Guruh talabasining elektron hukumat fanidan
-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalari
Download 383.57 Kb.
|
Elektron hukumat 3-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmati
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalari
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalari quyidagilardan iborat: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy nashrlari; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining, shuningdek ushbu organlar tomonidan vakolat berilgan mansabdor shaxslarning chiqishlari va bayonotlari; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining xabarlari; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rasmiy veb-saytlarining materiallari; ommaviy axborot vositalarining materiallari. Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar ham davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalari bo‘lishi mumkin. (9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 10-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmati Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tayyorlash hamda tarqatish vazifalarini bajaruvchi, shuningdek ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan hamkorlikni ta’minlovchi tarkibiy bo‘linmasi yoxud ushbu vazifalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxs davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmatidir (bundan buyon matnda axborot xizmati deb yuritiladi). Oldingi tahrirga qarang. Axborot xizmati ommaviy tadbirlarni tashkil etish, axborot xabarlarini (press-relizlar, byulletenlar va hokazolarni) tarqatish, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytida ularning faoliyati to‘g‘risidagi axborotni joylashtirish va yangilab borish yo‘li bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish chora-tadbirlarini ko‘radi. Axborot xizmati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatishning qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa usullaridan ham foydalanishi mumkin. (10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Axborot xizmatining faoliyatini tashkil etish tartibi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi. LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati to‘g‘risida namunaviy nizom”. Download 383.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling