Guruhlarda rahbarlik va liderlik Liderlikka oid nazariyalar Rahbarlik muomalasi


Download 1.58 Mb.
bet2/3
Sana28.03.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1304738
1   2   3
Bog'liq
Liderlik

Xarizmatik nazariya;
• vaziyatga bog`liqlik nazariyasi;
• sintetik nazariya.
Xarizmatik nazariya Birinchisi ''liderlik sifatlari nazariyasi"dir yoki xarizmatik nazariya. Uning mohiyati shuki, hamma ham lider bula olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yig`indisi tug`ma mavjud bo`lib, ular uning guruhda lider bo`lishini ta’minlaydi. Masalan, 1940 yilda amerikalik K. Berd 79 sifatdan iborat bo`lgan liderlik qirralari ro`yxatini tuzdi. Bu ro`yxatda jumladan tashabbuskorlik muloqotga kirisha olish, yumor hissi, o`ziga ishonch, tez va aniq qarorlar qabul kila olish, tashkilotchilik kabi sifatlar bor edi.
Vaziyatga bog`liqlik nazariyasi Ikkinchi nazariya liderlikning vaziyatga bog`liqligi nazariyasidir. Bu yerdagi asosiy g`oya — lider vaziyatning mahsuli degan g`oyadir. Har bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ayrim vaziyatlar ayrim shaxslarning o`zlarini ko`rsatishlari, lider bo`lishlari uchun qulay hisoblanadi.
intetik nazariya Yuqoridagi ikki nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo`lgan uchinSchi nazariya liderlikning sintetik nazariyasidir. Bu nazariya liderni guruhiy munosabatlarning bevosita mahsuli deb qaraydi, liderning ruyobga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi. Psixolog A.N. Leontevning faoliyat konsepsiyasiga tayangan holda, liderlikni faoliyat mahsuli, guruhning ushbu faoliyatga munosabati va guruhda qabul qilingan normalar va ijtimoiy kutishlarga kim ko`proq javob berishiga qarab liderni aniqlash mumkin. Ijtimoiy kutishlar nazariyasi hozirda ko`pchilik tomonidan ma’qul yondashishlardan biri deb qabul qilinmoqda.
Muloqot odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan ozaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya'ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, oqish, oyin, ijod qilish va boshqalar) o'zaro munosabat va o'zaro ta'sir shakllarini o'z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma'lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling