Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash Harakalar strategiyasining 5-ustuvor yo’nalishi
Download 33.13 Kb.
|
Diniy bag’rikenglik va vijdon erkinligi – umumbashariy qadriyat.
- Bu sahifa navigatsiya:
- , millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash Harakalar strategiyasining 5-ustuvor yo’nalishi .
Mavzu: Diniy bag’rikenglik va vijdon erkinligi – umumbashariy qadriyat. Reja: Diniy bag’rikenglikning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni. O’zbekistonda vijdon erkinligi, dinlararo totuvlik umumbashariy qadriyat sifatida. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash Harakalar strategiyasining 5-ustuvor yo’nalishi . Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar markazida, avvalo, inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini ta'minlash maqsadi turadi. Fuqarolar manfaatlarini faqatgina tinchlik va osoyishtalik, o'zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yaratish orqali ta'minlash mumkin. Bugun dunyo koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq inqirozga duch kelgan bir sharoitda ko'plab mintaqalarda millatlararo va konfessiyalararo ziddiyatlar kuchayayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. SHu bois, boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish uchun birdamlikni saqlash muhim ahamiyatga ega. O'zbekistonda aholining ko'p millatli bo'lishiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning qulay omili sifatida qaralmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O'zbekistonning obro'si oshib bormoqda. Xususan, mamlakatimizdagi davlat ta'lim muassasalarida o'qitish etti tilda olib boriladi. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o'z ko'rsatuvlarini o'n ikki tilda namoyish etmoqda, o'ndan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi qoshida 138 ta milliy madaniy markaz, bundan tashqari, 16 ta konfessiyaga tegishli 2300 ga yaqin diniy tashkilot faoliyat yuritadi. Bu borada yaxlit, chuqur o'ylangan siyosat va uni amalga oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilib, millatlararo va dinlararo totuvlikni qo'llab-quvvatlashga e'tibor qaratilmoqda. Bu islohot va o'zgarishlarning negizida konstitutsion huquq va kafolatlar yotganini alohida qayd etish lozim. SHundan kelib chiqib, bu borada quyidagi dalillarni keltirib o'tish zarur. Birinchidan, turli millat va din vakillarining o'z salohiyatini to'laqonli amalga oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun konstitutsiyaviy kafolatlar belgilangan. Bunda, eng avvalo, fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, teng huquq va erkinliklarini, ularning qonun oldida tengligini ta'minlash alohida e'tiborga olingan. Mazkur sohada O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy tamoyillari sirasiga fuqarolarning teng huquqliligi, ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, millat va elatlarning madaniy, til va diniy qadriyatlari, an'ana va urf-odatlarini o'zaro hurmat qilish kiradi. Konstitutsiyaviy kafolatlar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, fuqarolarga jamoat va davlat qurilishida ishtirok etishni ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasining millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni o'rnatish siyosati Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro huquqiy-me'yoriy hujjatlarga to'la mos keladi. Ikkinchidan, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash O'zbekistonning zamonaviy davlat sifatida rivojlanish strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mazkur sohaga alohida e'tibor qaratilmoqda. So'nggi to'rt yilda millatlararo munosabatlar va din sohasida 50 dan ortiq qonun hujjatlari va 40 ga yaqin qarorlar qabul qilindi. Bu huquqiy hujjatlarning aksariyati fuqarolarning dini va millatidan qat'i nazar, huquq va erkinliklarini kengaytirish, shu jumladan, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatini oshirishga qaratilgan. Masalan, diniy tashkilot faoliyatini tugatish to'g'risida qaror qabul qilish vakolatlari ijro hokimiyati — adliya organlaridan sudlarga o'tkazilib, ularning faoliyati erkinligining huquqiy kafolatlari mustahkamlandi. Diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish uchun davlat boji miqdori besh baravarga kamaytirildi, hisobotlarni taqdim etish davriyligi qisqartirildi. Bundan buyon diniy tashkilotlar faqat yilda bir marta hisobot taqdim etadi. Shuningdek, 2019 yilda millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati kontseptsiyasi tasdiqlandi. SHu bilan birga, diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo'yicha bir qancha qarorlar qabul qilinib, unga ko'ra, mazkur sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish, turli millat va elatlar vakillari o'rtasida konstruktiv va o'zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish bo'yicha yangi tizim joriy etildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzurida millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi tashkil etildi, Din ishlari bo'yicha qo'mita faoliyati takomillashtirildi. Uchinchidan, Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda millatlararo va konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish borasida institutsional yondashuv yo'lga qo'yildi. Jumladan, Prezidentimizning 2018 yil 16 apreldagi “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, Din ishlari bo'yicha qo'mita huzuridagi Konfessiya ishlari bo'yicha kengashning yangi tarkibi tasdiqlandi. Kengash tarkibi 9 nafardan 17 nafar a'zoga — O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar vakillari hisobiga kengaydi. e'tiborli jihati, kengash a'zoligiga a'zolari oz sonli diniy tashkilotlarning rahbarlari ham kiritildi. Jamoatchilik maslahatlashuv organi hisoblangan mazkur kengashning asosiy maqsadi O'zbekistondagi mavjud diniy-ijtimoiy jarayonlarni muhokama qilish hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasining asosiy vazifalari qatoriga davlat organlarining respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlari bilan o'zaro aloqasi va hamkorligini ta'minlash va yanada rivojlantirish kiritildi. Qo'mita qoshida fuqarolarning etnomadaniy talablarini o'rganish, aniqlash va qanoatlantirishga, millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga, milliy sabablarga ko'ra, ehtimoliy mojarolarning oldini olishga ko'maklashuvchi Jamoatchilik kengashi tuzildi. Bundan kutilayotgan asosiy natija — mazkur sohada davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdir. Mamlakatimiz hududida yashayotgan millatlar urf-odati hamda islom dinining madaniy va tsivilizatsion merosi, ma'naviy-falsafiy ahamiyatini chuqur o'rganish bo'yicha ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad — fundamental ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida diniy bag'rikenglik, millatlararo munosabatlarning tarixiy ildizlarini chuqur o'rganish va uni bugungi kun sharoitida rivojlantirishdan iborat. Bu borada Islom tsivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy nomidagi xalqaro tadqiqot markazlari tashkil etildi. Shu bilan birga, tegishli oliy ta'lim muassasalarida sifatli diniy ta'lim olish imkoniyati kengaymoqda. O'rta, oliy diniy ta'lim, magistratura, boshlang'ich doktorantura va doktoranturani o'z ichiga olgan diniy ta'limning besh bosqichli tizimi shakllantirildi. Islomiy ta'lim muassasalariga talabalarni qabul qilish kvotasi ikki baravar oshirildi. SHuningdek, Toshkent pravoslav seminariyasi va Toshkent xristian seminariyasi o'quv dargohlari ham o'z faoliyatini davom ettirmoqda. To'rtinchidan, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida muhim o'rin egallay boshladi. Hukumat xalqaro tashkilotlar hamda ushbu sohadagi mutaxassislar bilan konstruktiv muloqot va hamkorlik o'rnatishga alohida e'tibor qaratmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Zeyd Raad Al-Huseyn hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Milliy ozchiliklar bo'yicha Oliy komissari Lamberto Zanierning mamlakatimizga tashrifi chog'ida mazkur sohada olib borilayotgan islohotlar muhokama qilindi va xalqaro mutaxassislar tomonidan bu boradagi o'zgarishlarga yuqori baho berildi. e'tiborli jihati, 2017 yilda mustaqil O'zbekiston tarixida ilk bora mamlakatimizga BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining din va e'tiqod erkinligi bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmad SHahid tashrif buyurdi. Uning tavsiyalari asosida 2018 yil 4 may kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi din va e'tiqod erkinligini ta'minlash bo'yicha “Yo'l xaritasi” tasdiqlandi. Umuman olganda, xalqaro hamjamiyat mamlakatimizning millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash borasidagi faoliyatini yuqori baholamoqda va O'zbekiston tajribasiga katta qiziqish bilan qaramoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yil 19 sentyabr` kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida bag'rikenglik va o'zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta'minlash, e'tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslikka ko'maklashishga qaratilgan “Ma'rifat va diniy bag'rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklif etilishi va ushbu hujjatning 2018 yil 12 dekabrda qabul qilinishi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Mazkur sohada olib borilgan islohotlar doirasida erishilgan muhim natijalardan biri sifatida 2018 yilda AQSH Davlat departamenti O'zbekistonni diniy erkinlik borasida “alohida tashvish uyg'otuvchi mamlakatlar” ro'yxatidan chiqarganini ko'rsatish mumkin. E'tiborli jihati, 2020 yil 13 oktyabr` kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida bo'lib o'tgan saylovlarda O'zbekiston milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga uch yil muddatga — 2021-2023 yillarga saylandi. Mamlakatimiz uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo 193 davlatdan 169 tasi ovoz berdi. Bu saylovda eng ko'p ovoz berilgan davlat O'zbekiston bo'ldi. Bu ham yurtimizda millati va dinidan qat'i nazar, inson huquqlarini ta'minlashga qaratilgan, shu jumladan, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik sohasida olib borilayotgan siyosatning e'tirofi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Bularning barchasi O'zbekistonning xalqaro munosabatlarda ishonchli va mas'uliyatli sub'ekt sifatidagi roli mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik sohasida ijobiy va o'zaro hurmatga asoslangan muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida millatlararo va dinlararo munosabatlarning yangi modeli yaratildi. Ushbu model` turli millat va din vakillari o'rtasidagi millatlararo va dinlararo muloqot, konstruktiv yondashuv va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslanadi. SHu ma'noda, so'nggi yillarda O'zbekistonda millatlararo munosabatlar va din sohasida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar mamlakatda ushbu sohalarda yangicha yondashuv va strategik maqsadni birlashtirgan tizim shakllanishiga xizmat qildi. Mazkur tizimning muvaffaqiyati esa yurtimizda tinchlikni saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, barqaror rivojlanish uchun zamin yaratmoqda. Zero, zamonaviy davlatning bosh maqsadi jamiyatda hamjihatlik va barqarorlik, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta'minlashdan iborat. Bu borada Asosiy qonunimiz — Konstitutsiya nafaqat jamiyat va davlat taraqqiyotini belgilovchi oliy darajadagi siyosiy-huquqiy hujjat, balki mamlakatimizda yashovchi har bir fuqaroning munosib turmush tarzini kafolatlovchi muhim asosdir. Bugungi kunda xavfsizlik masalalari butun dunyoda eng dolzarb masala bo‘lib kolmoqda. Yil sayin davlatlar tomonidan mudofaa tizimi va harbiy sohaga ajratilayotgan xarajatlarining oshib borishi fikrimizni tasdikdaydi. Biroq, faqatgina zamonaviy qurol-yarog‘ga ega bo‘lishning o‘zigina xavfsizlikni ta’minlamaydi. Chunki, guvoh bo‘lib turganimizdek, zamonaviy buzg‘unchi kuchlar ochiqcha jang qilmay, balki to‘satdan qo‘poruvchilik amaliyotlarini ko‘llash, harbiylar emas, balki tinch aholini nishonga olish kabi qabih usullardan foydalanadi. Bunda esa, milliy va diniy nizolarni keltirib chiqarish asosiy maqsad hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida davlat-huquqiy, etnohududiy va etnodemografik zaminda 300 dan ortiq katta-kichik nizolar qayd qilingani ham ushbu fikrning o‘rinli ekanini tasdiqlaydi. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi huquqiy me’yorlarning qonunchilikka kiritilishi diyorimizda rasmiy faoliyat olib borayotgan barcha din vakillariga katta imkoniyatlar yaratib berdi. Jumladan, mustaqillikkacha yurtimizda bir necha cherkov va sinagogalar faoliyat olib borgan bo‘lsa, qonuniy asoslar mustahkamlangach, dunyoning turli mintaqalarida diniy ibodatlarini amalga oshiruvchi evangel-lyuteran jamoasi, rim-katolik cherkovi, «ettinchi kun adventistlari» diniy tashkiloti, bahoiylar, yahudiylar diniy jamoalari kabi konfessiyalar rasmiy faoliyat yurita boshladi. Xukumatimiz tomonidan turli diniy tashkilotlarning o‘z faoliyatlarini amalga oshirish va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Jumladan, markaziy televidenie orkali O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarni berib borishi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi mashhur allomalarning tavalludiga bag‘ishlangan anjumanlarning keng ko‘lamda nishonlanishi kabi tadbirlarni aytib o‘tish o‘rinlidir. Ayniqsa, haj ibodatini to‘la-to‘kis va hamjihat holda ado etish uchun barcha sharoitlar yaratilgani tahsinga sazovor. O‘z navbatida, pravoslavlar uchun Isroil, Gretsiya va Rossiya, katoliklar uchun Isroil va Italiya, armanlar uchun Isroil va Armaniston, yahudiylar va bahoiylar uchun Isroil, krishnachilar uchun X,indiston va buddaviylar uchun Koreyada joylashgan muqaddas joylarga ziyoratlar tashkil qilinmoqda. Bundan tashqari, Prezidentimiz farmoniga ko‘ra, 1903 yilda qurilgan «Svyataya Bogoroditsa» ibodatxonasining Arman apostol cherkoviga topshirilgani, o‘z vaqtida faoliyati t)statib qo‘yilgan Evangel-lyuteran cherkovi Kirxasining respublikamizda istiqomat qiluvchi nemislarning diniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida «Vidergeburt» nemis madaniyat markaziga foydalanish uchun qaytarib berilgani va 1996 yilning dekabrida ushbu konfessiyaning yurtimizda faoliyat boshlaganining 100 yilligi keng nishonlanishi ham yuqoridagi fikrimiz isboti bo‘la oladi. Shuningdek, xristianlarning «Rojdestvo», «Pasxa», yahudiylarning Rosh-Ashona (Yangi yil), Yom-Kipur (Gunoxdardan poklanish bayrami), Pesax (Pasxa), buddaviylarning Sagaalgan (yangi yil), Donchod-xural (Buddaning tug‘ilgan kuni) kabi bayramlarini nishonlash uchun yurtimizda yashovchi shu din vakillariga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. 2000 yil 13-15 sentyabrda Toshkentda o‘tgan dinlararo muloqot YuNESKO kongressi Markaziy Osiyodagi madaniy, diniy va etnik xilma-xillikni muhokama qildi. Unda 40 ga yaqin davlatdan 80 dan ortiq turli din va konfessiyaga mansub vakillar, yirik mutaxassislar ishtirok etdi. Kongressdan so‘ng 18 sentyabrda Buxoro shahrida «Tasavvuf va dinlararo muloqot» mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Unda «tasavvuf»ga bag‘rikenglikni targ‘ib etuvchi, tinchlikka chaqiruvchi islom dinining noyob, o‘ziga xos ko‘rinishi, degan ta’rif berildi. Shuningdek, 2001 yil sentyabrda Toshkentda o‘tgan Osiyo Tinch okeani mintaqasi YuNESKO «Bag‘rikenglik tarmog‘i»ning ikkinchi yigilishida bag‘rikenglik tamoyillari o‘zbek xalqining urf-odatlari bilan chambarchas bog‘liq ekani ta’kidlandi. Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha xalkaro islom tashkiloti (ISESKO) tomonidan Toshkentning islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi munosabati bilan 2007 yil 14-15 avgustda Toshkent va Samarqand shaharlarida «O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi» mavzuida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ham mamlakatimizning jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini kamol toptirish yo‘lidagi yutuqlari yana bir bor e’tirof etildi. Shuningdek, 2014 yilning 15-16 may kunlari Samarqand shahrida «O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Bugungi kunda ham mamlakatimiz boy tarixiy, ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosni o‘rganish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va targ‘ib etish, islomning ma’rifiy g‘oyalarini yoyish hamda diniy bag‘rikenglikni qaror toptirish va mustahkamlashda butun dunyoga o‘rnak bo‘lmoqda. Bag‘rikenglikning ziddi «mutaassiblik»dir. Umumiy ma’noda «mutaassiblik» bu bir g‘oyaning to‘g‘riligiga qattiq ishonish va undan o‘zgalarini keskin rad etishni anglatadi. Mazkur fenomenning xavfli jihati shundaki, u borgan sari kuchayib ksenofobiya, ekstremizm va hatto terrorizmga aylanadi. Terrorizm butun dunyoda tinchlikni ta’minlash yo‘lidagi asosiy g‘ov, to‘siqdir. XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro miqyosda o‘zini ochiq namoyon etayotgan xatarli voqeliklardan biri, turli shiorlar bilan niqoblangan terrorizm mintaqalar va mamlakatlar hayotiga birdek taxdid solmokda. Keng ko‘lam va xilma-xil ko‘rinishlar kasb etayotgan ushbu illatga qarshi kurash butun dunyo uchun dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyo bo‘yicha 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmokda. Bir yil mobaynida butun Er yuzida sodir etilgan teraktlar va ularning oqibatida halok bo‘lganlarning soni bir necha o‘n mingni tashkil etishi terrorizmning tinchlik va xotirjamlikni izdan chiqarishga qaratilgan asosiy taxdidlardan biriga aylanganini ko‘rsatadi. Ayni paytda zamonaviy terrorizmning, bir tomondan, tobora shafkatsiz, g‘ayriinsoniy mohiyat, ikkinchi tomondan, aqlga sig‘dirish qiyin bo‘lgan jo‘g‘rofiy ko‘lam kasb etib borayotganini alohida ta’kidlash lozim. Hozirgi vaqtda har kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qo‘rquvga solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni ko‘zlagan qo‘poruvchilik harakatlari amalga oshirilmoqsa. Afsuski, ularning soni muntazam oshib bormokda. Markaziy Osiyo mintakasida diniy mutaassib oqimlar faoliyati XX asrning 80yillari boshlarida xorijiy ekstremistik markazlar sa’y-harakatlari bilan shakllana boshladi. Mintaqada xorijdan kelayotgan moliyaviy yordam hisobidan jangari sifatida foydalaniladigan shaxslarni tanlash va tayyorlash bilan shug‘ullanadigan guruxdar paydo bo‘ldi. Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erishgan 90-yillarning boshlarida esa, bu guruhlar faollashib ketdi. Mintaqada «Hizbut-tahrir», «Turkiston islom harakati», «Akromiylar», «Nurchilar» kabi guruxdarning faoliyati kuzatildi. Islom asoslarini buzib talqin qilish, ilmsiz, tashqi ta’sirga beriluvchan aholini o‘z talqinidagi diniy g‘oyalar bilan zaharlash, o‘zlariga qo‘shilmagan kishilarga, davlatlarga va tuzumlarga nisbatan zo‘ravonlik, buzg‘unchilik, qotillik bilan munosabatda bo‘lishni halol deb hisoblash kabi xususiyatlar yuqorida zikr etilgan tashkilotlarning barchasiga xosdir. Afsuski, so‘nggi yillarda mazkur guruhlar faoliyati natijasida dunyo bo‘ylab har yili 30 mingdan ortiq tinch fuqaro halok bo‘lmoqda. Unlab million aholi o‘z uylarini tashlab ketib, dunyoning turli mamlakatlarida sarson-u sargardon bo‘lishga majbur kolmoqsa. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bir milliondan ortiq YOSH bolalar ochlikdan o‘lish xavfi ostidadir. Ularning aksariyati terrorchilik avj olgan, buzg‘unchi guruhlar tomonidan egallab turilgan hududlarga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda Irok, Suriya, Nigeriya, Afg‘oniston, Yaman, Liviya hanuz dunyoning eng xatarli nuqtalari hisoblanadi. Taxdilchilarning fikricha, hech qaysi davlat o‘zining terrorchilar xurujidan holi ekaniga 100 foiz kafolat bera olmaydi. Jumladan, 2015 yilda dunyoning 96 mamlakati, u yoki bu darajada terrorchilikdan aziyat chekkan. Mana shunday sharoitda ekstremizm va terrorizm xavfini to‘g‘ri anglab etish, ularga qarshi amaliy choralar ko‘rish davr talabidir. Shunday ekan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’biri bilan aytganda, «yanada ogoh va sergak bo‘lish, eng asosiy boyligimiz bo‘lgan va bizhaqliravishda faxrlanadigan ko‘p millatli xalsimizning birdamligi va jipsligini ko‘z qorachigidek asrash hamda yanada mustahkamlash O‘zbekistonni o‘z Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir». 2.Ma’lumki, dunyodagi har qanday suveren davlat jahon hamjamiyatiga o‘zining tashqi siyosiy qarashlari, umumsayyoraviy muammolarga munosabatlari hamda azaliy munozara va muzokaralar ob’ekti bo‘lgan urush va tinchlik masalalariga yondashuvlari bilan kirib boradi. Bu borada O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq aniq siyosiy pozitsiyasini va tashqi siyosat borasidagi konsepsiyasini bayon etdi. Jumladan, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekistonning tashqi siyosatini qonuniy asosda kafolatlab berdi. Uning 17-moddasida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatida davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning O‘zbekistvnn ing zamoiasiy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tvtsn siyosiy kurs ayaib boritni hamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlargao‘z vaqtida va adekvat javob choralari orqali echiiti shshyaab etadigan XXI asrning o‘ta shiddat bilan uzgarid 5orayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda. Mustaqillik davrida O‘zbekiston chindan ham jahon hamjamiyatining eng siyosiy faol, xalqaro munosabatlarda o‘zini asosli, qat’iy va o‘zgarmas pozitsiyasiga ega bo‘lgan davlat sifatida namoyon qildi. Bu O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi siyosiy mavqei va imijini belgilab beradigan muhim omil sifatida o‘z kuch-qudratini ko‘rsatdi. Vaqt o‘tgan sari umumdunyoviy siyosiy jarayonlar tobora faollashmokda, yangidan -yangi muammolar davlatlararo, mintaqalararo va umumsayyoraviy miqyosda butunlay yangicha yondashuvlarni, siyosiy qarashlarni taqozo etmokda. O‘zbekiston ana shu jarayonlarda, xalqaro munosabatlar va tashqi siyosatda o‘zining zamonaviy qarashlari va muammolar echimini topishdagi o‘ziga xos yondashuvlari bilan uzining keng imkoniyatlarini namoyon etmokda. Bu hakdagi haqqoniy fikrlarni Prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yigilishdagi ma’ruzasida yaqqol ko‘rish mumkin. Ushbu ma’ruzada Prezident O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining hozirgi zamon talablari va zamonaviy sivilizatsiya ehtiyojlari nuqtai nazaridan aniq belgilab berdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston davlatining ichki va tashqi siyosatida mustahkam izchillikning mavjudligi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov boshlab bergan mustaqil taraqqiyot yo‘li, ichki va tashqi siyosat davom etayotgani davlatimiz qudratining va siyosiy barqarorligining yorqin misolidir. Islom Karimov tamal toshini qo‘ygan va jahon mehvarida butun salohiyatiyu salobati va qudratini ko‘rsatayotgan O‘zbekiston davlatining tashqi siyosati zamonaviy talablar, bugungi ehtiyojlar va dunyoviy qarashlarning eng ilg‘or namunalari bilan boyitib borilmokda. Demak, O‘zbekiston bugungi kunda o‘z Prezidenti Sh.M. Mirziyoev rahbarligida o‘tgan 25 yilda to‘plangan tarixiy tajribalarga tayangan holda, uni yanada boiitish, takomillashtirish, rivojlantirish io‘lidan bormokda. O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarga o‘z vaqtida va adekvat javob choralari ko‘rib, ularni oqilona echishni talab etadigan XXI asrning o‘ta shiddat bilan o‘zgarib borayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda. O‘zbekiston Respubpikasining tashqi siyosatining asosiy maqsadlari bu davlat mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlashdan, O‘zbekiston Respublikasining tashqi snyosatining asosiy maqsadlari bu davdat mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlashdan, mamlattning xayasaro munosabatlarning to‘laqonli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirishdan, hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, mamlakat iqtisodining barqaror va tez sur’atlar bilan usishi, uning ochiq demokratik davlat qurish yo‘lidagi jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan o‘rin olshii uchun eng qulay sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Mamlakatimizning xalqaro munosabatlarini to‘laqonli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, yurtimiz iqtisodiyotining barqaror va tez sur’atlar bilan o‘sishi, uning ochiq, demokratik davlat kurish yo‘lida jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan munosib o‘rin egallashi bugungi kunda tashqi siyosat sohasidagi asosiy maqsaddir. O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida quyidagi prinsiplarga sodiq bo‘lib qolmoqda: o‘zining milliy manfaatlariga asoslangan ochiq, pragmatik va puxta o‘ylangan tashqi siyosat olib borish; teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, chegaralarning daxlsizligi va davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, munozarali masalalarni tinch yo‘l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik; tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, uning farovonligi va xavfsizligiga, mamlakatni modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi; O‘zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan takdirda ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Aslini olganda, tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, davlatning siyosiy qarashlari va jahon hamjamiyatidagi xalqaro munosabatlarda uzviylikning mavjudligi uning jahon hamjamiyatidagi mavqeini belgilash bilan birga, ichki siyosatda barqaror taraqqiyotning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda ichki va tashqi siyosatning ana shunday sog‘lom, qat’iyatli va ishonchli rivojlanishi bevosita uning ham dunyoviy, ham ichki mavqeini belgilamokda. Hozirgacha mavjud siyosiy qarashlar XXI asrda inson va insoniyat taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlar tizimini qamrab olmoqsa. Prezident Sh. Mirziyoev bugungi kunda va olis istiqbolda O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy vazifalarini aniq belgilab berdi. Jumladan: O‘zbekiston Respublikasi qo‘shni davlatlar hududlari qurolli mojarolar va keskinlik o‘choqlariga aylanishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni ko‘radi, shuningdek, o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob’ektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi; siyosiy, savdo-iqgisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalarda xalqaro hamkorlikni izchillik bilan rivojlantirish; mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyatni va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish; Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot zonasiga aylantirish, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishishga ko‘maklashish; jahonning etakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, kupqirrali tizimini shakllantirish, mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlab turish, O‘zbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa aloqalarini keng diversifikatsiya qilish; mavjud yoki yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaktida hal etish uchun siyosiy diplomatik hamda xalqaro huquqiy mexanizmlardan, jumladan, preventiv diplomatiya choratadbirlaridan foydalanish; O‘zbekistonning siyosiy va savdo-iqtisodiy sohadagi ishonchli, mas’uliyatli sherik sifatidagi xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatimizning tashqi dunyo uchun investitsion, sayyoxdik, madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish; milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish jarayonlarini ku'chaytirish uchun ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish; O‘zbekistonning dunyoning yirik bozorlariga kafolatli chiqishini ta’minlaydigan ko‘p muqobilli transport-kommunikatsiya yo‘laklarining tizimini shakllantirish va rivojlantirish; xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlari har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash. Yuqoridagi vazifalar, aytish mumkinki, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga tobora chuqurroq kirib borishini ta’minlaydi. Shu asosda har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik chuqurlashib boradi. Ayni paytda bu vazifalarning samarali hal etilishi O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqeini, siyosiy va iqtisodiy salohiyatini namoyon qiladi. Nazorat savollari: Bag‘rikenglik tushunchasining mazmun-mohiyati nimada? O‘zbekiston hududida azaldan qanday din vakillari istiqomat qilishgan? YuNESKO tomonidan qaysi sana Xalqaro bag‘rikenglik kuni deb e’lon qilingan? Islom dini manbalarida bag‘rikenglik haqida qanday ma’lumotlar mavjud? Milliy masalada O‘zbekistonning o‘z yo‘li, ya’ni o‘z modelining mavjudligi haqida gapirib bering. Milliy siyosatning o‘zagini nima tashkil qiladi? Milliy g‘oya va milliy siyosatning o‘zaro bog‘liq jihatlarini tushuntiring. Dunyoda bag‘rikenglik masalasining dolzarbligini qanday tushunasiz? Globallashuv va bag‘rikenglikning bog‘liqligini nima bilan ifodalaysiz? O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida davlat tashqi siyosatining mazmun-mohiyati qanday yoritilgan? O‘zbekistonning tashqi siyosatida Islom Karimovning roli qanday bo‘lgan edi? O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy prinsiplari nimalardan iborat? Mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlar va jamiyatni iqtisodiy modernizatsiya qilish jarayonlarida yaratilgan qulay tashqi siyosiy sharoitlar haqida nimalarni bilasiz? Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqchashda O‘zbekistonning o‘rni qanday? O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning teng huquq sub’ekti sifatida qanday faoliyat yuritmoqda? O‘zbekiston tashqi siyosatida yuz bergan muhim voqealar haqida gapirib bering. Davlatlararo va mintaqaviy masalalarni hal qilishda O‘zbekistonning muhim bosqichga qadam qo‘yayotgani borasida bilganlaringizni so‘zlab bering. Download 33.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling