaror qildik: Bu hali ham zaif dizayn bo'lib, ortiqcha takrorlashni keltirib chiqaradi va bu ma'lumotlarning kiritilishi anomaliyalari deb ataladi, bu faqat barqaror bo'lmagan ma'lumotlarga hissa qo'shishi mumkin degan ma'noni anglatadi. Misol uchun, agar o'qituvchining bir nechta yozuvlari mavjud bo'lsa, ba'zi ma'lumotlarni tahrir qilish kerak bo'lsa, lekin ma'lumotlarni tahrirlashni amalga oshiruvchi shaxs bir nechta yozuvlar mavjudligini anglamaydi? Jadval, keyinchalik uni identifikatsiya qilish yoki uni bartaraf etishning aniq usuli bo'lmagan bir xil shaxs uchun turli xil ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Ushbu jadvalni ikkita jadvalga, O'qituvchilar va kurslarga (yuqorida ko'rilganidek) aylantirib, ma'lumotlar orasidagi to'g'ri munosabatlarni hosil qiladi va shuning uchun ma'lumotlar ishonchliligi va aniqligini ta'minlashga yordam beradi. Ma’lumotlarni tashkil qilishga bo’lgan tarmoqli yondashish iyerarxik kengaytmali bo'ladi. Iyerarxik strukturali yozuv — avlod bitta ajdodda aniq bo’lishi kerak. Ma’lumotlarning tarmoqli strukturasida esa avlodlar ajdodlarda istalgan sonda bo’lishi mumkin. Tarmoqli MBda yozuvlar va ular orasidagi bog‘lanishlar tashkil topgan, ya’ni yanada aniqrog‘i MB strukturasining har bir tipidagi nusxalar to‘plamidagi yozuvlar turi to‘plami va berilgan aloqa turlari to‘plamidagi har bir turdagi nusxalar to‘plamini tashkil qiladi. Bog‘lanishlar ikki xil turdagi yozuvlar uchun aniqlanadi: ajdod va avlod. Aloqa turi nusxasi ajdod yozuv turining bitta nusxasi va avlod yozuv turi tartiblangan nusxalar to‘plamidan tashkil topadi. P ajdod yozuv turi va C avlod yozuv turi bilan berilgan L bog‘lanish turi uchun quyidagi ikki shart bajarilishi kerak: • P turning har bir nusxasi faqat bitta ko‘rinishdagi L ning ajdodi hisoblanadi; • Har bir C ko‘rinishdagi nusxa bittadan ortiq bo‘lmagan L ko‘rinishning avlodi hisoblanadi. MB tarmoqli sxemasiga oddiy misol: Ma’lumotlar bilan ish yuritish Taxminiy amallar to‘plami quyidagilar bo’lishi mumkin: • bir xil turdagi yozuvlarga ega to‘plamda aniq yozuvni topish; • ayrim bog‘lanishlar yordamida ajdoddan birinchi avlodga o‘tish; • ayrim bog‘lanishlar yordamida keyingi avlodga o‘tish; • ayrim bog‘lanishlar bo‘yicha avloddan ajdodga o‘tish; • yangi yozuv yaratish; • yozuvni o‘chirish; • yozuvni modifikatsiyalash; • bog‘lanishni tashkil etish; • bog‘lanishni olib tashlash; • boshqa bog‘lanishni tashkil qilish va boshqalar. 5. Mohiyat aloqa diagrammasi. Hozirgi kunda axborot tizimlarini loyihalash va predmet sohasini tavsiflash uchun ko‘p usullar mavjud. Shulardan biri ER (Entity-Relation) ya’ni mohiyat-aloqa usulidir. Bu model 1976-yil Piter Chen tomonidan kiritilgan bo‘lib, u o‘ziga bir qator grafik diagrammalarni oluvchi bir necha har xil turdagi komponentlarni birlashtirgan. Piter Chen mohiyatlar to‘plami va ular orasida bog‘lanish sifatida relyatsion ma’lumotlar strukturasini interpretatsiya qilishni taklif qiladi. ER modelining asosiy komponentlari mohiyat, bog‘lanish va atribut hisoblanadi. Predmet sohani mohiyat aloqa usulida tavsiflaganda quyidagi bosqichlarda ish olib boriladi: 1. Predmet sohani obyektlari aniqlanadi. 2. Obyekt sohalari (atributlari) belgilanadi va uning kalit parametri aniqlanadi. Kalit parametri obyektni identifikatsiyalaydi. 3. Obyektlar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi va ular sinflarga ajratiladi. 4. Maxsus belgilar kiritilib, mohiyat aloqa diagrammasi o‘rnatiladi. Bu diagramma Predmet sohasining infologik modeli grafik tasviri hisoblanadi. 6. Relyatsion modelining asosiy tushunchalari. Mohiyat — har xil obyekt, uning ma’lumotlari ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Mohiyat odam, joy, samolyot, reyslar, gullar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Mohiyat turi va mohiyat nusxasi tushunchalari mavjud, ularni bir-biridan farqlash kerak. Mohiyat turi tushunchasi bir jinsli narsalar, hodisalar, shaxslar uchun qaraladi. Mohiyat nusxasiga aniq narsalar to‘plami sifatida qaraladi. Masalan, mohiyat turi SHAHAR, uning nusxasi esa — TOSHKENT, MOSKVA bo’lishi mumkin. Atribut — mohiyatni xarakterlovchi nomlar. U o‘zida yagona murakkab bo’lmagan strukturani tasvirlab, mohiyat holatini xarakterlaydi. Masalan, “O‘quvchi” mohiyati atributi — kod, familiya, ism, manzil, yosh va boshqalar. Mohiyat atributlari to‘plami cheksizdir. U axborot tizimlari bilan ishlaydigan foydalanuvchi talabiga va yechiladigan masalaga bog‘liqdir. Yana bir misol: AVTOMOBIL mohiyati atributi bu — tur, marka, nomer belgisi, rangi va boshqalar. Bu yerda tur bilan nusxa orasida farq mavjud. Rang atributi turi ko’p qiymatli yoki nusxali: qizil, ko’k, oq va boshqalar. Mohiyat va atribut turlari orasida absolyut farq yo‘q. Mohiyat turi bilan aloqada faqat atribut bor. Boshqacha kontekstda atribut o‘zi mustaqil mohiyat bo’lib qatnashishi ham mumkin. Masalan, avtomobil zavodi uchun rang — bu faqat ishlab chiqarish mahsuloti atributi, lok-bo‘yoq fabrikasi uchun esa rang — mohiyat turidir. Kalit — atributlarning minimal to‘plami, uning qiymati yordamida kerakli mohiyat nusxasini topish mumkin. Masalan, samolyotlar uchishi uchun “Reys jadvali” mohiyati kalitlari “Reys nomeri” yoki “Jo’nash joyi”, “Uchish vaqti” va “Qo’nish joyi” to‘plami bo’lishi mumkin. Aloqa — ikki yoki undan ortiq mohiyatlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishidir. Agar ma’lumotlar bazasini faqat bir-biri bilan bog‘lanmagan ma’lumotlar bilan to‘ldirishga yo‘naltirilsa, u holda uning strukturasi juda oddiy bo’ladi. Lekin, MBni tuzishning asosiy talablaridan biri — bu boshqa mohiyat qiymati bo’yicha bitta mohiyatni izlab topish imkoniyatini ta’minlashdir. Buning uchun ular orasida aloqani aniqlashni tashkil etish zarur. Real ma’lumotlar bazasida yuzlab yoki minglab mohiyatlar bir biri bilan millionlab bog‘lanish o‘rnatishi kamdan kam. Bunday bog‘lanishlar to‘plami infologik modelning murakkabligini bildiradi. 7. Ma’lumotlarni tasvirlashda jadvallardan foydalanish. Ma’lumotlarni relyatsion modeli asosida munosabat tushunchasi yotadi. Munosabatni ikki o‘lchamli jadvallar yordamida tavsiflash qulay. Jadval tushunarli, ko’rimli va inson uchun oddiy. Munosabatlar to‘plami ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga ular orasidagi bog‘lanishlarni modellashtirish imkonini beradi. Misol: ikki o’lchamli jadvalni ko’ramiz. Quyidagi jadvalda: Birinchi satr - atribut nomlari; Ikkinchi satr - atributlarni qisqa nomlari; Qolgan satrlar - atribut qiymatlari; Yuqoridagi ko’rib chiqilgan ierarxik tarmoqli va boshqa ma’lumotlarni tasvirlash usullarini shunday ikki o`lchamli jadvalga keltirish mumkin. Bunday jadvallarni quyidagi xususiyatlari bo’ladi. • jadvalni har bir ma’lumot elementi maydon hisoblanadi va takrorlanuvchi guruhlar bo`lmaydi; • barcha ustunlar bir jinslidir; • har bir ustunga nom tayinlangan; • jadvalda bir xil satr ikki marta uchramaydi; • bunday jadvalda satr va ustunlar ixtiyoriy tartibda qaraladi va ixtiyoriy ketma-ketlikda ishlatilishi mumkin. Bunday xususiyatlarga jadvalli munosabat deyiladi. Bu munosabat asosida qurilgan MB relyatsion MB deyiladi. Yuqoridagi jadvalni sxematik qisqartirilgan ko’rinishi (sxemasi): Xizmatchi (xiz.nom F.I.SH, unvoni, tugilgan yili, bulim, mut.kodi. mansab, maosh). Bunday yozuv ma’lumotlar bazasi sxemasi deyiladi. Shunday qilib, relyatsion MB ma’lumot elementlar to`plami asosida quriladi. Munosabat yoki jadvalni kortejlar to`plami deb qarash mumkin. Agar jadvalda n ta ustun bo’lsa, u n tartibli kortejdan iborat deyiladi va munosabat ham n-darajali deyiladi. Har bir atribut qiymatlari to’plami domen deyiladi. Munosabatda har bir kortej o’zining kalit identifikatoriga (nomiga) ega bo’lishi kerak va kalit quyidagi xususiyatlarga ega bo`ladi: Kortej kalit qiymati bilan bir qiymatli ifodalanishi kerak. 2. Kalitda ortiqchalik bo’lmasligi kerak, ya’ni hech qanday atributni kalitdan olib tashlash mumkin emas. 8. Ma’lumotlar bazasida munosabatlar. Ob’ektlarni identifikatsiyalash uchun yoki boshqacha aytganda kompyuter xotirasida yozuvlarning o‘rnini aniqlashda ma’lumot elementi ishlatiladi. Bu elementni biz kalit deb ataymiz. Agar kalit ob’ektni bir qiymatli identifikatsiyalasa, u birlamchi kalit deyiladi. Aks holda ikkilamchi kalit deyiladi. Agar ob’ektlarni identifikatsiyalash uchun bir nechta atributlar talab etilsa, bunday kali tulangan kalit deb ataladi. Agar A va B guruhdagi ob’ektlar berilgan bo‘lsa, ular orasidagi quyidagi mosliklar yoki munosabatlarni o‘rnatishimiz mumkin: 1. Birga – bir (1:1) munosabat. A va B ob’ektlar to‘plami orasida 1:1 munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nusxasiga B ob’ektning bitta nusxasi mos kelsa, va aksincha, B ob’ektning har bir nusxasiga A ob’ektning bitta nusxasi mos kelsa. 2. Birga – ko‘p (1:n) munosabat. A va B ob’ektlar to‘plamida A ob’ektning har bir nusxasiga B ob’ektning bir nechta nusxasi mos kelsa, shu bilan birga B ob’ektning har bir nusxasiga A ob’ektning bittadan ko‘p bo‘lmagan nusxasi mos kelsa shunday munosabat hosil bo‘ladi. 3. Ko‘pga – bir (n:1) munosabat A va B ob’ektlar to‘plami orasida o‘rnatilsa, unda A ob’ektning har bir nusxasiga B ob’ektning ko‘pi bilan bitta nushasi mos keladi. B ob’ektning nusxalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob’ektning bir nechta nusxasi mos keladi. 4. Ko’pga – ko’p (m:n) munosabat. A va B ob’ektlar orasida shunday munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nusxasiga B ob’ektni bir nechta nusxasi mos kelsa va aksincha. 9. Relyatsion hisoblash tillari. Relyatsion MBBTda ma’lumotlar bilan ishlash uchun bir qancha tillar yaratilgan. Ba’zi hollarda bu tillarni ma’lumotlarni qism tillari deb ataladi. MB bilan ishlovchilar bu tillarda avtomatlashtirishni 3 bosqichga bo’lishadi: 1) Eng pastki bosqich – kortej deb ataladi. Bunda dasturchi yozuvlar yoki kartijlar bilan ishlaydi. 2) Relyatsion algebra deyiladi. Bunda foydalanuvchi munosabatlar ustida yuqori bosqichli amallar to‘plamini kiritadi. 3) Eng yuqori bosqich – hisoblash bosqichi. Bunda foydalanuvchi bevosita kompyuterga maxsus tillarda murojaat qiladi va mashina bu murojaatni qabul qiladi. Relyatsion MBBT da ma’lumotlar bilan ishlashda ishlatiladigan 2ta katta gurux tillari relyatsion hisoblash deyiladi. Relyatsion hisoblash predikatlarni hisoblashga asoslangan bo’lib ifodalarni yozishga mo‘ljallangan qiodalar to‘plamidan iboratdir. Ular yordamida biz mavjud munosabatlardan yangi munosabatlar yaratishni ta’minlaymiz. Bunday ifodalarni yozishda solishtirish amallari, mantiqiy amallar va mavjudlik kvanteri va umumiylik kvanteri ishlatiladi. Hozirgi paytda relyatsion MBBT ni taraqqiyotida yangi til QBE tili ishlamoqda. Bu tilda relyatsion algebra va relyatsion hisoblashlarda ko‘zda tutilmagan bir qancha imkoniyatlar kirgan. Bu tilni hususiyati shundan iboratki, u terminallarda ishlashga mo’ljallangan. So‘rovlarni yaratish uchun maxsus ekran redaktoridan, munosabat va redaktorlaridan foydalanamiz. QBE tilida foydalanuvchi o‘zi olishini mo‘ljallagan natijani so‘rov ko‘rinishida tasvirlaydi va MBBT uni kerakli amallar ketma – ketligiga aylantirib beradi. 10. Ma’lumotlar bazasini rejalashtirish. Ma'lumotlar bazasi tizimini yaratish hayot siklini samarali tashkil etishga imkon beradigan boshqaruv faoliyati. Tashkillashtirishning axborot tizimi umumiylashtirilib integratsiyalanishi lozim. Ma’lumotlar bazasini rejalashtirish quyidagi boshqaruv standartlarini tashkil etishni o`z ichiga oladi: - ma’lumotlarni qay darajada to`planganligi; - qay darajada alohida formatga ega ekanligi; - qandaydir kerakli hujjatlarni to`planganligi; - qay darajada loyihalash va amalga oshirishganligi. 11. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi. ↓ (12-savolga qarang) 12. Ma’lumotlar bazasining asosiy tushuncha va terminlari. Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo’lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit obyektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar. Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: Birinchidan, ma’lumotlar turi va ko’rinishi ularni qo‘llaydigan dasturlarga bog‘liq bo’lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, dasturlarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim. Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin. Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz. Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo’yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin. Tizilmalashtirish – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo’lmasa, u holda ular tizilmalashtirilmagan deyiladi. Tizilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida matn fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko’rsatish mumkin. Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo’lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta’minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya’ni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi. Ma’lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob’ektning xususiyatini, holatini yoki ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi. MB foydalanuvchiga strukturalashtirilgan ma’lumotlarni saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi. Ma’lumki ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni katta hajmdagi ish bo‘lib ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi ma’lumotlarning aniq bir strukturaga ega bo’lishi, birinchidan foydalanuvchiga ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash jarayonida undagi ma’lumotlarni tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma’lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni tug‘diradi. MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli ko’rinishdagi ma’lumotlardan zamonaviy komputerlarda birgalikda foydalanish va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi. Komputerlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl bo’lib, undagi ma’lumotlar o‘zaro bog‘langan va tartiblangandir. Demak, ma’lumotlar bazasi deganda ma’lum bir strukturada saqlanadigan ma’lumotlar to‘plami tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda MB - bu ma’lum bir strukturaga ega bo’lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi maxsus formatga ega bo’lgan fayldir. Ma’lumotlarni strukturalashtirish - bu shunchaki ma’lumotlarni tasvirlashda qandaydir moslikni kiritish usulidir. Odatda MB ma’lum bir ob’ekt sohasini ifodalaydi va uning ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, ularni saqlaydi va foydalanuvchiga ma’lumotlarni qayta ishlashda undan foydalanish imkonini yaratib beradi. Ma‘lumotlar bazasi – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan (strukturalashtirilgan) ma’lumotlarning nomlangan to‘plamidir. Ma’lumotlar bazasi - axborot tizimlarining eng asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini yengillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) - bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin. Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi – bu ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui va til vositasidir. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar bilan chambarchas bog‘liq. Maydon - bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo’lib, u axborotni eng kichik va bo’linmas birligi bo’lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi. Yozuv – bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami. Yozuv tuzilishi uchun uning tarkibiga kiruvchi maydonlar tarkibi va joylashishi ketma-ketligi aniqlanib, ularni har biri ichida elementar yozuvlarning nusxasi deb ataladi. Yozuv ob’ektning biror bir elementi haqida to‘liq ma’lumotni ifodalaydi. Fayl (jadval) - bu bir xil tuzilmaga ega bo’lgan yozuvning nusxalar to‘plamidir. U o‘zicha har bir maydonda qiymatga ega. Har bir MB jadvali o‘zining birlamchi kalitiga ega bo’lishi mumkin. Birlamchi kalit deganda yozuvlar qaytarilmasligini ta’minlovchi maydon (polya) yoki maydonlar guruhi tushiniladi. Birlamchi kalit sifatida ishlatiladigan maydon yoki maydonlar guruhi bir xil yozuvga ega bo’lmaslik shartini bajarishi kerak. Boshqa maydonlarda bir xil yozuvlar takrorlanishi mumkin. Shu sabab ular birlamchi kalit bo’la olmaydi. Birlamchi kalit qisqa va sonli maydonlardan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir. MB jadvaliga birlamchi kalitni kiritishdan maqsad, jadvaldagi ma’lumotlarni izlash, tartiblashtirish va tanlab olishda qulaylikni beradi. Birlamchi kalit kiritish yoki kiritmaslik foydalanuvchi tomonidan MB jadvali strukturasini tashkil qilishda aniqlanadi. Bosh jadval yordamida qaram jadvaldagi mos ma’lumotlarni chaqirishni ta’minlash uchun qaram jadvalda tashqi kalit tashkil qilinadi. “Bitta-ko’pga” bog‘lanish holatida tashqi kalit bosh jadvalda tashkil qilinadi. Birinchi va ikkinchi kalitlarni aniqlashda MBBT avtomatik ravishda jadvalda indekslarni quradi. 13. Ma’lumotlar bazasini sinflarga ajratish. Ob’ektlarni sinflarga ajratish deyilganda, barcha ob’ektlar to‘plamini birorta norasmiy belgi bo‘yicha qism to‘plamlarga ajratish tushuniladi. MBni ko‘pligini hisobga olib uni sinflarga ajratish belgilari xilma–xil. Hozirgi kunda MBni quyidagi sinflari ko‘p qo’llaniladi: • MB ma’lumotlarni tasvirlash shakliga qarab: video, audio, multimedia guruhlariga ajratish mumkin. • Video MB ma’lumotlarini ko‘rinishiga qarab o‘z navbatida matnli va grafik tasvirli bo‘ladi. • Matnli MB ma’lumotlarni strukturalashganiga qarab strukturalashgan, qisman strukturalashgan va strukturalashmagan MB ga bo‘linadi. • Strukturalashgan MB o‘z navbatida ma’lumotlarni modeliga qarab: ierarxik, tarmoqli, relyatsion, ob’ektli relyatsion, ob’ektga yo‘naltirilgan MBga bo‘linadi. • Bundan tashqari strukturalashgan MBlari statik va dinamik shuningdek, markazlashgan va taqsimlangan MBga bo‘linadi. • MBni foydalanuvchilar soniga qarab: bitta va ko‘p foydalanuvchili MBga bo‘linadi. • Ma’lumotlarni saqlanishiga qarab opеratsion va analitik bo‘ladi. • Iqtisodiy nuqtai nazardan, pulli va pulsiz MB ga bo‘linadi. • Murojaat qilish darajasiga qarab: ommabop va murojaati chеklangan MB ga bo‘linadi. 14. Ma’lumotlarni fizik va mantiqiy tavsifi. Ma’lumotlarni tavsirlash va ular orasidagi munosabat aloqalar o‘rnatish 2 xil bo‘ladi: Logik yoki mantiqiy; Fizik; Fizik tasvirlashda ma’lumotlar mashinani tashqi xotirasida saqlashi bilan farqlanadi. Mantiqiy tasvirlashda esa amaliy dasturchi yoki foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni tasvirlash ko‘rinishi tushuniladi. 15. Ma’lumotlar bazasini uch bosqichli arxitekturasi. (shuningdek, 2-savolga qarang) 16. Ma’lumotlar bazasini loyihalash. Ma’lumotlarni loyihalashning uch bosqichi ▪ Konseptual ma`lumotlar bazasini loyihalash ▪ Logik ma`lumotlar bazasini loyihalash ▪ Fizik ma`lumotlar bazasini loyihalash Konseptual ma’lumotlar bazasini loyihalash - Korxonadagi barcha fizik mulohazalarni ma’lumotlar bazasi modelini qurish jarayoni. - Ma’lumot modeli bu foydalanuvchining alohida talablariga ma’lumotdan foydalanishni yaratish. - Konseptual model logik loyihalash bosqichi uchun axborotlarning asosi hisoblanadi. Logik ma’lumotlar bazasini loyihalash Korxonada ma’lum bir ma’lumot modeli asosida ma’lumot ishlatilgan modelini qurish jarayoni, lekin muayyan MBBT va fizik bo’limlar bundan mustasno. Konseptual model mantiqiy ma’lumotlar bazasi modeli uchun tartibga keltirilgan va tuzilgan model hisoblanadi. Fizik ma`lumotlar bazasini loyihalash Ikkilamchi saqlash bo'yicha ma'lumotlar bazasi amalga oshirishning tavsifini ishlab chiqarish jarayoni. Ma’lumotga samarali murojaatni tashkil qilishda bazalar o’zaro aloqasi fayl tuzilmalaridan foydalanishni tasvirlaydi. Bundan tashqari barcha o’zaro aloqadorlik chegaralari va xavfsizlik choralarini tasvirlaydi. Maxsus MBBTga mo`ljallangan. Informatsion tizimlarni loyihalash jarayoni yetarlicha murakkab masala. U ma’lumotlarning infomantiqiy modelini tuzishdan, ya’ni mohiyatni identifikatsiyalashdan boshlanadi. Keyin loyihalashning logik model protsedurasining quyidagi qadamlarini bajarish kerak bo‘ladi. 1. Ma’lumotlar bazasi jadvalining (asosiy jadval) har bir bog‘liqsiz mohiyatini (sterjen) tasvirlash va bu asosiy (bazaviy) jadval birinchi kalitini spetsifikatsiyash lozim. 2. Har bir assotsiatsiyani (“ko‘pga-ko‘p” va boshqa bog‘lanishlar) asos jadval ko‘rinishida tasvirlash. Bu jadvalda assotsiatsiya qatnashuvchilarni identifikatsiya qilish uchun tashqi kalitni ishlatish kerak. 3. Har bir xususiyatni tashqi kalit bilan asos jadval sifatida tasvirlash lozim. Jadvalning tashqi kalitiga va uning boshlang‘ich kalitiga qo‘yilgan cheklashlarni spetsifikatsiyalash lozim. 4. Avvalgi punktlarda qaralgan har bir belgilanishlarni tashqi kalit bilan asos jadval sifatida tasvirlash lozim. Shu turdagi har qanday tashqi kalitlarni cheklashlarni spetsifikatsiyalash lozim. 5. Har bir xossani mohiyatni ifodalovchi asos jadvalda maydon ko’rinishida tasvirlash lozim (bu xossa bilan aniqlanuvchi mohiyat tasvirlanadi). 6. Normallashning qandaydir prinsiplarini bevosita buzushning oldini olish maqsadida, normallash protsedurasini bajarish lozim. 7. Normallash jarayonida qandaydir jadvallarni bo’laklash jarayoni sodir bo’lsa, ma’lumotlar bazasining infomantiqiy modelini takomillashtirish lozim va sanab o‘tilgan qadamlarni takrorlash kerak. Download 39.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling