Agar biz qadamlar sonini oshiradigan bo’lsak, paradigma tasviri quyidagicha
ko’rinish oladi(6.2-rasm):
6.2- rasm. Ko’p qadamdan iborat “ajrat va hukmronlik qil” algoritmining ishlash
printsipi
Ikkilik qidirish (
Binary Search)
Ajrat va hukmronlik qil paradigmasi dasturlashning mashhur
algoritmlari asosini tashkil qiladi:
Quick Sort
Merge Sort
Eng yaqin ikki nuqta (
Closest two points)
Strassen ko’paytirishi (
Strassen multiplication)
Karatsuba algoritmi (
Karatsuba algorithm)
Cooley-Tukey algoritmi (
Cooley-Tukey Algorithm)
qiyin masalalarni osonlik bilan yechishga imkon beradi
Ajrat va hukmronlik qil paradigmasining afzalliklari
bu paradigmaga asoslangan algoritmlar oddiy yechimlardan ko’ra tezroq
ishlaydi. Masalan: oddiy saralash bo’lgan Bubble Sortning tezligi O(n²) bo’lsa,
MergeSortniki O(n*logn)
bunday algoritmlarni parallel hisoblovchi
sistemalarda hech qanday
o’zgarishsiz ishlatish mumkin
bunday algoritmlarni qo’llashda xotira keshidan unumli foydalanish
mumkin. Chunki masalalar bo’linish jarayonida
shunday kichik qismlarga
ajraladiki, ularni keshni o’zida turib yechish mumkin bo’ladi.
haqiqiy sonlar uchun bunday algoritmlar aniqroq ishlaydi,
chunki qism
yechimlardagi haqiqiy sonlar ustidagi amallar aniqroq bajariladi (masalan,
ko’paytirish algoritmlarida)