«H i m o y a g a r u x sa t eti l d i»
Download 0.7 Mb.
|
chizmachilikni oqitishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish
Tadqiqot obekti va predmeti:
Tadqiqot obekti Namangan shaharidagi xalq ta`limi bo`limiga qarashli №42, №48, №49 maktablar. Predmeti - maktablarda, kasb-hunar kollejlarida chizmachilik, tasviriy san'at, rangtasvir, qalamtasvir darslari. Tadqiqot uslubiyati va uslublari: Test, kuzatish, solishtirish, so'rovnoma, anketa va har xil metodikalardan foydalanildi. Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi: Bitiruv malakaviy ishi referativ, metodik va amaliy xarakterga ega. Chizmachilik to`garagi rahbari chizmachilik xonasidagi asbob-uskunalar: usta va kursilarga, chizmachilik qurol-aslahalariga, xonada saqlanayotgan metodik qo`llanma va chizmalarga, turli adabiyotlar va shu kabilarga nisbatan yaxshi munosabatda bo`lib, ularni ko`z qorachig'idek avaylab-asrashga o`rgatishi kerak. Bunda o`quvchilar o`rta ma`lumotni olib, hayotga qadam qo`yganlaridan so`ng jamoa va davlat mulkiga tug`ri munosabatdo bo`lishga o`rganadi Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi: Kasbga yo`llash va qiziqtirishda umumta`lim maktablaridagi ta`lim-tarbiya ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, chizmachilik bo`yicha sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishning o`ziga xos xususiyatlari, maqsadi, vazifalari va ahamiyati mavjud. Bu o`rinda Fan va madaniyatning tarixiy ildizlarini o`rgatish, ajdodlarimiz qoldirgan benazir merosni xronologik tarzda tadqiq etish beqiyos tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ish tuzilishi va tarkibi: Bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Bajarilgan ishning asosiy natijalari: Sinfdan tashqari o`tkaziladigan chizmachilik to`garagi mashg`ulotida o`quvchilarga chizma asboblarining tuzilishi, texnologik jihatdan ularning evolyutsion rivojlanishi, ulardan foydalanish uslubi qiyosiy aspektda tushuntiriladi. Bu uslub, avvalambor, ajdodlarning fan sohasidagi qadriyatlariga mehr uyg`otadi, qolaversa, o`quvchilarda chizmachilik faniga va shu fanga aloqador kasblarga nisbatan qiziqish uyg`otishda muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Biz ushbu malakaviy bitiruv ishimizda ushbu muhim xujjatdan to`liq foydalangan xolda umumiy o`rta ta`lim maktablari kasb-hunar ta`limi uzviyligining ayrim muammolarini hal qilishda kasbiy maslahat, sinfdan tashqari mashg`ulotlar, umuman texnik yo`nalishdagi sinfdan tashqari mashg`ulotlarning ahamiyatini ochib berishga, xalq xo`jaligi uchun kadrlar tayyorlash tizimini yoritib berishga xarakat qilganmiz. Shuningdek, kadrlar tayyorlash milliy dasturining g`oyalari nimalardan iborat ekanligi, tashkil qilingan texnik yo`nalishdagi sinfdan tashqari mashg`ulotlar, kasbga yo`naltirish muammolari va uning yechimlarini axtarib topish, mamlakatimizda kasb-hunarga yo`naltirish ishlarining shu kundagi axvoli, tizimi, xususiyatlari, nazariy jihatdan o`rganilgan bo`lsa, metodikasi esa yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimining rivojlanish usullari, uning iqtisodiy samaradorligi, maqsadlari, mohiyati, kasbiy maslahatlar haqida fikrlarni yoritishga xam e`tibor berilgan. Malakaviy bitiruv ishimiz rejalaridagi mavzularni o`rganish bilan umumta`lim maktablarida sinfdan tashqari mashg`ulotlarni tashkil qilish orqali yoshlarimizni kasb-hunarga yo`llashda uchraydigan muammolar, ularni hal qilishda ta`lim-tarbiyada, samaradorlik va kasbiy maslahatlarning ahamiyatini, shuningdek qishloq xo`jaligiga oid kasblarni fanlararo aloqadorlik asosida tashkil qilishga jazm qildik. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling