Guruh talabasi no`’monov saidakbarning python tilida dasturlash fanidan mustaqil ishi


Pythonda modullar yaratish va undan foydalanish


Download 30.36 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi30.36 Kb.
#1056585
1   2   3   4   5
Bog'liq
NO`\'MONOV SAIDAKBAR MUSTAQIL ISH

Pythonda modullar yaratish va undan foydalanish.


Python dasturlash tilining ommalashishiga ya'na bir sabab, uning kutubxona modullari ko'pligida. Boshqa dasturlash tillari kabi python ham modullarni qo'llab-quvvatlaydi. Python uchun mingdan oshiq kutubxona modullari yaratilgan bo'lib, ular turli soxalarda foydalanish uchun mo'ljallangan. Bundan tashqari pythonda dastur kodini bir nechta modullarga bo'lib, murakkab kodlarni soddalashtirish mumkin.

Modullar yaratish.


Pythonda modullar ikki xil bo'ladi: standart modullar va foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan modullar. Standart modullar 200dan ortiq bo'lib, ularga math, random, turtle, tkinter, http, os, sys va boshqalarni kiritish mumkin. Modullardan foydalanish uchun ularni dastur kodimizga bog'lab olishimiz kerak. Math modulini bog'lamoqchi bo'lsak import math deb yozamiz. Modullar bir nechta bo'lsa vergul bilan yozish mumkin.
import math #math modulini bog'lash
n=int(input("son kiriting: "))
print("Ildizi=", math.sqrt(n)) #math moduli funksiyalaridan foydalanish
print("Sinusi=", math.sin(n))
print("Faktoriali=", math.factorial(n))
Moduldagi barcha funksiyalardan to'g'ridan-to'g'ri foydalanish kerak bo'lsa, from math import * deb yozamiz:
from math import * #math modulini bog'lash
n=int(input("son kiriting: "))
print("Ildizi=", sqrt(n)) #math moduli funksiyalaridan foydalanish
print("Sinusi=", sin(n))
print("Faktoriali=", factorial(n))
Bundan tashqari foydalanish qulay bo'lishi uchun modul nomini import math as matem deb o'zgartirib bog'lab olsak bo'ladi. Bu yerda matem nomi orqali math funksiyalaridan foydalanamiz:
import math as matem #math modulini bog'lash
n=int(input("son kiriting: "))
print("Ildizi=", matem.sqrt(n)) #math moduli funksiyalaridan foydalanish
print("Sinusi=", matem.sin(n))
print("Faktoriali=", matem.factorial(n))
Pythonda modullar yaratish.
Ko'p foydalaniladigan dastur kodlarini qayta-qayta yozmasdan ularni bitta faylga modul ko'rinishda saqlab, kerak bo'lganda foydalanish ancha qulay. Modullar oddiy python fayli ".py" bo'lib, unda funksiyalar, sinflar, ro'yxatlar saqlanadi. Bu fayllardan kerak bo'lganda Python dasturlarimizga bog'lab foydalanishimiz mumkin. Maks modulini yaratishni ko'rib chiqamiz:
def katta(a,b): #katta nomli funksiya yaratamiz
if a>b:return a
else:return b
Ushbu kodlarni maks.py fayliga saqlaymiz va yangi oyna ochib dasturimiz kodlarini yozamiz.
import maks #maks moduliga bog'lash
n=int(input("1-sonni kiriting="))
m=int(input("2-sonni kiriting="))
print("Kattasi:", maks.katta(n,m)) #maks modulining katta nomli funksiyasidan foydalanish
Dastur kodini yaratgan modullarimiz bilan bitta papkaga saqlab olishimiz kerak bo'ladi. Dasturimiz to'g'ri ishlayapdi. Bir nechta funksiyalardan iborat bo'lgan modul yaratib ko'ramiz. Modullarning ichida boshqa modullardan foydalanish mumkin:
from math import * #math modulini bog'lash
def ildiz(a):
return sqrt(a) #ildizni hisoblash
def kvdaraja(b):
return b**2 #kvadratini hisoblash
def faktorial(d):
return factorial(d) #faktorialni hisoblash
def smodul(c):
return abs(c) #modulni hisoblash
Bu kodlarni matem nomi bilan saqlab qo'yamiz.
Yaratgan matem modulimizdan foydalanib dastur tuzamiz:
from matem import * #matem moduliga bog'lash
n=int(input("Son kiriting="))
print("Sonning ildizi:", ildiz(n)) #matem modulidagi funksiyalardan foydalanish
print("Sonning kvadrati:", kvdaraja(n))
print("Sonning faktoriali:", faktorial(n))
print("Sonning moduli:", smodul(n))
Dasturimizni saqlab bajarib ko'ramiz. Dastur ishlayapdi.
Satrlar bilan ishlovchi modul yaratamiz:
def uzunligi(s): #modul uchun funksiyalar yaratamiz
return len(s)
def kattaharf(s):
return s.upper()
def kichikharf(s):
return s.lower()
def teskari(s):
s2=""
for i in range(len(s)-1,-1,-1):
s2=s2+s[i]
return s2
Modulni satr.py deb saqlaymiz:
from satr import * #satr moduliga bog'lash
matn=input("Matn kiriting: ")
print("Matnni uzunligi:", uzunligi(matn))
print("Matnni katta harflarga o'tkazish:", kattaharf(matn))
print("Matnni kichik harflarga o'tkazish:", kichikharf(matn))
print("Matnni teskari chiqarish:", teskari(matn))
Natija:

Dastur natijasi.


Xulosa.
Modullar dasturlash uchun juda muhimdir, ular dastur tuzish jarayonini osonlashtiradi. Boshqa dasturlash tillari kabi pythonda ham modullar yaratib foydalanish mumkin. Pythonda saqlangan dasturlarni modul deb atasa ham bo'ladi. Modullarni nomlashda pythonda ishlatiladigan maxsus so'zlar, operator nomlari, standart modullar nomlari bilan bir xil bo'lib qolmasligi kerak. Bu xatoliklar keltirib chiqarishi mumkin. Python dasturlash tilining ya'na bir qulay tomoni c, c++ dasturlash tilida yozilgan modullar bilan ham bog'lab dastur tuzish mumkin.




Download 30.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling