Guruhi talabasi Bekturdiyeva Orastaning Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan tayyorlagan Kurs ishi


Grammatik mashqlar va ularning turlari


Download 161.59 Kb.
bet5/22
Sana25.06.2023
Hajmi161.59 Kb.
#1654367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Bekturdiyeva Orasta 19-10 TIM kurs ishi

1.2Grammatik mashqlar va ularning turlari.
Maktabda tildan nazariy bilimni o'rganishdan maqsad fikrni og'zaki va yozma tarzda Grammatik to'g'ri va uslubiy aniq ifodalash uchun undan ongli foydalanish hisoblanadi. Biroq nazariy bilimni amalda qo'llashni esa maqsadga muvofiq va muntazam o'rgatib borish talab etiladi. Mashqlar tizimi tushunchani o'zlashtirish bosqichiga va uning
xususiyatiga mos ravishda mashq turini tanlash, uning murakkablasha
borishini va o'quvchilar mustaqilligi o'sib borishini hisobga olgan holda
mashqlarni bajarish izchilligini aniqlashni ko'zda tutadi. Bu tizim
mashqlarning o'zaro bog'lanishiga asoslangan.Mashq turlari. Grammatik mashqlar turli asosga ko'ra tasnif qilinadi, shuning uchun mashqning har xil turi hosil bo'ladi. Agar bilimni shakllantirish xarakteriga asoslanilsa, grammatik mashqlar ikki katta
guruhgabo'linadi:1) morfologik mashqlar(bunga leksik-morfologik mashqlar ham
kiradi);2)sintaktik mashqlar Agar o'quvchilar faoliyatining xarakteri, ya’ni mashq jarayonida o'quvchilar bajaradigan aqliy omillar xarakteri asos qilib olinsa,
mashqlar analitik, sintetik, taqqoslashga, guruhlashga, umumlashtirishga
oid mashqlarga bo'linadi.Mashqning o'ziga xos xususiyatlarini aniqroq belgilash uchun
yuqoridagi ikki asos hisobga olinadi. Masalan, mashqning vazifasi
aralash berilgan so‘zlardan gap tuzishni va gap bo'laklarini ajratishni
talab etsa, bu mashq bilimni shakllantirish turiga ko'ra sintaktik mashq,
faoliyat xarakteriga ko'ra sintetik-analitik mashq hisoblanadi.
Boshlang'ich sinflarda sof morfologik yoki sof sintaktik m ashq
juda kam qo'llaniladi, shuning uchun ham vazifaning yetakchi tom oni
hisobga olinadi. M asalan, matnga mazmunga mos otni qo'yish, qaysi
kelishik ekanini ko'rsatish talab etilsa, bu leksik-morfologik mashqdir.
O'quvchi otning qaysi kelishikda ekanini aniqlashi uchun u bog'langan
so'z (fe’l yoki ot)ni aniqlashi (so'z birikmasini ajratishi) talab etiladi,
shunga ko'ra bu mashq sintaktik mashqhisoblanadi.
Grammatik tahlil analitik mashqqakiradi. Grammatik tahlil so'z
turkumiga ko'ra (morfologik) tahlilni, gap bo'laklariga ko'ra (sintaktik)
tahlilni o'z ichiga oladi.Gap bo'laklariga ko'ra tahlil o'quvchilar o'zlashtirgan sintaktik
bilimlarning me’yoriga qarab chuqurlashib boradi. Amaldagi dasturga ko'ra, 1 -sinf o'quvchilari ,,ega“ va „kesim" atamalaridan foydalanmaydilar, ammo ular gapning bosh bo'laklarini amaliy ravishda topish ko'nikmasiga ega bo'ladilar, ya’ni gap kim yoki
nima haqida aytilganini bildirgan so'z (ega)ni, u haqda nima deyilganini anglatgan so'z (kesim)ni topadilar. Masalan, Bolalar olmalarni terdilar gapini tahlil qilishda o'quvchilar quyidagicha fikr yuritadilar:„Gap bolalar haqida aytilgan. Kimlar? — bolalar(so'zning tagiga bitta to'g'ri chiziq chizadilar). Bolalar— nima qildilar? — terdilar(so'zning tagiga ikki to'g'ri chiziq chizadilar). Bolalar terdilar — gapning asosiy
qismi; nimalarni? (terdilar) olmalarni. .2-sinfda 1-sinfdagidek muhokama qilinadi, faqat mazmuni chuqurlashtiriladi. Masalan, 2-sinf o'quvchisi „ Chiroyli gullar adirtami
bezadi“ gapini quyidagicha tahlil qiladi: „Gap gullar haqida aytilgan.
Nimalar? — gullar — ega (tagiga bir chiziq chizadi). Paxtalar haqida
nima deyilgan? Ochildi — nima qildi? — kesim (tagiga ikki to'g'ri chiziq
chizadi). Qayerlarni? (bezadi) — adirlarni — ikkinchi darajali bo'lak,
gapni to'ldirayapti (tagiga uzuq chiziq chizadi). Qanday? (gullar) —chiroyli (gullar) ikkinchi darajali bo'lak, egani izohlayapti. Gullar bezadi —
gapning asosi. Chiroyli gullar vaadirlarni bezadi - so'z birikmasi
3—4-sinflarda sintaktik tahlil sifat jihatidan o'zgarmaydi, ammo
so'z birikmasini ajratishga ahamiyat beriladi.Morfologik tahlilning mohiyati so'zning qaysi so'z turkumi ekani, gapda qanday gram m atik shaklda kelganida ifodalanadi.
To'liq morfologik tahlilda o'quvchi so'z turkumining o'zi o'rgangan
belgilarini aytadi. Masalan, 1-sinf o'quvchisi shu so'z qanday savolga
javob bo'lishini va nimani bildirishini aytadi (shaxs yoki narsa, narsa
belgisi, harakati). 3-sinfda so'z turkumlari o'tilgach, morfologik tahlil quyidagi tartibda o'tkaziladi:

Download 161.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling