Guruh talabasi ning ona tili o‘qitish metodikasi fanidan


Kurs ishi mavzusining predmeti


Download 258.25 Kb.
bet3/10
Sana16.06.2023
Hajmi258.25 Kb.
#1498949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi

Kurs ishi mavzusining predmeti: Boshlang‘ich sinf o‘qish darsliklaridagi turli janrdagi xalq og‘zaki ijodi namunalarini, jumladam topishmoqlarni o‘rgatish darslarini tashkil qilish, uni sifatli o‘tkazish va bu darslarda qanday metodlardan foydalanib, o‘quvchilarning tafakkurini, nutqini o‘stirish masalalari tekshiriladi.
Kurs ishi mavzusining obyekti: Tadqiqotning obyekti sifatida G’ijduvon tumanidagi 46-maktabning 4-“A” sinfida o‘tkazilgan o‘qish darslari jarayonidan foydalanildi.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 bob, 6 band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati qismlaridan iborat.

I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFDA O‘QISH DARSLARIDA TOPISHMOQ O’RGATISH METOTIKASI
1.1. Boshlang‘ich sinflarda xalq og‘zaki ijodining tarbiyaviy ahamiyati
Xalq og‘zaki ijodini o‘rganish – xalq tarixi, urf-odati, an’analari, o‘y-kechinmalari, buguni va kelajagini tadqiq etish demakdir. Unda millatning o‘zini anglashi, o‘zligini namoyon qilish xislatlari, intilishlari, hayot tarzi, dunyoqarashi aks etgan. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, ijtimoiy ong shakllaridir.
Xalq og‘zaki ijodi - insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at. Har bir xalqning og‘zaki ijodi o‘sha xalqning fe’l – atvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va an’analari, orzu-intilishlari, geografik sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o‘ziga xos ko‘zgudir. Biz ana shu ko‘zgu vositasida olamshumul ezgu niyatlar, insoniy fazilatlar, yovuzlik, zulm, adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg‘ularini ko‘ramiz. Og‘zaki so‘z san’ati «folklor» yoki «xalq og‘zaki poetik ijodi» atamalari bilan ifodalanadi. «Folklor» atamasi ilk bor XIX asr tadqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan 1846- yilda qo‘llangan bo‘lib, «folk» - xalq va «lor» - bilim, donolik, donishmandlik, ya’ni «xalq bilimi», «xalq donoligi», «xalq donishmandligi» demakdir. Xalq og‘zaki ijodini o‘rganuvchi fan folklorshunoslik deb ataladi.
Xalq ijodiyotining yaratilishi va yashash tarzi og‘zaki usulda amalga oshadi. Ya’ni bunday asarlar og‘zaki ravishda ijro etilishi sababli ulaming mazmuni va shakli o‘zgarishi, unga yangi qismlar qo‘shilishi yoki biron-bir qismi tushib qolishi mumkin.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi eng qadimiy san’atlardan biri bo‘lib, u jahon xalqlari poetik ijodi taraqqiyotida alohida o‘rin egallaydi. 0‘zbek folklorida turlar va janrlar quyidagicha tashkil topgan:

Download 258.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling