Gurux talabasi Teshaboyev Sherdorbek


Savol: Qanday qilib Banklarga chet el valyutasini garovga olgan holda kreditlar berilishi va qaytarilishi tartibi mavjud?


Download 19.5 Kb.
bet7/8
Sana26.09.2023
Hajmi19.5 Kb.
#1688016
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pul va banklar mustaqil ta\'lim

Savol: Qanday qilib Banklarga chet el valyutasini garovga olgan holda kreditlar berilishi va qaytarilishi tartibi mavjud?
Javob:
1-§. O‘zgarmas foiz stavkasida kredit ajratish
44. Banklarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chet el valyutasini garovga olgan holda, o‘zgarmas foiz stavkada hamda kimoshdi savdolari asosida shakllanadigan stavkada kreditni berish shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
45. Banklar o‘zgarmas foiz stavka bo‘yicha chet el valyutasini garovga qo‘ygan holda kredit olishlari uchun amaliyot kuni soat 10:30 gacha bo‘lgan vaqtda Markaziy bankka mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq ariza beradilar va bu arizalar mazkur Nizomning 8-ilovasida ko‘rsatilgan shakldagi qayd etish daftarida ro‘yxatga olinadi.
46. Markaziy bank tomonidan kredit shartnomasini rasmiylashtirish va imzolashdan oldin quyidagilar tekshiriladi:
tushgan arizalarni mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq, to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi;
bankning o‘z hisobvarag‘ida so‘ralayotgan kredit va undan foydalanilgan muddat uchun hisoblanadigan foizlarning umumiy miqdoriga yetarli garovga olinadigan chet el valyutasi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot;
bank tomonidan mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan talablar bajarilganligi.
47. Markaziy bank tomonidan hujjatlarni ko‘rib chiqish, tekshirish va kredit ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish amaliyot kuni davomida amalga oshiriladi.
48. Bank mazkur Nizomning 46-bandida ko‘rsatib o‘tilgan talablarning to‘liq bajarilishini ta’minlamagan taqdirda, Markaziy bank ushbu bank arizasini qondirmaydi va bu haqda bankka amaliyot kuni mobaynida sababi asoslab ko‘rsatilgan holda rad javobini yo‘llaydi.
49. Chet el valyutasini garovga olgan holda kredit berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda Markaziy bank amaliyot kuni davomida ariza bergan bankka kredit berish borasidagi shartlar ko‘rsatilgan holda mazkur Nizomning 9-ilovasida berilgan shakldagi xabarnomani hamda lombard krediti to‘g‘risidagi shartnomani to‘ldirish va imzolash uchun taqdim etadi.
50. Kredit ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng, ariza bergan bank joriy amaliyot kuni davomida garovga qo‘yiladigan chet el valyutasini Markaziy bankning tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
51. Bank tomonidan rasmiylashtirilgan kredit shartnomasi Markaziy bankka keyingi ish kuni soat 10:00 gacha taqdim etilishi lozim.
52. Markaziy bank kredit shartnomasini qabul qilgan kuni uni imzolaydi va HKKMga bankning vakillik hisobvarag‘iga kredit summasini o‘tkazish to‘g‘risida topshiriq beradi.
53. Bank tomonidan mazkur Nizomning 51-bandida belgilangan talab bajarilmagan taqdirda, Markaziy bank tushgan arizani bekor qilish va kredit shartnomasini tuzishdan bir tomonlama bosh tortish huquqiga ega.
Bunda, Markaziy bank amaliyot kun davomida HKKMga garovga olingan chet el valyutasini bankka qaytarish to‘g‘risida farmoyish beradi.

Download 19.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling