H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


VII bob JAMOADAGI RUHIY SALOMATLIKNI


Download 485.49 Kb.
bet80/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

VII bob
JAMOADAGI RUHIY SALOMATLIKNI
MUHOFAZA QILISH FAOLIYATI
Reja
1. Aholining ruhiy salomatligini saqlashda hamshiralik
jarayo nini olib borish.
2. Jamoada aholining ruhiy salomatligini saqlash va uni
himoya qilish.
3. Ruhan o‘z-o‘zini boshqarish tushunchasi, usullari va
ahamiyati.
7.1. Aholining ruhiy salomatligini saqlashda
hamshiralik jarayonini olib borish
Aholining ruhiy salomatligini saqlashda „Hamshira ish
jarayoni“ V bosqichda amalga oshriladi:
I bosqich – aholi sog‘lig‘ini aniqlash, bemor anamnezini
yig‘ish va laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazish.
II bosqich – oila muammolarini o‘rganish va bemor
muammosi ning muhimligini aniqlash, hamshira tashxisini
qo‘yish.
III bosqich – hamshira yordamini va parvarish rejasini tuzish.
IV bosqich – parvarish rejasini amalga oshirish.
V bosqich – qilingan ishlar bo‘yicha tahlil qilish va natijaning
oila a’zolari, bemor tomonidan baholanishi.
Ruhiy kasalliklarni dispanser hisobiga olish, ularning
ahvolini muntazam kuzatib borish, kasallikni barvaqt aniqlash
hamda tegishli davo chora-tadbirlarini ko‘rishga imkon


160
beradi. Kasalxonadan tashqari tibbiy yordamni aholiga va


ishlab chiqarishga yaqinlash tirish, ishlab chiqarishda qanday
bo‘lmasin biron xildagi zaharlarga yaqin boradigan ishchi va
xizmatchilarni ehtiyotdan tekshiruv lardan o‘tkazib turish asabiy-
ruhiy kasalliklarning boshlang‘ich shakllarini aniqlab olishni
ta’minlab beradi.
7.2. Jamoada aholining ruhiy salomatligini saqlash
va uni himoya qilish
Ruhiy salomatlikni saqlashda va ruhiy kasalliklarni oldini
olishda­psixogigiyena­va­psixoprofilaktikaga­rioya­qilish­talab­
etiladi.­Psixo­gigiyena­va­psixoprofilaktika­bir-biriga­bog‘liq­
bo‘lib bular ruhiy kasalliklarning oldini olish, odamlarning
ruhiy salomat ligini saqlash va mustahkamlash bo‘yicha tadbirlar
ishlab chiqaradigan fanlar hisoblanadi. Bu chora-tadbirlarni
ishlab chiqish masalalari, tashqi muhitdagi zararli omillarni kishi
organizmiga ta’sirini o‘rganishga asoslangan.
Odamning hayoti ijtimoiy-foydali faoliyatda, mehnatda
o‘tadi. Kishi salomatligiga ijtimoiy-foydali faoliyat va
mehnatning ta’sirini o‘rganish psixogigiyenaning asosiy
vazifalaridan biridir. Mehnat faoliyati to‘g‘ri tashkil etilganda,
odamning butun qobilyati to‘la ligicha yuzaga chiqadi. Mehnat
rejimi noto‘g‘ri tashkil qilinganda ortiqcha charchash, asab
tizimining ishdan chiqishi, turli xil noqulay sharoitlar ta’siri
ostida organizmning chidamliligi pasayishi ro‘y be rishi
mumkin, mehnat va dam olishni bir me’yorda olib bo rish muhim
psixogigiyenik ahamiyat kasb etadi.
Sog‘lom psixika (ruhiyat) ni tarbiyalash psixogigiyena
va­psixoprofilaktika­fanlarining­muhim­vazifasi­hisoblanadi.­
Psixogigiyena ning quyidagi bo‘limlari mavjud.


161
1. Yoshga oid psixogigiyena.


2. Mehnat va ta’lim psixogigiyenasi.
3. Turmush psixogigiyenasi.
4. Oila va jinsiy hayot psixogigiyenasi.
5. Jamoa hayoti psixogigiyenasi.
Jamoada hamshiralik ishi fani ko‘proq jamoa hayoti
psixogigiyenasini o‘rganadi: jamoa kishilar, shaxslar birla-
shuvidan tashkil topgan. Shaxs – inson bo‘lmasa bir butun
jamiyatning qaror topishi mumkin emas. Kishilarning oilada,
ishlab chiqarishda, maktab sinfida, talabalar guruhida,
yotoqxonada, dam olish maskanida va boshqa jamoalardagi
o‘zaro munosabatlari kishi manfaatlarining tevarak-atrofdagilar
manfaatlari bilan nihoyatda o‘zaro bog‘liqligi masalasi ni o‘rtaga
qo‘yadi.
Jamoalarni (brigadalar, sexlar, uyushmalar, ekspeditsiyalar va
hokazolarni) jamlash vaqtida shaxsning xususiyatlari bo‘yicha,
ba’zan yosh, g‘oyaviy yo‘nalish va boshqa jihatidan bir-biriga
mos kelishini hisobga olish zarur. Bu murakkab masala bo‘lib,
har gal qo‘yilgan vazifaga, ish sharoitiga va boshqa ko‘pgina
jihatlariga qarab hal etilishi lozim. Jamiyatimizda jamoa hayoti
pisixolo giyasi masalalari keng ishlab chiqilmoqda. Ularni
hal qilishda psi xologlar va psixiatrlardan tashqari, ko‘pgina
ixtisosliklardagi tibbiyot xodimlari, shu jumladan, o‘rta
tibbiyot xodimlarining ulushi g‘oyat katta. Ayniqsa, jamoa
orasida hamshiralik faoliyati yuksak darajada bo‘lmog‘i kerak.
Ular barcha toifadagi shaxslarning ruhiy tetikligini, o‘zaro
munosabatlarini yaxshilash usullarini chuqur o‘rganishlari, har
qanday sharoitlarni ruhiy jihatdan baholay olishlari kerak.
Ruhiy­salomatlikni­saqlashda­profilaktika­uch­bosqichda­
qo‘l laniladi.
1.­Birlamchi­profilaktika:


162
– alimentar yetishmaslik (masalan, yod, temir va vitamin)


profilaktikasi;
– atrof-muhitdagi toksik moddalarning, masalan, qo‘rg‘oshin-
ning zararli ta’sirini kamaytirish;
– ta’lim va ijtimoiy holatdagi farqni kamaytirish;
– oiladagi qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini kuchaytirish,
masa lan, yolg‘iz onalarga;
– ishga joylashishga yordam berish, masalan, o‘smirlarga;
– keksalar va nogironlarni ijtimoiy himoyalash;
– oilada va jamiyatda zo‘ravonlikka qarshi kurashish;
– ijtimoiy professional hamkorlikni kuchaytirish.
2.­Ikkilamchi­profilaktika:
– birlamchi tibbiy yordam darajasida krizis holatlarida
malakali xodimlarning aralashuvi;
– zo‘ravonlik qurbonlariga ijtimoiy yordam tizimi (qochoq-
lar uchun saqlanish joyini yaratish);
– testlar va boshqa vositalar bilan ruhiy buzilishlarni erta
tash xislash;
– politsiyaga, sudga, maktab, kasalxona, armiya va ish beruv-
chilarga o‘z vaqtida murojaat qilish;
– samarali davolash va uzoq muddatli kuzatish, ruhiy
salo matlikning mahalliy ijtimoiy markazlari yordamini ham
qo‘shgan holda;
– davo jarayoni sifati va vazifasini aniqlash;
–­­davodan­keyin­muvofiq­kuzatish.
3.­Uchlamchi­profilaktika:
– mijozlar bilan muloqotni soddalashtirish, ularning ahvo-
lini muntazam nazorat qilish;
– mijozni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tashkilotlari bilan
aloqa sini osonlashtirish;
– narkomaniya yoki zo‘ravonlik oqibatida yuzaga kelgan hol-
larda mijoz, oila va jamoatni himoyalash va reabilitatsiyalash;


163
– qo‘llab-quvvatlash guruhi va reabilitatsiya tarkibi;


– davolash va keyingi kuzatishning bog‘liqligi;
– mahalliy qo‘llab-quvvatlash guruhi;
– mijozlarning mustaqil hayot kechirishlariga yordam berish;
– zarurat tug‘ilgan har qanday hollarda yordam olish imko-
niyati.
Profilaktika­birinchi­navbatda­xatar­omillarini­aniqlashdan­
iborat­bo‘lib,­profilaktik­dasturlarni­yaratishda­ijtimoiy­hamda­
davlat manbalaridan foydalanish zarur. Maktabda sanitar bilim
olishlari uchun imkoniyat yaratish katta ahamiyatga ega.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling