Guruhi talabasi Bekturdiyeva Orastaning Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan tayyorlagan Kurs ishi


Ot: 1. So'z turkumi. 2. So'rog'i. 3. Birlik yoki ko'plikda ekanligi. Sifat


Download 161.59 Kb.
bet6/22
Sana25.06.2023
Hajmi161.59 Kb.
#1654367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Bekturdiyeva Orasta 19-10 TIM kurs ishi

Ot: 1. So'z turkumi. 2. So'rog'i. 3. Birlik yoki ko'plikda ekanligi.
Sifat: 1. So'z turkumi. 2. So'rog'i. 3. Qaysi ot bilan bog'langanligi.
Fe’l. 1. So'z turkum i. 2. So'rog'i. 3. Bo'lishli yoki bo'lishsiz
ekanligi.
Og'zaki tahlil namunasi: Mevali daraxtlar gulladi. Mevali — sifat,
qanday? — mevali; daraxtlar oti bilan bog'langan: mevali daraxtlar;
daraxtlar — ot, nimalar? — daraxtlar, ko'plikda; gulladi — fe’l, nim a
qildi? gulladi, bo'lishli. 4-sinfda o'rganilgan mavzularni hisobga olib, morfologik tahlil
biroz to'ldiriladi va quyidagi tartibda o'tkaziladi:Ot: 1. So'z turkumi. 2. Bosh kelishik shakli.3.Birlik yoki ko'plikda ekanligi. 4. Egalik qo'shimchasi, shaxs-soni. 5. Kelishigi.
Sifat: 1. So'z turkumi. 2. So'rog'i. 3. Qaysi ot bilan bog'langanligi.
Son: 1. So'z turkumi. 2. So'rog'i. 3. Qaysi ot bilan bog'langanligi.
Olmosh: Kishilik olmoshi: 1. So'z turkumi. 2. So'rog'i. 3. Shaxssoni. 4. Kelishigi.
Fe’l: 1. So'z turkum i. 2. So'rog'i. 3. Bo'lishli yoki bo'lishsiz ekanligi. 4. Shaxs-soni. 5. Zamoni. O'quvchilar tahlil tartibini bilib olishlari uchun o'qituvchi bu
tartibga rioya qilib so'zga xarakteristika berishning qulayligini
tushuntiradi.
So'z turkumiga ko'ra tahlil og'zaki va yozma tarzda o'tkaziladi:
uni mustaqil mashq sifatida topshirish ham mumkin. To'liq bo'lm agan
morfologik tahlildan xilma-xil grammatik vazifalarni bajarish maqsadida yangi mavzu bilan tanishtirish bosqichida ham, uni m ustahkam lash bosqichida ham foydalaniladi.
Morfologik tahlilning vazifasi hozirgi o'zbek tilida so'z qanday
ma’noli qismlardan tuzilganini aniqlashdir. Morfologik tahlil 3-sinfdan
boshlanadi. Bu sinfda o'quvchilarga o'zakdosh so‘zlar, o‘zak o'zakdosh
so'zlamning umumiy qismi ekani, so‘z yasovchi qo‘shimchalar va
so‘z o'zgartuvchi (shakl yasovchi) qo'shimchalar haqida elementar
ma’lumot beriladi. So‘z tarkibiga ko‘ra tahlil quyidagicha o'tkazilishi mumkin:
1. So‘zga so'roq berish va u nimani anglatishini bilish.
2. O‘zakni aniqlash. Buning uchun so'zga o'zakdosh so'zlar tanlash.
O'zakdosh so'zlarni taqqoslash va um umiy qismi (o'zak)ni aniqlash.
3. So'z yasovchi qo'shim chani aniqlash. Bu yangi so'z yasash
uchun xizmat qilishini aytish.
4. So'z o'zgartuvchi (shakl yasovchi) qo'shim chani aniqlash. Bu so'zni boshqa so'z bilan bog'lash uchun xizmat qilishini aytish. 3-sinfda „So'zning tarkibi" mavzusi to'liq o'rganilgach, gulzorso'zini so'z tarkibiga ko'ra og'zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha
bo'lishi mumkin:
1. Qaysi so'z turkumi ekanini bilaman. Gulzor so'zi nima? so'rog'iga javob bo'ladi ,narsani bildiradi, bu-ot.
2. O 'zakni aniqlayman. Buning uchun o'zakdosh so'zlar tanlayman: gulzor, gulli, gulsiz, gu/la. Ularni solishtirib, umumiy qismini topaman—gul .Bu—o'zak.
3. So'z yasovchi qo'shim chani aniqlayman, gulzor so'zi gul so’ziga-zor so'z yasovchi qo'shimchasini qo'shish bilan yasalgan.
4.Bu so'zda so'z o'zgartuvchi qo'shimcha yo'q. So'z tarkibiga ko'ra tahlildan so'ng shunday ko'rinish hosil bo'ladi: gulzor.4-sinfda paxtakorga so'zini so'z tarkibiga ko'ra og'zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha bo'lishi mumkin:
1.Paxtakorga—ot.
2. O 'zakni aniqlayman. Buning uchun o'zakdosh so'zlar tanlayman: paxtakor, paxtazor. Solishtiraman. Umumiy qism-paxta. Bu—o'zak.
3. So'z yasovchi qo'shim chani aniqlayman: paxtakor so'zi paxta so'ziga-kor so'z yasovchi qo'shim chasini qo'shish bilan yasalgan.
4. So'z o'zgartuvchi (shakl yasovchi) qo'shim chalarni aniqlayman:
-ga —so'z o'zgartuvchi qo'shimcha, kelishik qo'shimchasi. 4-sinfda ishladim so'zini so'z tarkibiga ko'ra og'zaki tahlil tartibi:1.Ishladim—fe’l.2. 0‘zakni aniqlayman. 0 ‘zakdosh so'zlar tanlayman: ishla ,ishli ,ishsiz, ishchan. Solishtiraman. Umumiy qism — ish. Ish —o'zak. 3. So'z yasovchi qo'shimchani aniqlayman: ishla fe’li ish so'ziga
-la qo'shimchasini qo'shish bilan yasalgan. -la — fe’l yasovchi
qo'shimcha. So'zni morfologik tahlil qilish uning lug'aviy m a’nosini
tushunishda, morfemalarni to'g'ri yozishda o'quvchilarga yordam
beradigan muhim vositadir.Boshlang'ich sinflarda gram m atik va morfemik tahlil bilan birga, so'zni tovush-harf tom onidan tahlil qilishdan ham foydalaniladi.



Download 161.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling