Gyote «faust»dan parchalar erkin Vohidov tarjimasi
Download 0.66 Mb.
|
1 2
Bog'liqGyote Faust asarida umuminsoniy g\'oyalar. E.Vohidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- GYOTE «FAUST»DAN PARCHALAR Erkin Vohidov tarjimasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI Filologiya va tillarni oʻqitish oʻzbek tili 206-guruh talabasi Boboqulova Marjonaning Jahon adabiyotida mustaqil taʼlim slaydi Mavzu: Gyote "Faust" asarida umuminsoniy g'oyalar. E.Vohidov GYOTE «FAUST»DAN PARCHALAR Erkin Vohidov tarjimasi Yohann Volfgang Gyote (1749.28.8, Frankfurtmayn — 1832.22.3, Veymar) — nemis yozuvchisi va mutafakkiri. Yangi davr nemis adabiyotining asoschisi. Ijodi 18-asrning 70—80-yillari Germaniyada mavjud bо‘lgan «Bо‘ron va hujum» adabiy harakatida ishtirok etishdan boshlangan. Shu davrda Gyote «Gets fon Berlixingen» (1773), «Prometey» (1773) kabi dramalar va lirik she’rlar yaratdi. Gyote adabiy faoliyatining ilk davriga mansub «Yosh Verterning iztiroblari» (1774) romani о‘sha davr nemis adabiyotida katta voqea bо‘ldi. Asarda ilg‘or nemis yoshlar avlodining ijtimoiy fojiasi о‘z aksini topgan. 1786—88 yillarda Gyote Italiyaga safar qiladi. Shu davrda u «Ifigeniya Tavridda» (1779— 81), «Egmont» (1788), «Torkvato Tasso» (1780—89) kabi dramalar yozadi. «She’riyat va haqiqat» avtobiografik kitobi (1811—33), «Vilxelm Maysterning о‘qish yillari» (1793—96), «Vilxelm Maysterning darbadarlik yillari» (1821—29) romanlarida inson bilan jamiyat о‘rtasidagi munosabat masalasi aks etgan. Gyote Sharq mamlakatlari tarixi, madaniyati, adabiyotini chuqur о‘rganadi, Firdavsiy, Farididdin Attor, Rumiy, Nizomiy, Sa’diy, Hofiz, Jomiy kabi shoirlar ijodi bilan tanishadi. Bu paytda Ibn Sino, Ulug‘bek, Alisher Navoiy ijodlaridan namunalar nemis tiliga tarjima qilingan edi. Gyote «Mag‘ribu mashriq devoni»ni (1814—19) Sharq she’riyatidan ilhomlanib yozgan. Devon «Mug‘anniynoma», «Hofiznoma», «Ishqnoma», «Tafriqnoma», «Ranjnoma», «Hikmatnoma», «Zulayxonoma», «Temurnoma», «Soqiynoma», «Matalnoma», «Forsiynoma», «Xuldnoma» kabi 12 bо‘limdan iborat. Devonda «bulbul», «hur», «fatvo», «mug‘anniy», «mufti», «tilsim», «mirzo», «darvesh» kabi sо‘zlarni asliyatda qо‘llaydi. Gyotening «Faust» fojiasi (1768—1832) jahon adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi. Bu asar Gyotening butun ijodiy faoliyati davomidagi izlanishlarining samarasi bо‘ldi. Gyote falsafa, huquqshunoslik, botanika, geologiya, geodeziya sohalariga oid asarlar ham yaratgan. Gyote she’rlarini о‘zbek tiliga tarjima qilish 20-asrning yigirmanchi yillaridan boshlangan (CHо‘lpon, Oybek, Shayxzoda va b.). Keyinchalik Gyotening «Faust» (Erkin Vohidov tarjimasi, 1972—75), «Mag‘ribu mashriq devoni» (S. Salim Buxoriy tarjimasi, 1985—90), «Yosh Verterning iztiroblari» (Y. Egamova tarjimasi, 1975) kabi asarlari о‘zbek tilida nashr etilgan. BAG‘ISHLOV Borlig‘im band etgan aldoq soyalar, Yana bо‘ldingizmi qarshimda paydo? Shoyadki nazmingiz bо‘lsa muyassar, Yoshligim shaqlari sо‘nganmi va yo? Yо‘q, siz tuman kabi bosib sarbasar, О‘ylarim chulg‘andi dudingiz aro. Siz bilan tin olsam tо‘lar kо‘kragim, Siz bilan yasharar mening yuragim. Mozi lavhalari jonlanur yana, Fusunkor tonglaru sehrli tunlar,— Jonlanur misli bir ajib afsona Yoshligu ilk bora sevishgan kunlar. О‘tmish va ezgulik sog‘inchi mana, Dilimda qо‘zg‘arkan alamli unlar, U yorug‘ choshgohda bо‘lganlar omon. Sizni ehtirom-la eslayman hamon. Sо‘nggi qо‘shiqlarim eshitolmadi Kitobim ilk bobin tinglagan dо‘stlar, Bukun ul davradan hech kim qolmadi, Qaylardadir sо‘ndi ilk maqtov sо‘zlar. Bebahralar fikrin hech yо‘q qimmati, Olqishi dilimga soladi muzlar. Ul xassos zariflar yitdi bu zamon Kimsasiz yо‘llarda besaru somon. Yana chorlar meni ilohiy bir un, Yana xayollarga chulg‘andi boshim. Sabo arfasidek hazin va sermung. Quyilar satrlar, qani bardoshim! Muzlagan jismimni eritar bukun Kо‘zimdan quyilgan qaynoq bu yoshim. Bu olam chekinur, о‘tmish-chi, ayon — Kо‘zlarim oldida bо‘lar namoyon. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling