Guruh talabasining linux server boshqaruvi fanidan


Download 273.5 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi273.5 Kb.
#1558387
1   2   3
Bog'liq
2-Laboratoriya ishi

Linux kataloglari:
/ — asosiy katalog
/bin — operastion tizimning asosiy buyruqlari saqlanadi
/boot — Linux yadrosi va yuklashni boshqarish utilitlari saqlanadi
/dev — qurilmalarning fayli saqlanadi
/home —  foydalanuvchilarining shaxsiy xujjatlari saqlanadi
/root — super foydalanuvchisining shaxsiy fayllari saqlanadi
/lib — sistema kutubxonlari saqlanadi
/tmp — vaqtinchalik ma'lumotlar saqlanadi


Fayllar ustida amallar
1. cp: Faylni nusxalash
cp(copy) utiliti fayldan nusxa olishga xizmat qiladi. Bu utilita orqali istalgan turdagi fayldan nusxa olish mumkin.
Ushbu buyruqni amalga oshirish uchun quyidagilarni buyruqlar satriga yozish talab etiladi: cp fayl_nomi fayl_manzili


2. mv: Fayl nomini o`zgartirish
mv(move) utiliti orqali fayldan nusxa olmasdan turib uning nomini o`zgartirish mumkin. mv existing-filename new-filename
Bu yerda existing-filename bu mavjud o`zgartirilishi kerak bo`lgan fayl hisoblanadi, new-filename esa mavjud faylga yangi nom hisoblanadi.


3. lpr: Faylni chop etish
lpr (line printer) utiliti orqali bir yoki bir nechta fayllarni printer uchun pechatga berishimiz mumkin. Bunda printer uchun pechatga berilgan barcha fayllar navbatda turadi. Linux da printer uchun pechatga beriladigan fayllardan bitta printerdan turib doimiy ravishda bir necha kishi chiqartirib olishi mumkin. Ya`ni bunda bir necha kishi bitta printerga so`rov amalga oshirish imkoniyati mavjuddir.


4. Lpstat
Lpstat –p orqali tizimda mavjud bo`lgan printerlarning ro`yhatini olishimiz mumkindir.
Lpstat –o orqali printerga chiqartirish uchun berilgan fayllar haqida ma`lumotlar olish imkoniga ega bo`linadi.


5. Lprm
Lprm utiliti orqali pechatga berilgan faylni navbatdan o`chirib tashlash mumkin. $ lprm 86



Download 273.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling