Ko’pgina minimalistik grafik dizaynlarda white space (bo’sh joy)ni ko’rasiz. Yoki tiqilinch bo’lib turgan elementlarnimi? Yo’q. Hamma narsa layout ichida aniq joylashtirilgan bo’ladi. Qachonki grafik dizayn loyihasi ustida ishlar ekansiz ishingizda ma’no borligiga amin bo’lishingiz kerak. Buning uchun elementlar atrofida juda ko’p bo’sh joyga ega bo’lishi va ularni ajratib olish oson bo’lishi kerak. Dizayn qilayotganingizda griddan foydalaning Ehtimol siz gridni web dizayn, UI dizayn yoki fotografiyada foydali deb o’ylarsiz, ammo ishonaveringki u grafik dizaynda ham ahamiyatga ega. Bu qanday bo’ldi? Bu qanday bo’ldi? Grid sizga tartibsizlikka olib kelib qo’ymagan holatda sodda dizayn qilishingizga ko’maklashadi. Griddan foydalanar ekansiz siz har bir elementingizni tartibda saqlaysiz va ularni mantiqiy guruhlarga bo’lish ham bir muncha osonroq bo’ladi. Shu tarzda tomoshabinlar dizayningizni yaxshi tushunishadi va qadrlashadi. Muntazam bo’ling!!! Muntazam bo’ling!!! Bitta dizayn ustida ishlayapsizmi yoki butun boshli bir loyiha ustidami farqi yo’q, loyiha uchun bir xil uslubni tanlang va butun loyiha uchun ushbu uslubni qo’llang. Buni aytish bajarishga nisbatan osonroq bo’lishi mumkin. Bir necha yillik tajribangiz bo’lsa ehtimol bu holatni boshingizdan kechirgan bo’lishingiz mumkin. Umumiy uslubni tanlagan holda boshqa uslublarni ham aralashtirib yuborish juda oson, ayniqsa minimalizm uslubidagi dizaynda. Har bir elementning ma’nosi bo’lishi kerak Har bir elementning ma’nosi bo’lishi kerak Siz iloji boricha kamroq dizayn elementlaridan foydalanishni o’ylab minimalist dizayn loyihasini boshlar ekansiz, bu shuni anglatadiki qaysi dizayningiz qaysi elementlarni o’z ichiga olishi va nimalarni qo’shmaslik kerakligiga e’tirborli bo’lishingiz kerak. Qachonki layoutga yana biror nimadir qo’shmoqchi bo’lsangiz unda bularni o’ylab ko’ring: Qo’shmoqchi bo’lgan elementingiz loyiha maqsadiga hissa qo’shadimi yoki uni yaxshilay oladimi? Befoyda, bemazmun elementlarni qo’shishdan yiroq bo’ling.
Do'stlaringiz bilan baham: |