Guruhi F. I. Sh. 731-18


Download 32.91 Kb.
bet8/13
Sana05.05.2023
Hajmi32.91 Kb.
#1428522
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kodirov Ubaydullo Muxammadali o\'g\'li

6-AMALIY MASHG‘ULOT.
SIP PROTOKOLI BAZASI ASOSIDA IP-TELEFONIYA TARMOG‘INI
QURISHNI O‘RGANISH.

Mashg‘ulotning maqsadi
SIP tarmoqlari elementlari, adreslash va tarmoqlararo o‘zaro bog‘lanish variantlari bilan tanishishdan iborat.
Nazorat savollari

  1. SIP protokoli nima uchun kerak ?

Session Initiation Protocol (SIP )- seanslarni initsiatsiyalovchi protokol amaliy satx protokoli hisoblanadi va tashkillashtirish, modifikatsiyalash va aloqa seansini tugatish (multimediali konferensiya, telefon ulanishi va multimediali axborotlarni taqsimlash) uchun qo‘llaniladi. Buning asosida quyidagi tamoyillar yotadi:

  • Mobil foydalanuvchilarning pesonalligi. Foydalanuvchilar tarmoq atrofida chegaralanmagan holda joylashishi mumkin, shuning uchun aloqa xizmati bunday tarmoqning har qanday joyiga taqdim etilishi mumkin. Foydalanuvchiga ajoyib identifikatsiya beriladi, tarmoq esa unga qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar aloqa xizmatini taqdim etadi. Buning uchun foydalanuvchi maxsus xabar - REGISTER - yordamida joy o‘zgarganligi haqida o‘rnashgan joyini aniqlovchi serverga xabar beradi.

  • Tarmoqning masshtablanuvchanligi birinchi navbatda uni kengaytirishda tarmoq elementlarining sonini oshish imkoniyati bilan xarakterlanadi. SIP protokoli bazasida qurilgan tarmoqning server tuzilishi to‘liq holda bu talabga javob beradi.

  • Protokolning kengayuvchanligi, yangi xizmatlarni kiritishda va turli ilovalar ishi bilan moslashishda yangi funksiyali protokollarni qo‘shish imkoniyatlari bilan xarakterlanadi.

  • Mavjud Internet protokollarini stekdagi integratsiyasi. SIP protokoli, Internet Engineering Task Force (IETF) komiteti tomonidan ishlab chiqilgan multimedianing global arxitekturasining bir qismi hisoblanadi.

  • Signalizatsiyaning boshqa protokollari bilan o‘zaro bog‘lanish. SIP protokoli, N.323 protokoli bilan birgalikda qo‘llanilishi, shuningdek SIP protokoli, TfUF - DSS1 va OKS 7 signalizatsiya tizimi bilan ham o‘zaro bog‘lanishi mumkin.

SIP protokolining eng muhim xususiyatlaridan biri, transport texnologiyalariga bog‘liq emasligi hisoblanadi. Transport sifatida X.25, Frame Relay, AAL5, IPX va boshqa protokollar qo‘llanilishi mumkin. SIP xabarlarining tuzilishi transport texnologiyasini tanlashga bog‘liq emas. Lekin ayni shu paytda IP paketlarini m arshrutlashtirish texnologiyasi va UDP protokoli afzal ko‘riladi.
Shuni aytish joizki, signal xabarlari nafaqat transport satxining UDP protokollari bilan, balki TSR protokollari bilan ham ko‘chiriladi. IP paketlari marshrutizatsiyasi bilan tarmoq bo‘ylab amalda foydalanuvchi axborotining har qanday turi: nutq, video va ma’lumotlarni, shuningdek multimediali axborot deb ataladigan uning har qanday kombinatsiyasini uzatish mumkin. Foydalanuvchi terminallari orasida aloqani tashkil qilish uchun qarama-qarshi tomonga, qanday turdagi axborotni qabul qilish (uzatish) mumkinligi, uni uzatish uchun zarur bo‘lgan kodlash algoritmi va adresi ma’lum qilinishi lozim. SHunday qilib, muqarrar sharoitlarda SIP protokoli yordamida aloqani tashkil etish, uning funksional imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda shu aloqa ishtirokchilari deb faraz qilinuvchilar orasida axborot almashish hisoblanadi.


  1. Download 32.91 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling