Guruh talabasi ning ona tili o‘qitish metodikasi fanidan
II BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA TURLI XIL TOPISHMOQLI O’YIN METODLARIDAN FOYDALANISH
Download 258.25 Kb.
|
Kurs ishi
II BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA TURLI XIL TOPISHMOQLI O’YIN METODLARIDAN FOYDALANISH
2.1. Topishmoqlarni o’qitish metodikasi Topishmoq o'quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o'rgatadi. Shu sababli xalq og'zaki ijodining bu janridan darsliklaida ham keng qo'llanilgan. 1-2-sinf „O'qish kitobi"da topishmoqlar ko'proq, har bir matn ostida keltirilgan. Bundan ko'zlangan maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida ham o'zlashtirilishiga erishishdir. Masalan, 1-sinf „O'qish kitobi“da „Kitobga mehr” matni ostida „Qat-qat qatlama, Aqling bo‘lsa tashlama" topishmog'i keltirilgan va mavzuga juda mos tanlangan. Topishmoqlar bunday shaklda berilganda ularning javobi oson topiladi. 1-4-sinf o ‘qish darsliklarida „Topishmoqlar” mavzusi ostida har xil topishmoqlar ham berilgan bo'lib, ular o'quvchilarning topqirligini yanada oshiradi, tafakkurini o'stiradi. 1-2-sinf darsliklarida topishmoq javoblari ularning ostiga yozib qo'yilgan yoki rasmlar orqali berilgan. 3-4-sinflarga o'tgach esa javoblar qayd etilmagan. Buning sababi shuki, bu davrga kelib o'quvchilar topishmoqlar ustida ishlash ko’nikmalarini hosil qilgan bo'ladi. 3-4-sinflarga o'tgach esa javoblar qayd etilmagan. Buning sababi shuki, bu davrga kelib o'quvchilar topishmoqlar ustida ishlash ko’nikmalarini hosil qilgan bo'ladi. Topishmoqlar bolalar shoirlari tomonidan ham yaratilib kelinmoqda. Bunday topishmoqlar sho'x, qiziqarli bo'ladi. Masalan, 4-sinf „O'qish kitobi"da „Buni toping, qizlarim" (G‘.G’ulom ) topishmoqlari keltirilgan. O‘tda yonmaydi, Suvda botmaydi. Ayoz bobo novvot sotdi, Olgan edim qo‘lim qotdi. Osmondan par tushadi, Par emas zar tushadi. Eritadi muzni Qamashtirar ko‘zni. “Chiq-chiq” ishlab tolmaydi, Tunda uxlab qolmaydi. Pichoq kessa qon chiqar, Po‘choq ketsa don chiqar. Bolalarni nutqini o‘rgatishda topishmoqlar alohida o‘rin tutadi. Ma’lumki, topishmoqlar narsa yoki hodisalarning qisqacha ta’rifi bo‘lib hisoblanadi. "Topishmoq, - deb yozadi adabiyotshunos M.Abdurahmonov, - narsa yoki voqelik tushunchasini ongli ravishda yashirishga, sir tutishga asoslangan kichik poetik asardir." Topishmoqlarda insonning turmushi bilan bog‘liq bo‘lgan, uning tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar, buyumlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabilar ta’riflanadi. Ko‘pincha topish¬moqlarda narsa va hodisalarning hajmi, shakli, rangi, tovushi, mazasi, harakati kabi belgilari beriladi. Topishmoq bolalarni obrazli va aniq so‘zlashga o‘rgatishni osonlashtiradi. Topqirlik, aqliy faollik kabi holatlarini rivojlantirish imkonini beradi. Maktab yoshidagi bolalar uchun tanlangan topishmoqlar sodda, qisqa va tushunarli bo‘lishi kerak. Shu bois topishmoqlarni tanlashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, ayniqsa, o‘zga tilni o‘zlashtirish imkonini hisobga olishi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tanlangan to¬pishmoqlarda narsa va hodisalarning eng muhim belgilari ifodalanishidan unumli foydalanish zarur. Masalan, hayvonlar haqidagi topishmoqlarda bunday belgi ularning ovozi hisoblanadi: Vov-vov deydi, baqiradi, Tug‘ishganin chaqiradi. (It) Topishmoqlarni tanlashda, albatta, bolaning tarbiyasi va yoshi hisobga olinishi kerak. Chunki umrida eshitmagan yoki ko‘rmagan narsasi haqida aytilgan topishmoqni bola hech qachon topa olmaydi. Shuning uchun ham topish¬moqlar asosan, nomi o‘zlashtirib olingan narsa va hodisalar haqida boradi. Topishmoqlar orqali bolalarning mavjud bilimlari mustahkamlanadi. Topishmoqlar o‘qish darsi mashg‘ulotida o‘tilayotgan mavzuga ham muvofiq bo‘lishi kerak. Aks holda bolaning diqqati chalg‘iydi va ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin kechadi. Topishmoqlar ustida quyidagi tarzda ish olib borgan ma’qul: topishmoqda ko‘rsatilgan narsa va hodisa belgilarini tushunib olish, ya’ni tahlil qilish; - bu belgilarni bir-biriga taqqoslash va umumlashtirish; - aniqlangan belgilar asosida xulosa chiqarish, ya’ni topishmoqning javobini topish. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari topishmoq matni ustida ishlashda quyidagilarga e’tibor berishi lozim: Ko‘pincha bolalar javob berishga shoshilib, topishmoqni oxirigacha eshitmaydi, uni har tomonlama batafsil tushunib yetmaydi. Ularning diqqati matndagi birorta belgiga bog‘lanib qoladi. Xulosani ular faqat shu yagona belgi asosida, qolganlarini e’tiborga olmagan holda chiqaradilar. Topishmoqni topish uchun muhim bo‘lgan belgi esa e’tiborga olinmaydi. Bunday vaqtda topishmoqni topish qiyinlashadi. Topishmoq yechishda uning ma’nosini bolalarning yaxshi tushunib olishiga, izchillik va tartib bilan fikr yuritishiga harakat qilish kerak. Bunda fikr yuritish tartibi quyidagicha bo‘lishi mumkin: - umumiy ko‘rinishda nimani qidirishni aniqlash; - qolgan hamma belgilarni aniqlash; - taxmin qilinayotgan yechimni keltirish; - aniqlangan belgilarni birlashtirish; - xulosa chiqarish. Alohida dars sifatida o‘rgatishda esa o‘qituvchilar turli usul va metodardan foydalanishlari mumkin. Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli, xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida topishga asoslangan she’riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir. Topishmoqlar xalq turmushi bilan chambarchas bog‘liq holda yaratiladi ularning zaminida kishilarning qadimiy e’tiqod va tasavvurlari, olamni bilish va idrok etishga bo‘lgan intilishlari yotadi. Topishmoqda yashirilgan narsalar lining javobi hisoblanadi. Topishmoqning javobini topish uchun topishmoq matnini e’tibor bilan o‘qish, nimaga ishora qilinayotganligini fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va belgilari aynan nimaga qaratilganligini taxmin qilish bilan ham topishga harakat qilish kerak. Topishmoq o‘quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o‘rgatadi. Shu sababli xalq og‘zaki ijodining bu janridan darsliklarda ham keng qo‘llanilgan. 1-2- sinf, ”O‘qish kitobi” da topishmoqlar ko‘proq, harbir matn ostida keltirilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida ham o‘zlashtirilishiga erishishdir. Masalan, 1-sinf “O‘qish kitobi” da “Kitobga mehr” matni ostida “Qat-qat qatlama, Aqling bo‘lsa tashlama” topishmog‘i keitiriigan va mavzuga juda mos tanlangan. Topishmoqiar Sunday shaklda berilganda ularning javobi oson topiladi. Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa syujetli asar deb ta’rif beriladi. Masallarda turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi. «Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bo’lgan. O’z ma’nosidan ko’chirilgan (majoziy) so’z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan “yashirincha” tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbatan berilib, “Ezop tili” deyilgan va shu ta’bir joriy qilingan»6. Hayvonlar, parrandalar, hasharotlar, gullar haqidagi majoziy asarlarni bolalar qiziqib o’qiydilar. Mana shu nuqtai nazardan Sayido Nasafiyning “Bahoriyot” (“Hayvonotnoma”) asari ahamiyatlidir. Nasafiyning masallari, axloqiy va tarbiyaviy masalalarga doir fikr hamda qarashlari bolalarning o’qish va tarbiyasida katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, ularning kitobxonlik doirasini ham kengaytiradi. Ma’lumki, tarbiya ko’proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg’usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo’ladi va bu orqali o’kuvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g’urur, matonat, mehr-oqibat, do’stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo’ladi. O‘zi qator joylangan, Bir-biriga boylangan. Bir-birini kuzatar, Behisob nur uzatar. (Elektr stolbasi, tok) O‘zi turar o‘rnida, Qo‘li ketgan har yoqqa. (Elektr stolbasi, tok simi) Tashqari yoz, dim-olov, Uychamizda muz, qirov. (Xolodilnik) Bir ajoyib ishxona, ichi doim qishxona. (Xolodilnik) Download 258.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling