Guruh talabasi Otajon Sobirovning O‘zbekistonni rivojlanish strategiyasi va fuqarolik jamiyati fanidan tayyorlagan mustaqil ishi mavzu


Download 248.27 Kb.
bet1/6
Sana02.01.2022
Hajmi248.27 Kb.
#197591
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Otajon Sobirov - Mustaqil ish


Farg‘ona Davlat Universiteti

San’atshunoslik fakulteti

Cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi

19.32-guruh talabasi

Otajon Sobirovning

O‘zbekistonni rivojlanish strategiyasi va fuqarolik jamiyati fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: “Yoshlar faolligini oshirishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqini o‘rni”.

Bajardi: Otajon Sobirov
Qabul qildi: Akmal Saidxonov

Yoshlar faolligini oshirishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqini o‘rni”.





Reja:

  1. Yoshlar ittifoqi

  2. Yoshlar faolligini oshirishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqini o‘rni

  3. Xulosa

Yoshlar ittifoqi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Shavkat Mirziyoyev  2017 yil 30 iyun kuni “Kamolot” YoIH ning IV-Qurultoyida ishtirok etdi. Bu Qurultoyda davlat tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibori va yoshlarning davlat kelajagiga ma’sulyat bilan yondashayotganligi yana bir bor o‘z aksini topdi.  Prezidentimiz yoshlarning erishayotgan yutuqlari bilan o‘zbek xalqi faxrlanishini ta’kidlab, yoshlarni qiynayotgan muammolarga to‘xtalib o‘tdi.

Qurultoyda yoshlarning madaniyatini boyitish, intellektual salohiyatini oshirish,  dunyoqarashini yanada kengaytirish, o‘sib kelayotgan yoshlarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlash, ularni rahbar sifatida shakllantirib borish va eng asosiysi yoshlarda vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada kuchaytirish  masalalari dolzarb mavzu sifatida qo‘yildi. 

Qurultoyda “Kamolot” YoIH ni tubdan isloh etish, uning faoliyatini yanada kengaytirish, yoshlarni keng miqyosda jalb etish, yoshlarning  ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko‘maklashish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bo‘lib yetishishiga munosib hissa qo‘shish  maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan “Kamolot”  YoIH negizida  “Yoshlar Ittifoqi” yoshlar  tashkiloti ta’sis etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kunini “Yoshlar kuni” deb e’lon qildi. “Xo‘sh, Yoshlar  Ittifoqi vatanimiz ravnaqi yo‘lida yoshlar uchun qanday imkoniyatlarni  bera  oladi  va  qanday vazifalarni bajaradi?” degan savol har bir yurtdoshimiz ko‘nglidan o‘tgan bo‘lsa ajab emas.

Hozirda Yoshlar Ittifoqiga yoshlar o‘z qobiliyatidan  kelib chiqqan holda va o‘z xohishlari bilan yoshlar tashkilotiga ilk qadamlarini qo‘ymoqda. Bunda yoshlar qamrovi cheklanmagan holda, O‘zbekistonning  barcha  yoshlarini jalb qilish, yoshlarga o‘z yo‘lini tanlashda ko‘maklashish,  ularga moddiy  va ma’naviy yordamlashishni o‘zining asosiy vazifalaridan biri qilib qo‘ydi. Yurtimizdagi har bir yosh ularga berilayotgan imkoniyatlardan chetda qolmasligi shart.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.


Download 248.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling