Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan orni, ishlarining muvaffaqiyati, obro'si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog'liqdir. Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bolib, unga odam hayoti mobaynida organib boradi.
Odamlar o'rtasidagi muloqotning o'ziga xos shakli bu do'stlik munosabatlari va o'zaro munosabatlarning barqaror, individual tanlangan tizimi bo'lib, muloqot qiluvchilarning o'zaro bog'lanishi, bir-biri bilan muloqot qilishdan yuqori darajada qoniqish bilan tavsiflanadi.
Do'stlikning rivojlanishi uning yozilmagan kodiga rioya qilishni o'z ichiga oladi, bu o'zaro tushunish, ochiqlik, ishonch, o'zaro yordam, boshqa birovning ishlariga o'zaro qiziqish, his-tuyg'ularning fidokorligi zarurligini tasdiqlaydi. Do'stlik kodeksining jiddiy buzilishi uning tugatilishiga yoki do'stlikning yuzaki, do'stona munosabatlarga tushishiga yoki hatto uning qarama- qarshiligiga, adovatga aylanishiga olib keladi.
Muomalasi shirin ayolni "dilbar ayol", deyishadi. InshaAlloh shunday unvonli ayollar albatta baxtli bo'ladilar. Muomalani bilmaslik, tilni tiya olmaslik, o'ylamay-netmay so'zlash oqibatda yomon xatolarga, fojealarga olib kelishi mumkin. Buvilarimiz, onalarimiz bizlarga o'git aytganlarida: "Kelin baxti _ uning tilida", "Oldin o'yla _ keyin so'yla" kabi hikmatlarni ko‘p aytadilar. Muomala madaniyati, uni egallash zarurati haqida murabbiylar ko'p gapirishadi. Muomala ahillik, totuvlik, do'stlik manbaidir. Yaxshi muomala bilan ne-ne dillar qulfiga kalit topiladi, bir so'z bilan aytganda, orzularga yo'l ochiladi.
Lekin muomalada ham me'yordan chiqmaslik zarur. Haddan tashqari shirinso'zlilik, tilyog'lamalik, aytgan so'ziga avvalo o'zi amal qilmaslik har qanday odamni obro'sizlantirib qo'yadi. Fikringizni shoshmasdan, o'ylab, samimiyat bilan aytishni o'rganing. Jahlni yutib, aql ishlatadigan, yoki bir gapdan qoladigan, o'rni kelganda haq gapni aytishdan cho'chimaydigan odamlar lafzi halolligi, muomalasi yaxshiligi bilan obro'-e'tibor topadilar.
- Bobomiz Abu Ali ibn Sino: "Inson har doim navqiron, bardam bo'lishi uchun boshqa odamlarni ranjitmasligi, dilini vayron qilmasligi, hamda o'zi go'zal muomalali bo'lmog'i lozim", degandilar.
- Zero, yaxshi muomala _ baxtu saodatning kalitidir...
E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |