Guruh talabasining linux server boshqaruvi fanidan
Download 273.5 Kb.
|
2-Laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarshi 2023
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI KI FAKULTETIATS - 11 – 20 - GURUH TALABASINING LINUX SERVER BOSHQARUVI FANIDAN 2-Labaratoriya ishi Bajardi: Soatov Alisher Qabul qildi: Achilova Firuza Qarshi 20232-LABORATORIYA ISHI Mavzu: Fayl tizimini tavsiflash, kataloglarni o‘qish, fayllar ustida amallar bajarish. Ishdan maqsad: Fayl tizimini tavsiflash, kataloglarni o‘qish, fayllar ustida amallar bajarish bo’yicha bilim va ko’nikmaga ega bo’lish. Fayl tizimi tushunchasi Fayl tizimi o’zida bir qancha ma’lumotlar strukturasi namoyish etgan holda, disk bo’lagida bo’ladi hamda o’zida fayllar katalogini ushlab turadi. Fayl tizimlar asosiy foydalanuvchi hisoblangan hamda tizimni mavjudligini bildiruvchi shu bilan birga ishlashi uchun zaruriy ma’lumotlarni saqlaydi. Fayl tizimi vazifasiga fayllarni boshqarish, nusxa ko‘chirish, fayllarning joyini ko‘chirish, qayta nomlash, kataloglar tuzish, fayllar va kataloglarni chiqarib tashlash, fayllarni izlash, fayllar tuzilmasida turli amallarni bajarish va hokazolar bajariladi. Linux OT fayl tizimi Ext – Linux operastion tizimning birinchi fayl tizimi xisoblanadi, dastlabki linux versiyalarida qo’llanilgan. Jurnallar bilan ishlay olmaydi, mana shu uning kamchiligi hisoblanadi. Ext2 – 1993 yilda yaratilgan eski fayl tizimlaridan biri hisoblanadi. Ko’p yillar davomida bu fayl tizimi barcha distributivlarda asosiy fayl tizimi sifatida qo’llanilgan. Ext2 fayl tizimini ishlashi kesh xotira bilan bog’liq. Ext3 (Third Extended Filesystem)– ext2 fayl tizimining yangilangan ko’rinishi, lekin bu tizimda yangi texnologiya (jurnallar bilan ishlash) qo’llanilgan. Diskda sodir bo’lgan o’zgarishlarning barchasi “jurnallarga” yozib boriladi va ma’lumotlarga zarar yetkanda shu jurnallar orqali fayllarni tiklash mumkin bo’ladi. Jurnallar bilan ishlashning quyidagi rejimlari mavjud: — Ordered – bu rejimda fayl tizimida sodir bo’lgan hizmat(sлuжебный) fayllarini o’zgarishlari yozib boriladi. Rejim odatiy tarzda ishlatiladi. — Journal – buzilish sodir bo’lganda ma’lumotlarni minimal yo’qotishga erishmoqchi bo’lsangiz shu rejimdan foydalanishingiz mumkin. — Writeback – eng tez ishlovchi rejim hisoblanadi. Jurnalning ishlash rejimini faqat Ext3 fayl tizimi uchun o’rnatish mumkin va u quyidagicha o’rnatiladi: /etc/fstabfayli o’zgartiriladi /dev/sda5 / ext3 defaults, data=journal 1 1 Ext4 – Linuksning yangi ishlab chiqilgan fayl tizimlaridan biri hisoblanadi. Bu fayl tizimi Linuks yadrosining 2.6.28 versiyasida paydo bo’lgan. Ext3 fayl tizimi bilan solishtiradigan bo’lsak, Ext4 fayl tizimi ishlashi va ishonchliligi 2 barobar oshganligini ko’rishimiz mumkin. Bu tizimda disk razdelining maksimal qiymati 1024Pbayt (1Ebayt), fayl xajmining maksimal qiymati 2 Tbayt qilib belgilangan. Download 273.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling