Guruh talabasi Norqulova Ozodaning O’qish fanidan amaliy ishi


Download 182.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana20.11.2023
Hajmi182.55 Kb.
#1789479
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu 3-4-sinflarda masal o’tish darsining ishlanmasini tuzish

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja


17 05- guruh talabasi 
Norqulova Ozodaning O’qish fanidan 
amaliy ishi 
 
Mavzu:3-4-sinflarda masal o’tish darsining ishlanmasini tuzish 
Reja: 
1. Boshlang’ich sinflarda masal dars ishlanmasiga qo’yiladigan talablar 
2. Masal ustida ishlash bosqichlari 
3. 3-4-boshlang’ich sinflarda masal dars ishlanmasi 
• 
Masal o’qish metodikasi 
• 
Masal –axloqiy,satiriq va kesatik mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks 
ettiruvchi aksariyat kichik she’riy ba’zan nasriy asardir.Inson xarakeriga xos 
xususiyatlar masalda majoziy obrazlar-hayvonlar,jonivorlar va o’simliklar 
dunyosiga ko’chiriladi.Ko’pincha masalning kirish qismida ba’zan 
pirovardida qissadan hissa-ibratli xulosa chiqariladi. 
• 
Masal kichik hajmli,ammo boy mazmunli,tugun,kulminatsion nuqta va 
yechimli bo’lgan kichik pesani eslatadi.U biror voqea hodisani 
qisqa,mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo’la oladi. 
Boshlang’ich sinflarda masal dars ishlanmasiga qo’yiladigan talablar
• 
Boshlang’ich sinflarda masalni o’rganishda bolalarni masalni ifodali 
o’qishga va uning mazmunini qisqa, ba’zan bir necha so’z bilan aytib 
berishga (masalni to’liq qayta hikoya qildirish tavsiya etilmaydi), ayrim 
qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aytib, o’zaro qiyoslashga 
o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Masalning allegorik mazmuniga 
to’xtalmasdan, bosh personaj obrazini tahlil qilishga kirishiladi. 1- sinfda 
bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o’xshash kulgili hikoya kabi 
qabul qilsalar, 2- sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning xatti-
harakati, o’zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini
masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko’proq she’riy tarzda 


bo’lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola 
boshlaydilar. 

Download 182.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling