Guruh talabasining elektronika va sxemalar 1
Download 125.23 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mustaqil ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELEKTRONIKA VA SXEMALAR 1 FANIDAN 1–Mustaqil ishi Bajardi
- Qarshi-2023 REJA: 1. Elektron sxema simulyatorlari. Elektr kattaliklar va ularni
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI KI 13-22 (S) GURUH TALABASINING ELEKTRONIKA VA SXEMALAR 1 FANIDAN 1–Mustaqil ishi Bajardi: N.Mahamadiyev Qabul qildi: X.N.Polvonov Qarshi-2023 REJA: 1. Elektron sxema simulyatorlari. Elektr kattaliklar va ularni tadqiq etish 2. Elektr sxemalarni Kirxgof qonunlari asosida hisoblash 3. Xulosa 4. Foydalanilgan adabiyot 1-Mavzu: Elektron sxema simulyatorlari. Elektr kattaliklar va ularni tadqiq etish Zamonaviy axborot texnologiyalari ta'lim sohasidayangi vosita va usullami yaratish imkonini beradi. Bu masalani hal qilishda komputerda laboratoriya amaliyotlarini yaratish eng muhim va murakkab hisoblanadi. Hozirgikungacha о'quv laboratoriyalarida asosan an’anaviy о‘lchov asboblari qo‘llanib kelinar edi. Endi virtual o'lchov asboblari yordamida yaratilgan komputerdagi о‘lchov asboblaridan foydalanish talab etilmoqda. О‘quv laboratoriyasidagi virtual asbob (VA) - qo'shimcha maxsus dasturiy ta’minot va turli o'lchov modullari, masalan, ko'p funksional kirish - chiqish platasi bilan ta 'minlangan komputerdir. VA o'lchanayotgan axborotni yig'ish, qayta ishlash va aks ettirishni avtomatlashtirish imkonini beradi, foydalanuvchi uchun qulay interfeysga ega, uning dasturiy va apparat vositalari esa an’anaviy o'lchov vositalariga xos bo'lgan vazifalami amalga oshirish imkonini beradi, natijalami monitor ekranida foydalanuvchiga qulay shaklda aks ettiradi. VA dasturiy ta’minoti ham Visual C++, Visual Basic va boshqalar kabi standart vositalar yordamida, ham maxsus dasturlar yordamida tuzilishi mumkin. Hozirgi kunda maxsus dasturiy ta ’minot sifatida National Instruments kompaniyasining MULTISIM amaliy dasturiy paketi eng mos va qulay hisoblanadi. O'lchov jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha yaratilayotgan zamonaviy apparat vositalarining deyarli barchasi MULTISIM drayverlari bilan mos keladi. Mazkur muhitda ilovalar yaratish visual vositalar yordamida amalga oshiriladi va dasturlash bo'yicha maxsus bilimga ega bo 'lish talab qilinmaydi. Download 125.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling