Guruh talabasi
Download 378.24 Kb.
|
МУСТАКИЛ ИШ ТАКИМОТИ
716-20 GURUH TALABASIMAMASOLIYEV BOBUR QURBONALI O‘G‘LININGTARMOQ XAVFSIZLIGI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHIMAVZU: TARMOQ XAVFSIZLIGI STANDARTLARI
2. O'zbekiston Respublikasi asosida standartning tarkibiy qismlarni tashkil qilinishi Xalqaro standartizatsiya birlashmasi (ISO) xalqaro standartlar bilan ochiq tizimlarning o'zaro bog'liqligi uchun yaratilgan. Ochiq tizim deb - xar qanday boshqa tizim bilan o'zaro bog'lana oladigan, ochiq tizimning talablarini qondira oladigan tizimga aytiladi. Ochiq tizimning o'zaro bog'liqlik etalon modeli (EM VOS) ISO standartlariga asoslangan va ITU-T (XTI – xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi) tavsiyasiga to'g'ri keladi. Buni natijasida xisoblovchi tarmoqlar soxasida xalqaro-ilmiy texnikaviy malaka yaratildi. Telekommunikatsiya tarmoqlarida tarmoq xavfsizligini ta'minlash masalalari bilan qator xalqaro va yevropa tashkilotlari (ISO, ITU, ETSI va boshqalar) shug'ullanadi. Asosiy zamonaviy muammolardan biri telekommunikatsiya tarmoqlari tarmoq xavfsizligini baholash sohasidagi me'yoriy va huquqiy asosni takomillashtirish hisoblanadi. AXni ta'minlash sohasidagi eng muhim standartlardan biri “Umumiy mezonlar” deyiladigan ISO/IEC 15408:2005 «Axborot texnologiyalari xavfsizligini baholash mezonlari (Information technology - Security techniques - Evaluation criteria for IT security)» standarti hisoblanadi. Bu standart asosida uchta qismlarda O'z DSt 15408 standarti yaratilgan bo'lib, u «O'zstandart» agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi davlat standarti sifatida ro'yxatga olingan. Xalqaro standartlashtirish institutida (ISO) IT-xavfsizlik masalalarini standartlashtirish bilan 1-birlashtirilgan texnik qo'mitaning 27-maxsus komissiyasi (Joint Technical Committee 1 Special Committee 27, JTC 1/SC 27) shug'ullanadi, unga NGN AXni ta'minlash masalalarini ko'rib chiqish bilan shug'ullanadigan beshta ishchi guruhlar kiradi. Download 378.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling