Guruh talabasi shomurov adham tekshirdi : saipnazarov j


Nisbiy kesish tezligi va nisbiy turg‘unlik ko‘rsatkichlari


Download 332 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi332 Kb.
#1064408
1   2   3   4   5
Bog'liq
Grafda turg’unlik to’plami. Graflning ichki va tashqi turg’unlik

Nisbiy kesish tezligi va nisbiy turg‘unlik ko‘rsatkichlari. z (yoki m) kattaliklarni doimiy deb hisoblab bo‘lmaydi. Ko‘rsatkichlarni o‘zgarishida aniqlangan qonuniyatlar mavjud.
z kattalik kesish tezligi va haroratini kesuvchi asbobning yeyilishiga va turg‘unligiga taosir etish darajasini harakterlaydi. Agarda keskichning o‘tmaslanishi issiqlik omillarini taosirisiz faqat mexanik ishqalanish natijasida sodir bo‘lganda edi, u holda o‘tmaslanish mezoni sifatida qabul qilinuvchi doimiy yeyilishga ishqalanishning doimiy ishi (o‘tmaslanish davrigacha) muvofiq bo‘lar edi. Doimiy kesish kuchida ishqalanish ishi, kesish tezligi yo‘nalishida keskichni bosib o‘tgan L nisbiy yo‘liga proportsional bo‘ladi va doimiy o‘tmaslanish mezoniga ishqalanish yo‘lining doimiy qiymati javob berar edi.
Yoki w=wkr=const bo‘lganda
L=VT=const
Bu yerdan
SHunday qilib, yuqori haroratlarni taosirisiz, toza mexanik ishqalanishda Z ko‘rsatkich birga teng bo‘lar edi.
Lekin kesuvchi asbobning ishchi qirralarini mexanik ishqalanishidan tashqari kesish jarayonida kesuvchi asbob kesuvchi qirrasining kontakt yuzalarida hamma vaqt haroratlarni oshish joyiga ega, bu kesish tezligini yeyilishiga taosirini kuchaytiradi.
SHuning uchun amaliy jixatdan z kattalik ko‘p xollarda birdan ancha katta bo‘ladi. Kesuvchi asbobni yeyilishida kesish harorati qanchalik katta rol oynasa, z ko‘rsatkich shunchalik yuqori bo‘ladi.
Yuqori haroratga kam taosir qiladigan mineralokeramik keskichlar bilan ishlashda (TSM 332 kesuvchanlik xususiyatlarini 1200S gacha saqlaydi) z ko‘rsatkich 2-4 chegaralarda joylashadi. Bunday yuqori haroratlarga bardosh bera olmaydigan qattiq qotishmalar (kesuvchanlik xususiyatlari 200 - 1000 S gacha saqlanadi) bilan yo‘nishda z ko‘rsatkich o‘rtacha 5 ga teng bo‘ladi. Biroq, pasaygan kesish tezligi bilan qobiq bo‘yicha cho‘yan va po‘lat quymalarni qattiq qotishmalar bilan shilishdi (obdirka) abraziv yeyilish ustun keladi va z qiymat ancha kamayadi (z = 2,5 - 3,5 ).
Tezkesar keskichlar (R18) qattiq qotishmalarga nisbatan kam issiqbardoshlikka ega (560 - 580 S haroratgacha bardosh beradi) va ular uchun z qiymat ancha katta (z=8) bo‘ladi.
Yuqori haroratga yanada taosir qiladigan kam legirlangan tezkesar po‘latlardan tayyorlangan keskichlar uchun z=10 bo‘ladi.
Tekisliklarni tezkesar frezalar bilan frezalashda z ko‘rsatkich 3 ga teng, yaoni yo‘nishdagicha nisbatan ancha kam bo‘ladi. Bu quyidagicha tushuntiriladi, frezaning har bir tishi tez-tez tanaffuslar bilan ishlaydi va kesish harorati to‘xtovsiz yo‘nishdagicha nisbatan past bo‘ladi.
Sidirishda z kattalik yanada kichik bo‘ladi (z=0,5-0,87 yoki m=2-1,15), bu odatda juda past kesish tezligida [0,025-0,150 m/sek (1,5-9,0m/min)] bajariladi.
Biz turli xil kesuvchi asboblar bilan ishlashda z qiymatlarni ko‘rib chiqdik. Lekin bitta kesuvchi asbob bilan ishlashda z qiymat shuningdek doimiy bo‘lib qolmaydi va hammadan xom kesish tezligiga va kesuvchi asbobning turg‘unlik davriga boғliq bo‘ladi.
Yuqori turg‘unlik davrlari ( va pasaygan tezliklar) zonasida z ko‘rsatkich kamayadi.
Uning natijasida logarifmik koordinatalarda T-V chiziq to‘g‘ri emas balki egri chiziq bilan ifodalanadi: yuqori turg‘unlik zonasida bu chiziq pastga egiladi ( 88 shaklda shtrixli chiziq bilan ko‘rsatilgan ) T-V chiziqning bunday shaklida z ko‘rsatkich V va T larning xoxlagan qiymatlari uchun berilgan nuqtada chiziqqa urinma bo‘lgan o‘zgaruvchi qiyalik burchagining tangensi bilan ifodalanadi.
Turli xil turg‘unlik davrlarida z ko‘rsatkich doimiy qiymatni saqlanishini faraz qilib va xech qanday chegarasiz uni qabul qilganimizda edi T-V boғliqlik xaqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan natijalarga olib kelishini oddiy misol bilan ko‘rsatish mumkin.
z=const=8 bo‘lsin va V1 = 1 m/sek (60 m/min) da turg‘unlik davri T1 = 7200 sek ( 2 soat).
V2 = 0,1 m/sek (6 m/min) tezlikda T2 turg‘unlik davrini topish talab qilinadi.
(3) formula bo‘yicha T2 ni topamiz. million soat yoki 23000 yilga yaqin, bu albatta mumkin emas.
SHunday qilib, T-V boғliqlik V va T qiymatlarni o‘zgarish keng diapazonda (1) va (2) ko‘rinishdagi emprik formula bilan aniq ifodalangan bo‘lishi mumkin emas, agarda unda z=const deb qabul qilinsa.
Faqatgina turg‘unlik davrini chegaralangan o‘zgarish chegarasida, taxminan 10 dan 100 - 120 min gacha, qo‘sh logarifmik setkada T-V boғliqlikni ifodalovchi chiziq uchastkasini z=const bo‘lganda (1) yoki (2) formulaga muvofiq bo‘luvchi to‘g‘ri chiziq bo‘lagi sifatida yetarlicha yaqinlashish bilan ko‘rib chiqish mumkin.
Biroq, bunday turg‘unlik davrning tor diapazonida T=80–90 dan boshlab z qiymatni bir shuncha kamayish seziladi.
Ko‘pgina eksperimental tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki z qiymatga shuningdek kesik kesimining o‘lchamlari taosir etadi: surishni oshishi bilan z ko‘rsatkich kamayadi. O‘sha yo‘nalishda z qiymatga kesish chuqurligi juda kam taosir etadi. Amaliy jixatdan hisoblar uchun turli xil surish va kesish chuqurligida bir xil z (yoki m) qiymatlarni qabul qilish mumkin.
10 - jadvalda umummashinasozlik normativ mahlumotlari bo‘yicha [51] o‘tuvchi keskichlar uchun z va m o‘rtacha hisobiy qiymatlari keltirilgan.
Bu jadvalda keltirilgan daraja qiymatlari 10 dan 120 minutgacha bo‘lgan turg‘unlik qiymatlari uchun xaqiqiydir.
jadval-22

Ishlov beriladigan material

Keskich kesuvchi qismining materiali

Grad

m

z

Uglerodli po‘lat va po‘lat quyma

R18 tezkesar po‘lat qattiq qotishma TSM332 mineralokeramika

-
-
-

0,125
0,2
0,24

8
5
4,2

Legirlangan po‘lat

R18 tezkesar po‘lat qattiq qotishma TSM332 mineralokeramika

-
-
-

0,125
0,2
0,3

8
5
3,33

Zanglamaydigan issiqbardosh po‘lat X18N9T

R18 tezkesar po‘lat va (VK) qattiq qotishma

10
-



0,15


6,67


Kul rang va bolғanuvchan cho‘yan

qattiq qotishma TSM332 mineralokeramika

-
-

0,2
0,43

5
2,3

Uglerodli va legirlangan po‘lat

qattiq qotishma

-

0,18

5,55

Kul rang cho‘yan

qattiq qotishma

-

0,28

3,57

Izox: Qattiq qotishma bilan qoplangan keskichlar bilan qobiq bo‘yicha cho‘yan quymani ishlashda z=2,5-3; po‘lat quymaning qobiғi bo‘yicha shilishda z=3-3,5



Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling