14-19-guruh talabasi Xujaniyozov Shuhratning “Banklarda buxgalteriya fanidan Mustaqil ishi
Bajardi:Sh.Xujaniyozov Tekshirdi:G.Yaqubova
Reja:
1. Bank asosiy vositalari, ularni hisobga olish, eskirishini hisoblash va hisobdan chiqarish tartibi va hisobi.
2.Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobi.
3.Bankning nomoddiy aktivlari hisobi.
1.Bank asosiy vositalari, ularni hisobga olish, eskirishini hisoblash va hisobdan chiqarish tartibi va hisobi. Asosiy vositalar balansda ularning boshlang‘ich qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Asosiy vositalar sotib olinganda puli oldindan yoki olingandan to‘lanishi mumkin. Ular oldindan to‘liq yoki qisman to‘langanda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: Debet 19909 “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatliklari uchun to‘langan mablag‘lar” Kredit 10301, 16103 “Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i”. Sotib olingan binolar balansda quyidagicha aks ettiriladi: Debet 16509 “Bank binolari va boshqa imoratlar” Kredit 19909 “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatliklari uchun to‘langan mablag‘lar”
Do'stlaringiz bilan baham: |