Guruh talabasining elektron hukumat fanidan


-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari


Download 383.57 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi383.57 Kb.
#1570995
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Elektron hukumat 3-mustaqil ish

13-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari Internet jahon axborot tarmog‘idagi ushbu organlarga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga tegishli bo‘lgan va ularning faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan rasmiy veb-sayt sifatida identifikatsiya qilinadigan, hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan resursdir.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlarida ushbu Qonun 5-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan axborotdan tashqari quyidagilar joylashtirilishi mumkin:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma tarzidagi axborot (biografik ma’lumotlar, fuqarolarni qabul qilish kunlari va hokazo);
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining ish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning telefon raqamlari hamda pochta manzillari, elektron pochta manzillari, ma’lumot xizmati telefonlarining va ishonch telefonlarining raqamlari, jamoat transportining qatnov yo‘llari, to‘xtash joylarining nomlari va yo‘nalish raqamlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rahbarlari, shuningdek ushbu organlar tomonidan vakolat berilgan mansabdor shaxslar chiqishlarining hamda bayonotlarining matnlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari huzurida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi axborot;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining ro‘yxati;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi tahliliy ma’ruzalar hamda axborot tusidagi sharhlar;
arizalarni, takliflarni, shikoyatlarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida axborot;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovlarni qabul qilish tartibi haqidagi axborot;
kelib tushgan arizalarni, takliflarni, shikoyatlarni, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovlarni ko‘rib chiqishning umumiy natijalari haqidagi axborot.
Oldingi tahrirga qarang.
amalga oshirilayotgan profilaktika tadbirlarining mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan materiallar, qonuniylikning holati va jinoyatchilikning darajasi haqidagi ma’lumotlar, sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda ularga chek qo‘yish chora-tadbirlari haqidagi axborot.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlarida qonunchilikka muvofiq ularning faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborot ham joylashtirilishi mumkin.
(13-moddaning uchinchichi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlaridagi axborot davlat tilida joylashtirilishi kerak. Rasmiy veb-sayt boshqa tillardagi shakllarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladigan axborotning sanasi qo‘yilgan bo‘lishi hamda u vaqti-vaqti bilan yangilab borilishi kerak. Axborotni yangilab borish davriyligi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi, lekin u haftasiga bir martadan kam bo‘lmasligi kerak.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan axborot ishonchli bo‘lishi kerak va u ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan axborot bilan teng kuchga ega bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 808-sonli “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

Download 383.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling