Gurux talabasi Abduraxmonova Komilaxon Kreativ kompentensiya
Download 466.03 Kb.
|
1-mustaqil ish.Komila.ijodiy
620-19 gurux talabasi Abduraxmonova Komilaxon Kreativ kompentensiya. Bo’lajak o’qituvchilarning kreativ kompententligi Kreativ kompentensiya Kreativ kompetentlik shaxsda mustaqil fikrlash sifatlari namoyon bo’lishining eng asosiy va faol shakli hisoblanadi. Barcha tariflar bir-biridan keskin farq qiliga qaramay, uning ba’zi umumiy jihatlarini ko’rsatish mumkin. Birinchidan, kreativ kompetentlik natijasi sifatida olinadigan mahsulotning sifat jihatidan yangilikka ega bo’lishi; ikkinchidan, ushbu jihatlar kreativ kompetentlikning dastlabki asoslarida mavjud bo’lmaganligi; uchinchidan esa, har qanday kreativ kompetentlik faoliyati intellektual izlanishni taqozo etishi bilan belgilanadi. Bo’lajak o’qituvchilar o’zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to’la namoyon qilishlari mumkin. Agar bo’lajak o’qituvchilarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash va qo’rquv hissi mavjud bo’lsa yoki tanqidga uchrasalar bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko’nikmalarini samarali shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin bo’lmaydi. Bo’lajak pedagoglarda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko’nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin. Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va kreativ fikrlash ko’nikmalarini baholashda qo’llaniladigan metod va vositalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bo’lajak o’qituvchilarda kreativ fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishda pedagog alohida o’rin tutadi. Bu jarayonda “pedagogning roli auditoriyada kreativlik muhitini yaratishdan iborat. Vaholanki, pedagog guruhda bo’lajak o’qituvchilar o’zini erkin seza oladigan va o’z fikrlari, g’oyalari bilan bo’lisha oladigan muhit yaratishi lozim. Bo’lajak o’qituvchilar inson ongida yuz berayotgan jarayonlarni yanada faollashtirish uchun o’rnatilgan qonun qoidalar, standartlardan chetga chiqib, turli savollar berishda erkin harakat qilishlari kerak. Pedagog bo’lajak o’qituvchilardagi kreativlikni noodatiy g’oyalarni o’rtaga tashlash va ularni verbal va noverbal tarzda rag’batlantirish orqali qo’llab-quvvatlaydi. O’quvchilarda kreativ kompetentlik faoliyatini quyidagicha belgilariga ko’ra tasniflash mumkin: - ijod turi (texnik, texnologik, tashkilotchilik, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, pedagogik, didaktik, o’quvchilarda, aralash); - ijod darajasi (mono ijod, mulьti ijod, mega ijod); - ijod qamrovi (bilim sohasi, tarmoqlararo, milliy, mintaqaviy, mintaqalararo, xalqaro); - ijodning davomiyligi (qisqa muddatli, o’rta muddatli, uzoq muddatli); - ijodning shakli (innovatsion, ta’limiy, investitsion, aralash); - umumiy jihatlariga ko’ra (yangi g’oyalarni hayotga tadbiq etish; printsipial jihatdan yangi yechimlarni ilgari surish; yangilikni amaliy qo’llash); - yaratilgan ijod mahsulini ma’nosi va murakkabligiga ko’ra (ratsionalizatorlik taklifi; ixtiro; kashfiyot). Pedagog kreativlik darslarida jamoa tuyg„usining ahamiyatini anglagan holda, doimiy ravishda guruhlarni o„zgartirib, bo„lajak o„qituvchilarda jamoa bo„lib ishlash, boshqalar qobiliyati va mahoratini hurmat qilish ko„nikmasini shakllantiradi. Vaholanki, yakka tartibda ishlash ma‟lum vaziyatlarda samara bersa, kreativlik darslarida kichik guruhlarda ishlash maqsadga muvofiqdir, chunki kreativlik ko„nikmasi ijtimoiy fenomendir; A.J.Rouning fikriga ko„ra, kreativ qarashlar jamoa bo„lib ishlash jarayonida va kreativ hamkorlik natijasida shakllanadi. Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, oliy ta’lim tizimiga kreativ kompetentli yondashuvning joriy etilishi ta’lim maqsadi, mazmuni, o’qitish shakli, o’qitish usullari, pedagogik texnologiyalari, nazorat usullarini hamda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi munosabatlarida jiddiy o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi. Shunga ko’ra, oliy ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etishning mavjud shakllari bo’lgan ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlarini mazmun jihatidan o’zgartirish nazarda tutiladi. Ma’ruza darslarini muammoli ta’lim shaklida, seminar darslarni kreativ tafakkurni va amaliy mashg’ulotlarda tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo’lishligi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Download 466.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling