Guruh talabasi Sultonmurodova Umidaning Kompyuterni tashkillashtirish fanidan 3-amaliy ish


Download 202.72 Kb.
bet1/3
Sana16.04.2023
Hajmi202.72 Kb.
#1359791
  1   2   3
Bog'liq
umida kte


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

715-21 guruh talabasi
Sultonmurodova Umidaning
Kompyuterni tashkillashtirish fanidan
3-amaliy ish
Toshkent 2022
Amaliy ish – 3.
Kompyuterni tashkil etilishining arifmetik asoslari. Turli xil sanoq tizimlarida arifmetik amallarni bajarish

2 lik, 8 lik, 10 lik, 16 lik sanoq sistemalari bilan arifmetik amallarni amalga oshirish.


Sanoq sistemasi — bu, sonlarni belgilangan miqdoriy qiymatga еga bo’lgan belgilar asosida nomlash va tasvirlash usulidir. Sonlarni tasvirlash usuliga bog’liq ravishda sanoq sistema pozitsion va nopozitsion bo’ladi.
Pozitsion sanoq sistemasida har bir raqamning miqdoriy qiymati uning sondagi joyiga (pozitsiyasiga) bog’liq bo’ladi. Quyidagi jadvalda pozitsion sanoq sistemaga misollar keltirilgan( 1-rasm):

Asosi

Sanoq sistemasi

Foydalaniladigan belgilar

2

Ikkili

0,1

3

Uchli

0,1.2

4

To’rtli

0,1,2,3

5

Beshli

0,1,2,3,4

8

Sakkizli

0,1,2,3,4,5,6,7

10

O’nli

0,1,2,3,4,5,6,7,8,9

12

O’n ikkili

0,1,2,3,4,5,б,7,8,9,А,В

16

O’n oltili

0,1,2,3,4,5,6,7,8,9,A,B,C,D,E,F

1-rasm
Sonning pozitsion sanoq sistemasida tasvirlash uchun ishlatiladigan turli raqamlar miqdori (N) sanoq sistemasini asosi deyiladi. Raqamlar qiymati 0 dan N-1 gacha oraliqda yotadi. Umumiy holda ixtiyoriy sonni N asosli sanoq sistemasida yozish quyidagi yig’indi ko’rinishiga еga:
AnAn-1An-2 … A1A0,A-1A-2 =
АnВn + An-1Bn-1 + ... + A1B1 + А0В0 + A-1B-1 + А-2В-2 + ... (1)
bu erda, pastki indekslar raqamning sondagi joylashgan joyini (razryadini) aniqlaydi:

  • B sanoq sistemasi asosi;

  • n — raqamlarni pozitsiyasi(o’rni);

  • An , An-1, An-2 … A1, A0, A-1, A-2 — berilgan sonni raqamlari;

  • indekslarning musbat qiymatlari — sonning butun qismi uchun;

  • manfiy qiymatlar — kasr qism uchun;

  • Misol: 23,4310=2*101+3*100+4*10-1+3*10-2

Nopozitsion sanoq sistemasida raqamlar o’zining miqdoriy qiymatini, ularning sondagi joylashishi o’zgarganda, o’zgartirmaydi. Bu turda sanoq sistemasiga Rim raqamlarini misol qilish mumkin. Bu sanoq sistemasida 7 ta belgidan foydalaniladi: I, V, X, L, C, D, M.
Ularni o’nli sanoq sistemasida mos keluvchi qiymatlari:
I(1) V(5) X(10) L(50) С (100) D(500) M(1000)
Misol: III – 3 LIX – 59 DLV – 555
Rim raqamlarini ifodalash murakkabligi va ular ustida arifmetik amallarni bajarish qoidalari yo’qligi ularni kamchiligi hisoblanadi. Shuning uchun, undan ayrim joylarda foydalaniladi. Biz, asosan, pozitsion sanoq sistemasidagi sonlar ustida ish olib boramiz.

Download 202.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling