Guruh talabasining elektronika va sxemalar 1


Download 83.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana30.01.2024
Hajmi83.43 Kb.
#1808967
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mustaqil ishi

tashuvchilar deb ataladilar. Quyidagi ruxsat etilgan zona valent zona deb ataladi. 
Absolyut nol temperaturada (0 K) yarim o‘tkazgichning valent zonasidagi barcha sathlar 
elektronlar bilan to‘lgan, o‘tkazuvchanlik zonasidagi sathlar esa elektronlardan xoli bo‘ladi. 
Absolyut noldan farqli temperaturalarda yarimo‘tkazgichda elektron – kovak juftliklarining 
generatsiya va rekombinatsiyasi hamda kiritmalar atomlarining ionlashuvi va neytrallashuvi sodir 
bo‘ladi. Bunda elektronlar W energiyali u yoki bu energetik sathlarni egallaydilar. Muvozanat 
holatda (T=const) o‘tkazuvchanlik elektronlari va kovaklarining o‘zgarmas konsentratsiyalari 
yuzaga keladi. 
5.2-rasmda metall, yarimo‘tkazgich va dielektrikning T= 0 Kdagi zona diagrammalari 
keltirilgan. 
Metallarda o‘tkazuvchanlik zonasi valent zonasiga kirishib ketgan bo‘ladi. Dielektriklarda 
esa ta’qiqlangan zona kengligi bir necha elektron- voltni (elektron – volt, bu elektron 1 V 
potensiallar farqidan olgan energiyasi) tashkil etadi. Eng keng qo‘llaniladigan yarim 
o‘tkazgichlarning taqiqlangan zona kengligi 0,5(2,5 eV ni tashkil etadi. 
5.2 - rasm. Metall, yarimo‘tkazgich va dielektrikning T= 0 Kdagi zona diagrammalari 
Energetik sathlarning egallanganlik holati kristallarning elektr o‘tkazuvchanligida 
namoyon bo‘ladi. Tashqi man’ba hisobiga kristallda elektr tokni yuzaga keltirish uchun elektr 
maydon hosil qilinadi. Bu maydon elektronlarni tezlatadi va ularni energiyasini oshiradi. Zona 
diagrammasi tilida bu jarayon elektronlarni qo‘zg‘atilishi deyiladi. Bunda elektronlar dastlabki 
egallab turgan energetik sathidan zonaning boshqa yuqoriroq sathiga ko‘chadi. Elektronlar bilan 
butkul to‘lgan zonadagi elektronlar o‘z energiyalarini o‘zgartira olmaydilar va shu sababli elektr 
toki hosil qilishda ishtirok eta olmaydilar. Demak, T=0 K da yarim o‘tkazgichning elektr 
o‘tkazuvchanligi nolga teng. 

Download 83.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling