172
tug‘dirishi mumkin. Jamoa hamshiralaridan infeksiya manbayi
bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash va sanatsiya tadbirlarini olib
borish talab etiladi.
2. Yuqumli kasalliklarning yuqish yo‘llarini bartaraf etishga
qaratilgan tadbirlar.
Yuqumli kasalliklarning yuqish yo‘llarini
bartaraf etishda
jamoa hamshirasi aholi o‘rtasida umumsanitar tadbirlar olib bori-
shi muhim hisoblanadi. Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashning
ahvoli, oziq-ovqat korxonalari va ularni ovqatlanish obyektlari
ustidan nazorat o‘rnatish, aholi yashaydigan joylarda tozalikka
e’tibor qaratish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha tashviqot
va targ‘ibot
ishlarini amalga oshirish, bundan tashqari yuqumli
kasalliklar qo»zg»atuvchilarining tarqalishini oldini olishda
dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlari muhim ahamiyat kasb
etadi.
3. dezinfeksiya - o‘choqda (kasallik
aniqlangan joy - maktab,
bog‘cha, uyda bo‘lishi mumkin) xonalarni supirish, artish,
shamollatish, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligi tomonidan ruxsat etilgan
dezinfeksiyalovchi moddalar
(xlor saqlovchi moddalar) bilan artish kabi dezinfeksiya ishlari
bemor shifoxonaga yotqizilgandan keyin amalga oshiriladi.
4. Aholini infeksiya qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan
immunitetini oshirishga qaratilgan tadbirlar:
1. Jamoada sanitar-gigiyenik sharoitni
va atrof-muhit tozali-
gini saqlashga qaratilgan tadbirlar.
2.Tibbiyko‘riklarvaprofilaktikemlashishlariniamalga
oshirish.
3. Aholi o‘rtasida sanitariya-maorif ishlarini olib borish.