Maydoniy tranzistor statik xarakteristikalarini tadqiq etish
Ishning maqsadi: Maydoniy tranzistor statik xarakteristikalari va
differentsial parametrlarini o’rganish, tranzistor ishiga temperaturaning ta'sirini
tadqiq etish.
Stok toki zatvorga kuchlanish berish orqali boshqariladi, ya'ni
boshqarilayotgan p-n o’tishga teskari kuchlanish UZI>0 beriladi. UZI dagi berkitish
kuchlanishi ortgan sari hajmiy zaryad sohasining kengligi ortib boradi. Natijada
berilgan USI kuchlanish qiymatida kanal kengligi kichrayadi, uning qarshiligi RK
ortadi, demak stok bilan istok oralig’idagi stok toki IS kamayadi. 13.2- rasmda
boshqarish xarakteristikasi IS= f (UZI) keltirilgan.
Boshqaruvchi p-n o’tishning hajmiy zaryad sohasi va asos bilan kanal
orasidagi p-n o’tish birikkandagi (stok toki IS nolga teng bo’ladigan) zatvor
kuchlanishi qiymati bo’sag’aviy kuchlanish UBO’S deb ataladi.
Xulosa:
Men ushbu labaratoriya ishiadan Maydoniy tranzistor statik xarakteristikalari va
differentsial parametrlarini o’rganish, tranzistor ishiga temperaturaning ta'sirini
tadqiq etishni o‘rganib oldim.
14 - LABORATORIYA ISHI MDYa tranzistorlarning statik xarakteristikalarini tadqiq etish
o’rganish.
Bu ishni bajarishda stok toki zanjiridagi qarshilik qiymatining uzatish
xarakteristikasi ko’rinishiga ta'sirini o’rganib chiqing. Kvazi chiziqli yuklama
sifatida turli maydoniy tranzistorlar qo’llanilganda uzatish xarakteriskalar turlicha
bo’lishiga ahamiyat bering.
Mantiqiy signallar sathlarini aniqlashda kalitning uzatish xarakteristikasi
UCHIQ=f(UKIR) dan foydalanilishiga e'tibor bering. (14.1- rasm)
Mantiqiy nol U0 hamda mantiqiy bir U1
sathlar uzatish xarakteristikasi va
uning ko’zguli aksi (punktir chiziq) kesishgan nuqtalardan aniqlanadi.
ΛU = U1 – U0
mantiqiy signallarning sathlar farqi deb ataladi.
Xulosa:
Men ushbu labaratoriya ishiadan MDYa tranzistorlarni statik rejimda ishlash xossalarini o‘rganib oldim. Bu ishni bajarishda stok toki zanjiridagi qarshilik qiymatining uzatish xarakteristikasi ko’rinishiga ta'sirini o’rganib chiqdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |