Guruh talabasi ning ona tili o’qitish metodikasi fanidan


O’qishning o’ziga xos turlari


Download 78.56 Kb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi78.56 Kb.
#1557598
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tursuntosheva Solihaning kurs ichisi

1.2. O’qishning o’ziga xos turlari
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni o`qishning bir necha turlari ya’ni, ongli,
tez, to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatib boriladi. O`qituvchi ongli tez, to`g`ri,
ifodali o`qishga o`rganishda ulgurmayotgan o`quvchilar bilan qanday ishlar olib
borish kerak?
To`g`ri o`qish tushinarli qilib xatosiz o`qishdir. Ma`lumki ayrim o`quvchilar
ko`pincha ba`zi harflarni tushurib, bog`inlab, so`zlarning o`rnini o`zgartirib
o`qiydilar. Bunday xatolarga yo`l qo`ymasliklari uchun qiynalib o`qiydigan
o`quvchilarga katta hajmdagi matnlarni qismlarga bo`lib o`qishni tavsiya qilish
anchagina yengillik yaratadi.
To`g`ri o`qishga o`rgatish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin:
-dastlab 3-4 bo`g`inli so`zlarni o`qish , 5-6 bo`ginli so`zlarni esa bo`g`inlarga
bo`lgan xolda o`qish;
-tanish matnlarni o`qitishda o`qish surati biroz oshiriladi. Shunday qilinganda
bolalar notanish matnlarni ham tutilmay o`qish malakasiga ega bo`ladilar;
-to`g`ri o`qishni bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar o`zlashtirishi uchun tovush,
bo`g`in va so`zlarni to`g`ri, aniq, sof talaffuz etish katta ahamiyat kasb etadi.
Masalan, talaffuzda p yozuvda esa b yoziladigan so`zlarni to`g`ri o`qushga
o`rgatish (oftob,serob); r tovushini l, y deb (bayroq,-bayloq,o`rtoq-o`ytoq) talaffuz
etishlarining oldini olish uchun bunday so`zlar yo`zilgan ko`rgazmalardan
foydalanish maqsadga muvofiq.
O`qish tezligini oshirish ancha murakkab jarayonlarini o`z ichiga oladi.
Bola tez o`qiyman deb shoshiladi, natijada xatolarga yo`l qo`yadi. O`qituvchi bo`sh
o`zlashtiruvchi o`quvchilarda yaxshi kayfiyat uyg`ota olishi, sinfda yaxshi muhit
yaratishi, har bir bolada “To`g`ri va ravon o`qiy olaman” degan ishonchni
uyg`otishi lozim.
Ongli o`qish jaroyonida o`qilayotgan matnni tushunib, asosiy maqsadni
uqib, asardagi ayrim o`z va ko`chma ma`noli so`zlarni izohlash, bunday so`zlar
ishtirokida gaplar tuzish, tuzilgan gaplarni mazmun tomondan jamlab, kichik
hikoya hosil qilish, matnning tugallangan qismidagi asosiy fikrni topish
mashqlarini tez-tez o`tkazish, matndagi tabiat tasvirini, insonlarning yaxshi-yomon
odatlarini misollar yordamida, asardagi voqealarga bog`lab gapirib berish
maqsadga muvofiq. Qaysi ishlar yaxshi va ularga ergashish mumkin, qaysilari
yomon, ulardan nafratlanish kerakligini izohlab berishni o`quvchilarga topshiriq
tariqasida tavsiya etish mumkin. O`quvhilar to`g`ri, ongli, tez o`qishni egallagan
taqdirdagina ifodali o`qiy oladilar. Ifodali o`qishga o`rgatish, o`qishga o`rgatish
bilan bir paytda amalga oshiriladi. Ifodali o`qishga ulgurmayotgan o`quvchilarga
kichik misrali she’rlardan yod olishga topshiriq berish, kichik misradagi she’rdagi
ohangga, tinish belgilariga alohida e`tibor bilan yod olish aytiladi.
Mustaqil faoliyat faollikni oshiradi. Bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarni
mustaqil ishlashga o`rgatish yaxshi samara beradi.Mustaqil faoliyat insonni ziyrak
va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida uyg`un
holda rivojlanishi kerak. Buning uchun, avvalo, o`quvchilarni mustaqil faoliyatga
ruhan tayorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli qilib bajarishga
ishonch hosil qilish lozim.

Mustaqil ish turlari qanday turlari bo`lishi kerak? Avvalo, ish turlari


o`qituvchi tomonidan puxta o`ylangan, ta`lim maqsadiga asoslangan va surunkali
bo`lishi kerak. Bunda har bir o`quvchining imkoniyati hisobga olinishi, ularning
yosh xususiyati, nimalarga qiziqishi ham e`tibordan chetda qolmasligi kerak.
O`quvchilarni aqliy rivojlantirishning sitatlaridan biri topshiriqlarni to`la
“eslab qolib” bajarishlaridir.
Bunda bajariladigan ishning maqsadini tushungan (tasavvur qilgan) holda,
uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash, yo`l qo`yilgan xatolarni mustaqil
topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e`tibor beriladi.
O`quvchilarning topshiriqlarni tez, to`g`ri bajarishlari uchun qulay usullarni
tanlash, uni tashkil etish uchun doimiy yetakchi savollar berib, tayanch so`zlar
tavsiya etish foydalidir. O`quvchilarda mustaqil ishlarni sifatli qilib bajarishda
qiyinchiliklar paydo bo`lishi tabiiy. Chunki hali ularning tasavvurlari yorqin, so`z
boyligi yetarli emas.
Tajribalar shuni ko`rsatadiki, bolalar o`qituvchi rahbarligida ishlaganda tez
mushohada qiladilar. Bu holga o`rganib qolmasliklari uchun ko`proq ularning
o`zlarini mustaqil fikrlashga da`vat etish lozim. O`quvchilar e`tiborini jalb etish
maqsadida matndagi voqealarni eslatib: Nega? Nega shunday bo`ldi? Seningcha
qanday bo`lishi kerak edi? kabi savollar berib, uning fikrini ma`qullab, yana
o`ylasang topasan, juda yaxshi, juda soz! kabi rag`batlantiruvchi so`zlarni ishlatish
foydalidir. Masalan, “O`roq va Kombayn” masalasi yuzasidan: O`roq nega
afsuslanadi? Kombayn unga nima dedi? Kabi savollar berib, har ikkisini
solishtirish orqali texnikaning kuch-quvvatiga bolalar e`tiborini tortiladi, har bir
texnika asbobining hayotimizdagi ahamiyatini baholashga o`rgatiladi.
Dastlabki bajargan mustaqil ishdan bola mamnun bo`lsa, uning qiziqishlari
ortib, yangi-yangi ish turlarini amalga oshirishga kirishadi.
Mustaqil ish natijalarini hamisha tekrishish lozim. Tekshirish og`zaki yoki
yozma tarzda bo`lishi mumkin.
Bola yozishidan oldin o`ylaydi, fikrini og`zaki jamlaydi, so`ng uni yozishga
kirishadi. O`z fikrini bayon qilish, yo`l qo`yilgan biror savol yoki masala
yuzasidan mushohada yuritish uchun jiddiy fikrlaydi. Bu jarayon (og`zaki) nutq
asosida paydo bo`ladi va mustahkamlanadi.
Masalan, o`quvchi o`z fikrini yozma ifodalashdan ilgari o`ylaydi. Pichirlab
allanimalar haqida o`z-o`zicha gapiradi (pedagogikada bu faol faoliyat
hisoblanadi). Insho yozishning dastlabki shakllari ana shunday ishlardan
boshlanadi. Bola matnni o`qib, og`zaki tahlil qiladi, sarlavhalar o`ylab topib,
qanday rasmlar ishlash lozimligini rejalaydi.
O`quvchilarni mustaqil faoliyatga o`rgatishda quyidagilarga amal qilishi
lozim:
-beriladigan har bir topshiriq o`quvchilarning imkoniyatlariga mos bo`lsin
va qiziqish uyg`ota olsin;
-ish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo`naltirilsin,
o`quvchiga tushunarli bo`lsin;
-ishni bajarishda bolalarda o`ziga ishonch hissi uyg`onsin, ishga kirishishda
ular o`zlarida dadillik sezsin;
-mustaqil bajariladigan topshiriqlar yakkama-yakka tarzda amalga oshirilsin
(hamma o`quvchi uchun bir xil topshiriq berish bu mustaqil faoliyat emasligini
eslatamiz), albatta bunda bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchiga e‘tibor berish kerak.
-topshiriqlarni doimo navbatlashtirib, turini almashtirishga alohida ahamiyat
berish kerak;
-topshiriqlarni hamma bir vaqtda boshlab, ma`lum vaqtda tugatishi
kerakligini eslatib, bo`sh o`zlashtiruvchi bolalarni shu talabni bajarishga
ko`niktirish lozim;
-ish joyi hamisha qulay, saramjon-sarishta bo`lishi (parta ustida ortiqcha
narsalar bo`lmasligi) kerak;
-topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin;
-darslik, didaktik materiallar bilan ishlashda uzviylik bo`lishi maqsadga
muvofiqdir.
Uyga beriladigan vazifalar ham mustaqil ishning bir turidir. Bolalarga, iloji
boricha, sinf sharoitida asosiy bilim va malakalarni singdirish, uyga vazifalar
berishni me`yorlash kerak. Bolalar darsdan keyin (og`ir, mashaqqatli mehnatdan
keyin) tiniqib dam olsalar, ko`proq ochiq havoda bo`lib, harakatli o`yinlar, sayr,
kuzatishlar bilan vaqtlarini o`tkazib, tunda osuda uxlab, ertangi kungi darslarga
yaxshi kayfiyat bilan kelsalar, darsni o`zlashtirish yaxshi bo`ladi. Shuning uchun
uy vazifalari oson bo`lishi, asosan, bolalarni kuzatishlarga undashi lozim.
Boshlang`ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o`quvchilarning so`z
zahirasini boyitishdir. Bunda lug`at ustida ishlashga e’tibor qaratishimiz, lozim.
Ona tili bilan o`qish fanlarini doimo bog`lab borish maqsadga muvofiq.
Bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlashda testlar bilan ishlash ham
yaxshi natija beradi. Ma’lumki respublikamizda o`quvchilar bilimini baholashda
test sinovlaridan unumli foyalanilmoqdalar. Masalan asarni o`zlashtirishga
ulgurmayotgan past o`zlashtiruvchi o`quvchilarga yozma yoki og`zaki holda
quyidagicha testlar bilan murojaat etish mumkin.
“Ochko`z boy” ertagining salbiy qahramoni kim?
a) o`tinchi chol
b) kampir
c) boy
Hiylagarning jazosi xalq og`zaki ijodining qaysi turi hisoblanadi?
a) maqol
b) ertak
c) afsona
Bundan tashqari xalq og`zaki ijodiyoti turlaridan foydalanib ham bo`sh
o`zlashtiruvchi o`quvchilarni o`zlashtirish foizlarini oshirish mumkin. Ma’lumki
boshlang`ich sinf oquvchilari ertaklarga juda ham qiziqadilar ulardan foydalanib
bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarni faolliklarini oshirish ,erkin mustaqil fikrlashga
o`rgatish nutq boyliklarini oshirish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Xulosa qilib aytganda bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlash ancha
murakkab jarayon. O`qituvchining pedagogik mahorati zamonaviy dars o`tish
usullaridan foydalanishi bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchi bilan yakka tartibda ish
olib borishi natijasida uning oldini olishga imkon yaratadi. Jahon - keng dunyoda
mamlakat kop, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz O`zbekistonimiz yakka-yu
yagona. O`zbekistonning kelajakdagi ravnaqi bugungi yosh avlodning to`la qonli
ta’lim va tarbiyasiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Ana shularni kelajagimiz poydevori
bo`lmish boshlang`ich sinf o`qiuvchilari diliga jo etib hayotlari mazmuniga
aylantirishimiz ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashimiz lozim.
Agar o’qituvchi 3 sinf «O’qish kitobi»da berilgan badiiy asarni bola
qalbini hayajonga soladigan tarzda mohirlik bilan tushuntira olsa, ya’ni asar
o’quvchida xayrixohlik, noxushlik kabi qator tuyg’ularni uyg’otsa, u holda
o’qituvchi shu yo’l bilan bolada estetik tuyg’ularni uygotgan va rivojlantirgan,
tasvirlangan voqeaga estetik munosabat hosil qilishda unga ko’maklashgan
bo’ladi.
Adabiy asarlarni estetik idrok qilishning emotsionalligiga suyanish ijtimoiy-siyosiy va axloqiy tasavvurlarni o’zlashtirishga yordam beradi.
Vatanga muhabbat, do’stlik, mehnat, burch kabi axloqiy tushunchalarni
o’quvchilar emotsional his qilgandagina anglab oladilar. Muhabbat Umarova,
Sharofat Hakimovalar 3-sinf uchun darslikda (To’ldirilgan to’qqizinchi nashri.
Toshkent «Cho’lpon» nashriyoti, 2010 yil) yosh shoir va yozuvchilarning
bolalarbop she’r va hikoyalaridan berilgan. Jumladan, Tohir Qahhor, Ullibibi,
M.Yusuf, Toshpo’lat Xolmatov, Zohir A’lam, Sulton Jabbor, Yoqutxon Raximova,
Abdusalom Umarov, Rahmat Azizxodjayev, Mirzo Karim, Xoji Abdurazzoq
Yunus singari ijodkorlar asarlaridan namunalar, parchalar keltirilgan.
Biz, mazkur bitiruv malakaviy ishimizda 3-sinf «O’qish kitobi»da berilgan.
Shoir va yozuvchilardan: Miraziz A’zam Tursonboy Adashboyev, haqida va
ularning asarlari haqida fikr yuritamiz.
Dastlab, mazkur yozuvchi va shoirlarning tarjimai holi, undan so’ng esa
ularning asarlarini umumta’lim o’rta maktablarida o’tish usullari haqida fikr
yuritamiz. She’rlarida olg’a surilgan g’oyada bola qo’pollik bilan emas,
muloyimlik va xushmuomalalik bilan tevarak-atrofdagilarning o’ziga nisbatan
yaxshi muomalada bo’lishiga sazovor bo’ladi. Bolalar she’r qahramonining
muvaffaqiyatsizliklariga achinadilar va sehrli so’z yordamida erishgan
yutuqlaridan quvonadilar. Agar bolalar o’qituvchining she’r qahramoniga bo’lgan
munosabatidan mamnun bo’lsalar, o’qituvchi she’r g’oyasining estetik jihatdan
idrok qilinishini ta’minlagan bo’ladi.
O’quvchilarning xayolini tarbiyalashda adabiy asarning estetik idrok
qilinishini to’g’ri tashkil etish va matnni ifodali o’qish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchi adabiy asarning idrok qilinishini tashkil etar ekan, bolalar
diqqatini asarda aks ettirilgan narsa va hodisalarning go’zalligini payqashga, ularga
nisbatan o’z munosabatini aniqlashga qaratmog’i kerak. Shuning uchun
o’qituvchining so’zlari, uning o’quvchiga bergan savollari katta ahamiyat kasb
etadi. Bunda bolalarga emosional xarakterdagi, masalan, «Hikoyani
o’qiyotganingda qayerida qo’rqding?», «Qayeri kulgili ekan?», «Qayerida
quvonding?» savollar berish yaramaydi. Bunday savollar bolani chalg’itib qo’yadi,
kitobni o’qiyotganda bola qo’rqmagan, kulmagan, quvonmagan bo’lsa-da,
kitobning shunday o’rinlarini borligini u taxmin qila boshlaydi.
O’qituvchining savoli o’quvchining o’qilgan asarga nisbatan munosabatini,
ya’ni kitobning qayeri uni hayratlantirganini, hayron qoldirganini, quvontirganini,
qo’rquv, sevinch, nafrat va boshqa tuyg’ular uyg’otganini aniqlashga undashi
kerak. «Biror munosabat»ga bog’lab berilgan savollar asarni estetik idrok qilishga
yordam bermaydi. Masalan, dalaning yozgi ko’rinishi haqidagi she’r o’qilganda,
dala qanday rangda edi, unda qanday gullar o’sib yotardi kabi savollar yosh
kitobxonni yoz tabiatining rango-rang bo’yoqlaridan zavqlanishga, ya’ni she’rni
estetik idrok qilishga rag’batlantirmaydi. Badiiy asarga nisbatan savollar
qo’yilayotganda savollarning xarakteri, ularning izchilligi haqida o’ylash va
bolalarga asarni o’qish jarayonida tug’ilgan fikr va mulohazalarini, o’zlarini
hayajonga solgan tuyg’ularni ifodalashga imkon berish lozim.
O’zi o’qigan asar uyg’otgan tuyg’ular haqida to’liq gapirib bera olmaydi.
Ularda tuyg’ular asosan: yoqdi — yoqmadi, qiziqarli- qiziqarli emas shaklida
paydo bo’ladi. Bu tuyg’ular aksari asarda ifodalangan odamlarning ayrim sifatlari,
kishilarning o’zaro munosabatlari, xulq-atvorlari, ijtimoiy hayot hodisalari va
tabiatga bo’lgan munosabatni ochib beradigan asar mazmuni orqali uyg’onadi.
Boshqa so’z bilan aytganda, yosh kitobxonning tuyg’ulari har bir asarda mudom
mavjud bo’ladigan «axloqiy masala»ga mansubdir. Estetik va axloqiy idrok
birligining asoslari xuddi mana shundan iboratdir.
S.Barnoyev, M.A’zam, T.Adashboyevlar ijodi haqida gapiradigan bo’lsak,
bola esini taniganidan boshlab, tevarak-atrofidagi muhitga qiziqib qaraydi. Uning
sirlarini, umuman, hayot haqiqatini bilishga intiladi. Bu intilish bora-bora
taqlidchilikni tug’diradi. Darhaqiqat, yaxshilikka, yangilikka taqlid qilish
bolalarning azaliy odati. Shu ma’noda bolalarga o’rnak bo’larli darajadagi lirik
qahramon yaratish-boshqa janrlar kabi bolalar she’riyatining ham doimiy talabidir.
Bolalar poeziyasida jozibali, kurashchan xarakterlar yaratish borasida katta
yutuqlar qo’lga kiritildi. Bunday qahramonlar obrazi bolalarda ona-Vatanga
muhabbat, dushmanta nafrat, ilmga, mehnatga ishtiyoq, sadoqat kabi ezgu his-tuygularni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Kichkintoylarning katta dunyosini badiiy «kashf» etish, umuman intellektual
lirik qahramon yaratishda har bir shoirning o’ziga xos, izdividual uslubi bor.
Shunga muvofiq, qahramonlar bir tomondan o’zaro farqlansa, ikkinchi tomondan,
mushtarak xususiyatlarga ham ega. Ayniqsa bu o’ziga xosliklar yosh shoirlar
ijodida ham yaqqol kuzga tashlanadi. Chunonchim, Safar Barnoyev she’rlarining
qahramoni-kurashchan obraz-o’qishda a’lochiligi, jamoat ishlarida ilg’orligi, tabiat
sirlariga qiziquvchanligi, hayotda jasurligi bilan sadoqatli do’st va qadrdon o’rtoq
sifatida alohida ajralib turadi. Uning hayot haqida o’z falsafasi bor. Bizni
kurshagan olam qahramon nazarida sirli bir jumboq bo’lib gavdalanadi. Lekin
jumboq jumboqligicha qochib ketavermaydi. Shoir uning siri va sababini bolalar
dunyoqarashiga mos tarzda badiiy psixologik tahlil qilish orqali ocha boradi. Lirik
qahramon bugungi farovon turmushimizning tub mohiyatini o’ylar ekan, uning
osonlik bilan qo’lga kiritilmaganligini qalbdan his etadi. Otalar ishidan faxrlanish
uning qalbida iftixor tuyg’ularini uyg’otadi:
Dadamning ko’llari miltiq ham ushlagan,
Gulni ham ekkandir dadamshshg qo’llari.
Otalar yaratgan totli hayot nash’asi o’z navbatida uni sevishga, ardoqlashga
burchli qilib qo’yadi. Buning uchun, avvalo, o’qish, mehnatga muhabbat bog’lash
lozim. O’qish va mehnat jarayonida esa boshqalar bilan qudratli do’stlik rishtalari
bog’lanadi. Shoirning lirik qahramoni tor hayot qobig’iga o’ralib qolgan emas,
aksincha, ertangi kunga jiddiy boqadi. Undan yangicha ma’no, yetuklik izlaydi:
Umrning yo’li-yu, mazmuni,
Kaftimda sanoqsiz chiziqlar.
Kaftimning so’qmog’i, yo’llari.
Bekorchi damlarga qiziqmay,
Quyoshga cho’zganman qo’llarim.
Shunisi diqqatga sazovorki, qahramon o’z baxtini, taqdirini xalq va Vatan
taqdiri bilan bog’laydi. Uning uchun ona va Vatan mushtarak tushunchalar bo’lib,
ular oldida o’zini qarzdor his etadi. Chunki ona unga jon baxsh etgan bo’lsa, Vatan
o’z quchog’ida avaylab o’stirmoqda. «Shu tufayli ona, yurt, bizga doim suyuksiz»,
deydi u. Shu tariqa konkretlikdan umumiylikka qarab boriladi, muhim ijtimoiy
xulosalar chiqariladi, hayot haqiqatini badiiy tasdiqlaydigan yorqin obrazlar
qiyofasi tavdalantiriladi. Buni shoirning «Yuz dona lola», «Tinchlik qo’shig’i»,
«Ona madhi», «Samarqand bilan quyosh», «Dadamning qo’llari», «Dedi-dedi fosh
bo’ldi» she’rlarida ko’rsa bo’ladi.
Yaxshi she’r she’rxonlar qalbiga hech qanday vositasiz o’zi oqib kiradi,
tillardan tushmay qoladi.
Yosh shoir S.Barnoyev bolalarga o’rnak bo’larli darajadagi lirik qahramon
yaratish ustida samarali ijod etgan. Uning she’rlarining qahramoni, shoirning o’zi
e’tirof etganidek, qo’zichoq, qo’ng’iroq va qo’g’irchoq doirasidagi tor muhitda
o’ralashib yurmaydi. U hayotni, tabiatni, ona-Vatanni jon-dilidan sevuvchi o’spirin
bo’lib, ilmga chanqoq, olam shoirlarining mag’zini chaqishga harakat qiladi. Borliqni dialektik birlikda kuzatadi:
Biri-biriga monand,
Biri-biriga payvand.
Birlashgan butun olam,
Quchoqlashgan tog’lar ham.
Bu birlik shunchaki qayd qilinmaydi, balki uning zamirida do’stlik iplari bor
degan yuksak ijtimoiy ma’no chiqariladi:
Quyosh bobo himmati,
Daryolarning qudrati,
Shamolning harakati,
Ona yerning mehnati
Ulkan do’stlik hurmati.
Qahramon hayot va taraqqiyot haqida falsafiy fikr yuritib, butun olam
ijodkori insondir, degan haqqoniy xulosaga keladi:
Inson qo’li — besh barmoq,
Besh qit’ani zabt etgan.
Muz-tog’larni eritgan.
Olam inson kaftida.
Inson-ijodkor. U tabiatni o’z mehnati bilan bo’ysundirib, unga chiroy baxsh
etadi. Olam go’zalligidan zavqlanadi. Hayotga, tabiat va Vatanga bo’lgan
muhabbat tuyg’usi ana shunday shakllanadi. Bu shoirning «Bahs», «Kech kuz»,
«Yur, dalalar qo’yniga», «Tog’lar bayrami», «Yurt mehri» singari she’rlarida
ravshan ko’rinadi.
Odam va olam, zamin va zamon o’rtasidagi doimiy aloqa, insonning
hukmronlik roli Qambar O’tayevning «Qizil galstuk», «Tog’ boshidagi lola»,
«Soat», Mashrab Boboyevning «Qaldirg’och nima deydi?», «Yangra gornim!»
kabi jajji kitobxonni o’ylashga majbur etadigan she’rlarida o’zining yaxshigina
ifodasini topgan.
Bolalar uchun jon kuydirib qalam tebratayotgan Miraziz A’zam, Tursunboy
Adashboyev manzumalarining qahramoni kichik maktab yoshidagi bolalar bo’lsa
ham, ziyrakligi tufayli tabiat jumboqlarini yechishga urinadi, insoniy
munosabatlarni sinchkovlik bilan kuzatadi. M. A’zam «Azizning orzulari»,
«Yo’lchilar qo’shig’i», «Tong bilan birga turdik», «Yerga dovrug’ olamiz» hamda
«Bir cho’ntak yong’oq» turkum she’rlarida g’oyaviy niyatini to’laroq ochish
maqsadida so’z o’yinidan takrordan foydalansa, T. Adashboyev she’rlarida
yumoristik talqin asosiy o’rin tutadi. Ularda qadrdon qishloq dalalari, keng
vodiylar tarannum etiladi.
M. A’zam qo’liga qalam tutar ekan, o’quvchisining kimligini bir daqiqa ham
unutmaydi, qahramon bilan birga o’ylaydi, uning uchqur xayollariga sherik
bo’ladi. Bu — tizginni qahramon qo’liga tutqazib qo’yadi, degan so’z emas,
albatta. Balki jo’shqin tuyg’ularini, qaynoq ehtirosini bosh maqsadga
bo’ysundirishi samarasidir. Buni she’rlaridagi har bir so’zga katta mas’uliyat bilan
yondoshishida, so’zlarni o’z o’rnida ishlatishida, bolalar psixikasiga mos o’ynoqi
ruh baxsh eta olishida ko’rishimiz mumkin. Shoir xuddi shu yo’l bilan sovet xalqi
o’rtasidagi qudratli do’stlikni ulug’laydi.
Bizlar o’n besh bolamiz,
Oqmiz, sariq, qoramiz.
Oramizdan o’tmas qil,
Garchi bizda har xil til.
Tursunboy Adashboyev ijodida qishloq yoshlari hayoti badiiy tadqiq
qilinadi. She’rlarining lirik qahramoni oddiygina qishloq bolasi. U qayerda
bo’lmasii, tug’ilib o’sgan qishlog’ini, sevimli diyorini qo’msaydi, unga muhabbati
jo’sh uradi. Qishloqning har bir qarich yeri unra to’tiyo. Chunki olam jamoliga ilk
bor o’sha yerdan bokqan. Inson mehrini o’sha yerda tuygan. «Do’ngliklardan mis
laganda sirpanib», bolalik zavqini surgan. Bu holni shoirning «Qishlog’im»,
«Yaylovda», «Zira» kabi she’rlari misolida ko’rish mumkin. «Hisob darsida»,
«Qatiq», «Oy», «Dazmol» singari qator she’rlarida esa asosny g’oyani yengil
yumor vositasida ifodalaydi.
Mazkur muloqazalarimiz yoshlar she’riyati faqat zafar quchyapti, u yuksak
taraqqiyot bosqichida, degan fikrni tug’dirmasligi kerak. Chunki ular izlanish
pallasidadir. Bu davrda ba’zan kamchiliklarning ro’y berishi hchm tabiiy. Asarning
tematik doirasi, mavzu ulug’vorligi hamda g’oyaviy mundarijasi uning estetiktarbiyavny qimmatini tayin qilolmaganidek, ma’lum g’oya atrofida ortiqcha takror
jimjimadorlik, taqlidchilik, quruq didaktika ham fikrning o’quvchiga to’liq yetib
borishiga monelik qilishi sir emas. Bunday qusurlar M. A’zamning «Onam ishga
ketganda», S. Barnoyevning «Shirinlik», G. Jo’rayevaning «Inoq oila», R.
Tolipovning «Derlar: baxting qo’lingda» singari she’rlarida ko’zga tashlanadi.
Davrimiz yuksalish davri. Kashf etilgan biron bir yangilik hali hayotga
singib ketmasdan, ikkinchisi vujudga keladi. Yutuqlarimiz jasorat va kurash
samarasidir. Bugungi kunda qahramonlikni hayotning o’zi tug’dirmoqda.
Davrimizda qahramonlik an’anaga aylanib qoldi.
Buni kattalar hayotida emas, balki o’quvchi bolalar hayotida ham ko’rish
mumkin. Yosh grajdanlar kattalar mehnatiga o’z ulushlarini qo’shmoqdalar,
tonnalab paxta termoqdalar. Turli hunar o’rganmoqdalar. Mehnat desantlari tashkil
qilmoqdalar. Xullas, ularning o’qishi, mehnati, intilishi doston va balladalar
yozishga arziydi. Afsuski bolalar shoirlari bu ishga qalam urmayotirlar. Katta
janrlar e’tibordan chetda qolmoqda. Bu hol bolalar prozasiga nisbatan bolalar
poeziyasida ochiq-oydin ko’zga tashlanadi.
Shularni hisobga oladigan bo’lsak, ba’zi shoirlarimiz juda jo’n ganlarni
she’rga solayotganga o’xshaydi. Pand-nasihatdan nariga o’tilmaydi.
Bolalar she’riyati rivojiga mavzu torligi, bir xilligi ham sezilarli salbiy ta’sir
qilmoqda. Ba’zi she’rlarda a’lochi va jamoatchi o’quvchilar sha’niga quruq
maqtovlar yog’iladi. Ularning ishi hamisha «besh». Kiyim-boshi toza, kattalarpp
hurmat qiladi, uy ishlarida ota-onasiga dastyor. Bular, so’zsiz yaxshi sifatlar.
Qachonki, ichki mohiyati ochib berilsa ma’qul. Afsuski, his-tuyg’udan yiroq,
badiiylikdan mahrum bunday asarlarda farishta qahramonlar obrazi yaratilib,
ularga hayotda yashashning tayyor sxematik «resepti» qo’sh qo’llab topshiriladi.
Sxematizm, quruq didaktika D. Matjonning «Tuzatib ol», J. Rahimning
«Buzoq nega qalampirdan xafa?», «G’ishtlar qo’shig’i», S. Jabborning «Shirin»
kabi bir talay she’rlariga xos xususiyatdir. Kichkintoylarning ma’naviy dunyosi
ijodkordan g’oyatda noziklik va ehtiyotkorlik bilan yondoshishni talab etadi. Hayot
- murakkab. Tabiat va jamiyat voqea-hodisalarga boy bo’lib, ijodkorga istagancha
material berishi mumkin. Ammo ularni tanlamasdan qalamga olaverish ko’zlangan natijani beravermaydi.


Download 78.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling