Gyote «faust»dan parchalar erkin Vohidov tarjimasi


Download 0.66 Mb.
bet2/2
Sana03.04.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1322120
1   2
Bog'liq
Gyote Faust asarida umuminsoniy g\'oyalar. E.Vohidov

TEATR MUQADDIMASI
Teatr direktori, shoir va qiziqchi
Direktor
Siz ikkovlon berdingiz madad Tang bо‘lganda necha bor holim. Ayting, bu gal kelgaymi omad, Kulgaymikin bu gal iqbolim? Xalq behisob bо‘lsa boylik beshumor, Bu bois izlarmen unga na loyiq. Taxtalar terilgan, sahna hamtayyor, Bizlardan tomosha kutar xaloyiq. Qoshlar kо‘tarilmish, nigohlar chanqoq Quvonchu hayratning ishtiyoqida. Menga ayon erur bu san’at, biroq — Bukun yonurman dil ishtibohida. Garchi tomoshabin didi emas zо‘r, Lekin kitob kо‘rgan, shu bois sergak. Agar bо‘lsin desak tomosha manzur, Dо‘stlarim, albatta yangi gap kerak. Qani, tomoshagoh bо‘lsayu tо‘liq, Atrofida yana olomon tursa, Shu tor eshiklarga har kech xaloyiq Jannat eshigi deb о‘zini ursa. Yodimda, bir mahal hali botmay kun, Boshlanardi bunda g‘ulu, tо‘polon. Gо‘yo patta emas, och xaloyiq-chun Mana shu darchadan ulashilar non. Bunday mо‘jizaga sen faqat qodir, Kо‘rsat sehring yana, azizim shoir!
Shoir
Qо‘ygil, qora xalkdan gapirma aslo, Shovqindan kо‘nglimga tushar iztirob. Olomon hislarni yutuvchi balo, Suron — tafakkurni kо‘mguvchi girdob. Kо‘nglim osudalik izlar doimo. CHо‘qqilar yopinib tumanlik hijob, Mudragan ul ma’vo sari boshla, yur! Ilohiy sukutdan topurman surur. Yurak о‘z tubida ardoqlagan his, Labda qanot yozmoq bо‘lgan tuyg‘ular Tashna kо‘ngillarda qoldirmayoq iz Zamon suronida darhol bо‘g‘ilar. Bas, о‘ylar toshqinin tindirolsak biz, Mukammal gо‘zallik shunda tug‘ilar. Jilvaning umridur bir lahza faqat, Avlodlarga qolur haqiqiy san’at.
Qiziqchi
Yana avlodlarmi, tegdi-ku jonga! Mehnat qilsam faqat kelajak onga, Bukungi yoshlarni xursand qilur kim? Zamonga yor bо‘lish kichkina ishmas, Chin dildan kuldirish bachkana ishmas, Kulki — zar, kо‘chada yotmas, azizim. Bizdan shodlik tilab kelar xaloyiq, Unga quloq solgan hurmatga loyiq. Xaloyiq kо‘p bо‘lsa zо‘r bо‘lur ta’sir, Azizdir qalblarni qilolgan asir. Qobiliyat bо‘lsin, gapning sirasi, Jam bо‘lsin bir yerda akl va tuyg‘u, Xayolning parvozi, shavq silsilasi Sо‘ng andak topqirlik, bir chimdim kulgu.
Direktor
Lekin eng zaruri, sarguzasht bо‘lsin, Kо‘zga quvonch bо‘lsin, dilga gasht bо‘lsin. Andak о‘rin bering tafsilotga ham, Tomosha qalblarni band etsin tokim. Tо‘dani hangu mang qilolgan odam Uning yuragiga Bо‘lolgay hokim. Yaxlit gо‘sht beray deb о‘ltirmang tolib, Xalq yovg‘on bо‘lsa ham rahmat aytadi. Har kim chо‘michiga siqqancha olib, Sizga qulluq qilib uyga qaytadi. Faqat kо‘pchilikka kо‘p narsa kerak, Barakali bо‘lsin shuning-chun qozon. Yaxlitdan xalq uchun foyda yо‘q, beshak, Baribir burdalab tashlar alamon.
Etiboringiz uchun
rahmat
Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling