Guruhlararo munosabatlar


Ijtimoiy rol – jamoatchilik munosabatlari tizimida u yoki bu individ egallovchi ma’lum holatning fiksatsiyasidir


Download 61.52 Kb.
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi61.52 Kb.
#1487280
1   2   3
Bog'liq
GURUHLARARO MUNOSABATLAR

Ijtimoiy rol – jamoatchilik munosabatlari tizimida u yoki bu individ egallovchi ma’lum holatning fiksatsiyasidir.
Ijtimoiy rol – o‘zida jamoatchilik munosabatini aks ettiruvchi shaxsning ijtimoiy faoliyati va xulq-atvorining muhim ko‘rinishidir.
Ilk marotaba ijtimoiy rol tushunchasi amerikalik sotsiologlar R.Linton va Dj.Mid tomonidan ilmiy atama sifatida taklif etilgan.
Ijtimoiy rolning asosiy tavsiflari amerikalik sotsiolog T.Parsons tomonidan ajratib ko‘rsatilgan. Bular masshtab, qabul qilish usuli, emotsionallik, shakllantirish, motivatsiya.
Rolning masshtabi - shaxslararo munosabatlar orlig‘iga bog‘liq. Masalan, er va xotin roli ularning munosabatlarining kengligi yoki torligiga bog‘liq.
Rolni qabul qilish usuli - shaxs uchun ushbu rolning qanchalik muhimligiga bog‘liq. Kampir, chol, erkak, ayol kabi rollar shaxsning yoshi va jinsi bilan bog‘liq ravishda egallanadi va uni egallashda hech qanday murakkablik kuzatilmaydi. Ba’zi rollar esa hayot davomida egallanadi va hatto maxsus choralar orqali egallanadi, bular shaxsning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq rollar hisoblanadi.
Ijtimoiy rollar emotsionallik darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Har bir rol uning sub’ekti namoyon qiluvchi emotsionallikni o‘zida aks ettirish imkoniyatiga ega.
Ijtimoiy rolni shakllantirish ayni rolni bajaruvchining shaxslararo munosabatdagi o‘ziga xosligi bilan aniqlanadi. Ba’zi rollar faqat hulq-atvorning qat’iy reglamenti bilan rasmiy munosabat o‘rnatishni talab etsa; ba’zilari – faqat norasmiy; boshqasi esa o‘zida rasmiy va norasmiy munosabatlarni uyg‘unlashtirishi mumkin. Masalan, birga ishlaydigan hamkasblar rasmiy munosabatlardan so‘ng yaqin munosabatlarda ham bo‘lishlari mumkin.
Rollar motivatsiyasi esa shaxsning ehtiyoj va motivlariga bog‘liqdir. Turli xil rol o‘ziga xos motivatsiya bilan shartlashgandir. Ota-onalik roli bolasiga g‘amxo‘rlik qilishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, rahbar shu tashkilotning yutug‘u uchun qayg‘uradi.
Ijtimoiy demografik rollar: er, xotin, o‘g‘il, qiz, va hokazo.
Shaxslararo rollarga emotsional darajada boshqariluvchi shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan lider, arazlagan shaxs, xafa yoki xursan shaxs kabi rollar kiradi.
Download 61.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling